“Xadichai Kubro” ayol-qizlar o‘rta maxsus islom ta’lim muassasasida “Biz bir bo‘lsak – yagona xalqmiz, birlashsak – Vatanmiz!” nomli bayram tadbiri va “Mustakillik darslari” tashkil etildi.
Joriy yilning 9 sentyabr kuni Respublikamiz Mustakilligining 33 yilligini munosib nishonlash hamda 2024-2025 o‘quv yili boshlanishi munosabati bilan “BIZ BIR BO‘LSAK - YAGONA XALQMIZ, BIRLASHASAK - VATANMIZ!” shiori ostida bayram tadbiri bo‘lib o‘tdi.
O‘zbekiston musulmonlari idorasi Matbuot xizmati
Ali roziyallohu anhudan rivoyat qilinadi: «Men kasalimdan shikoyat qilib: «Allohim, agar ajalim yaqinlashgan bo‘lsa, meni rohatlantir, agar ajalimni kechiktirgan bo‘lsang, mendan kasallikni ko‘tar. Agar balo keltirgan bo‘lsang, menga sabr ber», deb aytayotganimda, nogahon oldimdan Rasululloh sollallohu alayhi vasallam o‘tib qoldilar. Va: «Nima deding?» deb so‘radilar. Men aytganlarimni takrorladim. U zot oyoqlari bilan meni turtib: «(Yo‘q,)
اللهُمَّ عَافِهِ أَوْ اشْفِهِ
«Allohumma ’afihi» yoki «Allohumma ishfihi» (Allohim, ofiyatda qil yoki shifo ber), deb ayt», dedilar. Men ana shu kundan keyin kasallikdan shikoyat qilmadim» (Imom Termiziy rivoyati).