Sayt test holatida ishlamoqda!
15 Avgust, 2026   |   2 Rabi`ul avval, 1448

Toshkent shahri
Tong
04:04
Quyosh
05:32
Peshin
12:28
Asr
17:20
Shom
19:27
Xufton
20:52
Bismillah
15 Avgust, 2026, 2 Rabi`ul avval, 1448

Xalqaro konferensiyaga maqolalar qabul qilinadi

06.09.2024   14690   1 min.
Xalqaro konferensiyaga maqolalar qabul  qilinadi

2024 yilning 15-16 oktyabr kunlari Toshkent va Xiva shaharlarida “Islom – tinchlik va ezgulik dini” mavzusida xalqaro konferensiya o‘tkazilishi rejalashtirilgan. Konferensiya materiallari alohida to‘plam sifatida chop etilishi belgilangan.

Shu munosabat bilan konferensiya materiallari to‘plamida o‘z maqolalarini chop ettirish istagida bo‘lgan yetuk ulamolar, iqtidorli imom-xatiblar, ta’lim muassasalarining mudarris-o‘qituvchilari, islomshunos olim va tadqiqotchilar, soha vakillari va salohiyatli talabalarni o‘zlarining ilmiy maqolalari bilan faol ishtirok etishga chaqiramiz.

Tezis matnini rasmiylashtirish talablari:

1.  Tezis matni MS Office dasturining WORD 2010 muharririda, Times New Roman shrifti, 14 kegel kattaligi, 1,5 intervalda bo‘lishi va 4 betdan oshmasligi lozim.

2.  Tezis matnlari tahrir qilingan holda A4 hajmdagi qog‘ozga, yuqoridan va pastdan 2,5 sm., chapdan 3 sm., o‘ngdan 1,5 sm. joy qoldirib, 1 nusxada topshiriladi. Tezisni tayyorlashda foydalanilgan adabiyotlar har bir sahifa ostida havola (snoska) tarzida beriladi.

3.  Ma’ruzachining ismi familiyasi, ilmiy daraja va unvoni (o‘ng yuqori burchak, kursivda, 10 kegel kattaligidagi shrift, 1 interval), tashkilot va shahar nomi, muloqot telefonlari joy kodi bilan (ikkinchi qatorda) ko‘rsatiladi. So‘ngra 1 interval qoldirib, tezisning nomi bosh harflar bilan yoziladi. Asosiy matn 1,5 intervalli qatorlarda yoziladi.

Talabgorlar tezislarini 2024 yil 20 sentyabrga qadar O‘zbekiston xalqaro islom akademiyasining tashkiliy qo‘mitasi: N.Saminova (telegram nomeri: 99 327-23-08), Ilmiy kengash kotibi I.G‘afurova (telegram nomeri: 97 443-14-70)ga elektron nusxada yuborishlari mumkin.

Konferensiya mavzusi, ilmiylik va nashr etish talablariga javob bermaydigan tezislar chop etilmaydi.

Ilmiy tezis matnida keltirilgan ma’lumotlarning haqqoniyligiga mualliflar javobgardir.

O‘zbekiston musulmonlari idorasi

Matbuot xizmati

Boshqa maqolalar
Yangiliklar

Jizzaxda 35 nafar bolaning xatna to‘yi o‘tkazildi

14.08.2026   11026   1 min.
Jizzaxda 35 nafar bolaning xatna to‘yi o‘tkazildi

Jizzax shahridagi “Yakkasaroy” tantanalar majmuasida ota-ona qaramog‘idan mahrum bo‘lgan bolalar, ehtiyojmand oilalar farzandlariga mehr-e’tibor ko‘rsatish maqsadida ularning xatna to‘yi o‘tkazildi.

“Vaqf” xayriya jamoat fondi, O‘zbekiston musulmonlari idorasining Jizzax viloyatidagi vakilligi hamda viloyat hokimligi tashabbusi bilan tashkil etilgan xayriya tadbirida 2 yoshdan 11 yoshgacha bo‘lgan 35 nafar bolajonlarga xursandchilik ulashildi.

Bolalarga bayram munosabati bilan velosiped, kostyum-shim, ko‘ylak, oyoq kiyimlari hamda yana boshqa turli xil sovg‘a-salomlar taqdim etildi.

Bolalarning yaqinlari va jamoatchilik vakillari uchun bayram dasturxoni yozildi.

O‘zbekiston musulmonlari idorasi Jizzax viloyati matbuot xizmati

Yangiliklar