ALLOH 10 MING DAN ZIYOD YETIM VA MISKIN BOLAJONLARGA MAKTAB UCHUN BARCHA KERAKLI MAHSULOTLARNI EHSON QILISHDA LABBAY DEB TURIB BERGAN SAXIYLARIMIZDAN ROZI BO‘LSIN
EHSON QILISHDAN TO‘XTAMANG, BIZ HAM YIL 12 OY XIZMATDAMIZ
+998 95-155-22-22
+99895-950-00-55 Faqat Zakot va Ehson beruvchilar uchun tel.
UzCARD
5614 6821 2374 1037
HUMO
9860 1701 0422 9951
UnionPay
6210 4501 6806 6009
VISA
4023 0602 2291 2080
Hamma plastik kartalar YULCHIEV ALIJON nomida.
Faqat HOMIYLAR UCHUN, Ehson berish uchun tel.
+998 90-350-01-00
Bugun, 2 oktyabr kuni O‘zbekiston musulmonlari idorasi raisi, muftiy Shayx Nuriddin Xoliqnazar hazratlari Toshkent viloyati Bo‘stonliq tumanidagi "Mushki anbar" jome masjidida juma namozini mo‘min-musulmonlar bilan birga ado etdilar.
Jamoat namozidan avvalgi mav’izada islomning eng go‘zal xulqi bo‘lmish hayo va iffat, ma’naviy poklik hamda bugungi kunning dolzarb ijtimoiy masalalari haqida ta’sirli suhbat qilindi.
Muftiy hazratlari Payg‘ambarimiz alayhissalomning: “Hayo imondandir, imonning joyi esa jannatdir. Behayolik esa jafodandir, jafoning joyi do‘zaxdadir”, degan muborak hadislarini keltirib, jannatdan umidvor har bir mo‘min hayoni o‘ziga shior qilishi lozimligini ta’kidladilar. Hayo – insonni yomonlik va gunohlardan to‘sib turuvchi eng go‘zal ziynatdir.
Suhbat davomida internetdagi behayoliklar va gunoh ishlarni oddiy hazil sifatida talqin qilishning og‘ir oqibatlari tushuntirildi. Qur’oni karimdagi: “Albatta, imon keltirgan kishilar orasida buzuqliklar tarqalishini xush ko‘radigan kimsalar uchun dunyoda ham, oxiratda ham alamli azob bordir” ("Nur" surasi, 19-oyat), degan qat’iy ogohlantirish eslatilib, bunday illatlar yoshlar qalbini ko‘r qilib, oilalar yemirilishiga sabab bo‘layotgani aytildi.
Shuningdek, jamiyatdagi zararli illatlar va ularning muolajasi haqida ham so‘z yuritildi.
Yakunda yurtimiz tinchligi va xalqimiz farovonligini so‘rab xayrli duolar qilindi.
O‘zbekiston musulmonlari idorasi Matbuot xizmati