frontend\widgets\header\Header: Attempt to read property "fajr" on null

Diniy idoraga martabali mehmonlar tashrif buyurdi

10.09.2024   10457   2 min.
Diniy idoraga martabali mehmonlar tashrif buyurdi

Joriy yilning 9 sentyabr kuni O‘zbekiston musulmonlari idorasi raisi o‘rinbosari, Toshkent islom instituti rektori, professor Muhammadolim domla Muhammadsiddiqov va Din ishlari bo‘yicha qo‘mita raisining birinchi o‘rinbosari Davron Maxsudov BMTning Aholishunoslik jamg‘armasi – UNFPA O‘zbekistondagi mas’ullari va Misrning O‘zbekistondagi elchisi hamda Al-Azhar majmuasi vakillari iborat martabali mehmonlar bilan uchrashuv o‘tkazdi. 

Muloqot avvalida Muhammadolim domla Muhammadsiddiqov mehmonlarni tashrif bilan qutlash barobarida keyingi yillarda yurtimizda barcha yo‘nalishlar qatori diniy-ma’rifiy sohada ham katta ijobiy o‘zgarishlar bo‘layotgani, jumladan, fuqarolarga Qur’oni karim va tajvidni o‘rgatish ishlari tizimli yo‘lga qo‘yilgani, yangi diniy ta’lim muassasalari ochilayotgani, ulardagi fan dasturlari sifat va mazmun jihatdan takomillashtirilayotgani, ziyoratchilarimizni umraga cheklanmagan hisobda yuborish yo‘lga qo‘yilgani, haj safari kvotasi ham yildan-yilga oshirib borilayotganini alohida qayd etdi. Shuningdek, O‘zbekiston musulmonlari idorasi faoliyati haqida so‘zlab berdi.

Din ishlari bo‘yicha qo‘mita raisining birinchi o‘rinbosari Davronbek Maxsudov so‘nggi yillarda Prezidentimiz tashabbusi bilan mamlakatimizning yangi taraqqiyot davrida barcha islohotlar inson va uning qadrini yuksaltirishga qaratilgani, diniy-ma’rifiy jabhada ham ko‘lamli islohotlar amalga oshirilayotgani, xorijiy davlat va xalqaro tashkilotlar bilan samarali hamkorlik aloqalari yo‘lga qo‘yilgani, mazkur uchrashuv ham ana shu yo‘nalishda birgalikdagi yaqin aloqalar natijasi ekanini ta’kidladi.

Islom oliy ulamolar kengashi bosh kotibi, professor doktor Abbas Sho‘mon, Al-Azhar majmuasining Xalqaro islom aholishunoslik va tadqiqot Markazi direktori professor Jamoliddin Abdulsurur, Misr Arab Respublikasining O‘zbekistondagi elchisi Amira Fahmi xonim, BMTning Aholishunoslik jamg‘armasi – UNFPA O‘zbekistondagi doimiy vakili Nigina Abaszade samimiy qabul, xayrli tilak va manfaatli suhbat uchun tashakkur aytishdi. 

Martabali mehmonlari o‘z so‘zi davomida yangilanayotgan O‘zbekistonda o‘zaro hamkorlikdagi xayrli ishlarni yanada rivojlantirishga imkoniyat va sharoitlar yaratilayotgani, kelgusida hamkorlikdagi dasturlarni amalga oshirishda zamonaviy axborot texnologiya va metodlardan foydalanish zarurligi, dasturlarning keng yoyilishi va amalga oshishida diniy soha vakillarining ahamiyati nihoyatda kattaligini qayd etdi.

Ma’lumot uchun, mazkur martabali mehmonlar shu kunlarda Toshkent shahrida bo‘lib o‘tayotgan “O‘zbekistonda ayollar huquqlariga oid islom ta’limoti me’yorlarini o‘rganishning nazariy-tadbiqiy jihatlari” mavzusidagi xalqaro o‘quv seminarda ishtirok etmoqda. 9 sentyabr kuni mazkur anjumanning ochilish marosimi bo‘lib o‘tdi. Unda O‘zbekiston musulmonlari idorasi raisi o‘rinbosari, Toshkent islom instituti rektori, professor Muhammadolim domla Muhammadsiddiqov ma’ruza bilan qatnashdi. O‘quv seminar 12 sentyabrgacha davom etadi. 

O‘zbekiston musulmonlari idorasi

Matbuot xizmati

Diniy idoraga martabali mehmonlar tashrif buyurdi Diniy idoraga martabali mehmonlar tashrif buyurdi Diniy idoraga martabali mehmonlar tashrif buyurdi Diniy idoraga martabali mehmonlar tashrif buyurdi Diniy idoraga martabali mehmonlar tashrif buyurdi Diniy idoraga martabali mehmonlar tashrif buyurdi Diniy idoraga martabali mehmonlar tashrif buyurdi Diniy idoraga martabali mehmonlar tashrif buyurdi Diniy idoraga martabali mehmonlar tashrif buyurdi
Boshqa maqolalar
Yangiliklar

Mustaqillik shukuhi — ezgulik va saxovat timsoli

14.08.2026   10612   1 min.
Mustaqillik shukuhi — ezgulik va saxovat timsoli

Mustaqilligimizning 35 yilligi munosabati bilan yurtimizda tinchlik, mehr-oqibat, saxovat va insonparvarlik kabi yuksak qadriyatlarni keng targ‘ib etishga qaratilgan xayrli tadbirlar amalga oshirilmoqda.

Jumladan,13 avgust kuni Xorazm viloyati bosh imom-xatibi Xayrulla domla Abdullayev boshchiligida tuman bosh imom-xatiblari, otinoyilar, «Haj–2026» ziyoratidan qaytgan hoji otalar va hoji onalar hamda mahalla faollari ishtirokida Urganch shahridagi «Oxun bobo» jome masjidida sayyor yig‘ilish o‘tkazildi. Tadbirda Xorazm viloyati hokimi o‘rinbosari R.Sobitov ishtirok etdi. Tadbir doirasida    «Mustaqillik shukuhi» shiori ostida Urganch shahridagi boquvchisini yo‘qotgan, yetim, nochor va kam ta’minlangan oilalardan 100 nafariga VAQF jamoat fondi viloyat bo‘limi bilan hamkorlikda moddiy yordamlar ko‘rsatildi. Bu xayrli amal orqali ehtiyojmand oilalar holidan xabar olinib, ularga moddiy ko‘mak va samimiy mehr-e’tibor ulashildi.

O‘zbekiston musulmonlari idorasi Xorazm viloyati vakilligi matbuot xizmati

O'zbekiston yangiliklari