frontend\widgets\header\Header: Attempt to read property "fajr" on null

Imom-xatiblar uchun sayyor seminar o‘tkazildi

09.09.2024   14378   1 min.
Imom-xatiblar uchun sayyor seminar o‘tkazildi

Shu yilning 7 sentyabr kuni Andijon viloyati bosh imom-xatibi Mirzamaqsud domla Alimov boshchiligida Paxtaobod tumanidagi “Muazzimboy” jome masjidida shahar va tumanlar bosh imom-xatib va bosh muxtasiblari, tumandagi imom-xatiblarning sayyor seminar yig‘ilishi o‘tkazildi. 

Unda notiqlar tomonidan Paxtaobod tumanidagi masjidlarning faoliyati haqida keng ma’lumotlar berilib, tumanda faoliyat ko‘rsatayotgan imom-xatiblarning faoliyat samaradorligi oshirish bo‘yicha kerakli ko‘rsatma va topshiriqlar berildi. 

Shuningdek, masjidlarda faoliyat samaradorlikka erishgan va boshqalarga ham namuna ko‘rsatib kelayotgan  Xo‘jaobod tumani bosh imom-xatibi Maqsudali domla Qosimov, Izboskan tumani bosh muxtasibi Xasanboy Ibroximov va Paxtaobod tumanidagi “Muazzimboy” jome masjidi imom-xatibi Muhammadabdulloh domla Ahmedovlar viloyat vakilligining tashakkurnoma va qimmatbaho sovg‘alari bilan taqdirlandi. 

Farg‘ona viloyati vakilligi

Matbuot xizmati

Imom-xatiblar uchun sayyor seminar o‘tkazildi Imom-xatiblar uchun sayyor seminar o‘tkazildi Imom-xatiblar uchun sayyor seminar o‘tkazildi Imom-xatiblar uchun sayyor seminar o‘tkazildi
Boshqa maqolalar
Yangiliklar

Taniqli ulamolar "Imom Buxoriy" ordeni bilan taqdirlandi

22.08.2026   37106   1 min.
Taniqli ulamolar

Prezidentimizning "O‘zbekiston Respublikasi mustaqilligining o‘ttiz besh yilligi munosabati bilan fan, ta’lim, sog‘liqni saqlash, sport, madaniyat va san’at sohalari hamda ommaviy axborot vositalari xodimlaridan bir guruhini mukofotlash to‘g‘risida"gi Farmoni e’lon qilindi.

Bugungi kunning eng quvonchli xabari shuki, diniy-ma’rifiy sohada fidokorona xizmat qilib kelayotgan, xalqimizning ma’naviy yuksalishiga beqiyos hissa qo‘shayotgan taniqli ulamolarimiz va faxriylarimizning jonkuyar mehnatlari yuksak darajada e’tirof etildi!

Ularning haq yo‘ldagi sa’y-harakatlari, ma’rifat tarqatishdagi fidoyiliklari davlatimiz tomonidan yuksak orden bilan munosib taqdirlandi. Bu nafaqat ularning shaxsiy yutuqlari, balki butun diniy-ma’rifiy jamoamiz uchun katta sharaf va cheksiz quvonchdir!!

"Imom Buxoriy" ordeni:

O‘zbekiston musulmonlari idorasi raisining birinchi o‘rinbosari Homidjon domla Ishmatbekov;

O‘zbekiston musulmonlari idorasi Faxriylar kengashi raisi Shayx Abdulaziz Mansur;

Samarqand viloyati Payariq tumani "Imom al-Buxoriy" jome masjidi faxriy imomi Mahmudjon domla Ibodullayev;

Buxoro viloyati Kogon tumani "Bahouddin Naqshband" masjidi imom-xatibi Abdug‘ofur domla Razzoqov.

O‘zbekiston musulmonlari idorasining butun jamoasi, davlatimizning yuksak mukofotlariga sazovor bo‘lgan aziz ulamolarimiz va fidoiy xodimlarimizni chin qalbdan, samimiy muborakbod etadi!

Sizlarga Alloh taolodan mustahkam sihat-salomatlik, oilaviy hayotingizga fayzu baraka, xonadonlaringizga tinchlik-xotirjamlik tilaymiz. Kelgusi xayrli faoliyatlaringizda yanada ulkan zafarlar, ezgu maqsadlaringizga erishishda doimiy muvaffaqiyatlar yor bo‘lishini tilaymiz!

Hamisha elu yurtning duosida bo‘lib, dinimizga, Vatanimizga xizmat qilish sharafi bardavom bo‘lsin!

O‘zbekiston musulmonlari idorasi Matbuot xizmati

O'zbekiston yangiliklari