Kuni kecha O‘zbekiston musulmonlari idorasi Kutubxona bo‘limi mudiri Kamoliddin domla Mahkamov «"Tasrif" sarf fanidan yangi va oson qo‘llanma» kitobi nashrdan etildi.
Mazkur asar mashhur olim Do‘stmuhammad Nasriddin Bodariy hazratlarining«Mukammal sarf darsligi» kitobidan andoza olingan holda, kitobdagi matnlar bugungi kundagi talabalarning ehtiyojidan kelib chiqib moslab, to‘ldirib, ko‘proq jadvallar bilan o‘quvchiga yanada tushunarli bo‘lishiga harakat qilingan.
Alloh taolo ushbu kitobni yurtimiz mo‘min-musulmonlariga manfaatli aylasin!
Xarid qilish istagidagilarga: +998712175999
Buyurtma uchun: @hilolnashruzbot
Joriy yilning 19-20 avgust kunlari O‘zbekiston musulmonlari idorasi tasarrufidagi oliy va o‘rta maxsus diniy ta’lim muassasalari professor-o‘qituvchilarining «Zamonaviy diniy ta’lim: pedagogika, ilm-ma’rifat va innovatsiya» nomli I ilmiy-amaliy anjumani Islom sivilizatsiyasi markazida bo‘lib o‘tadi.
Davlatimiz Rahbari tomonidan har jabhada olib borilayotgan yangilanish va islohotlarga hamohang tarzda Diniy idora tarixida ilk bor o‘tkazilayotgan ushbu tadbirda jami 700 nafar pedagog va soha mutaxassisi, jumladan, 300 nafar ishtirokchi bevosita anjuman zalida, 400 nafar ishtirokchi esa hududlardan videoselektor orqali qatnashadi.
Anjumandan ko‘zlangan maqsad sohadagi istiqbolli rejalarni muhokama qilish, diniy ta’limda pedagogik va kasbiy mahoratni oshirish, ta’lim jarayoniga zamonaviy texnologiyalarni yanada keng tatbiq etish hamda diniy ta’limni yangi bosqichga olib chiqishdir.
Dastur doirasida soha rahbarlari ishtirokida tahliliy ma’ruzalar, taniqli professorlar tomonidan mahorat darslari, ilmiy-metodik mashg‘ulotlar bo‘lib o‘tadi. Shuningdek, ishtirokchilar O‘zbekiston musulmonlari idorasi, Islom sivilizatsiyasi markazi bilan yaqindan tanishib, Hazrati Imom majmuasidagi tarixiy qadamjo va obidalarni ziyorat qilishadi.
O‘zbekiston musulmonlari idorasi Matbuot xizmati