Sayt test holatida ishlamoqda!
21 Avgust, 2026   |   8 Rabi`ul avval, 1448

Toshkent shahri
Tong
04:12
Quyosh
05:38
Peshin
12:26
Asr
17:14
Shom
19:18
Xufton
20:39
Bismillah
21 Avgust, 2026, 8 Rabi`ul avval, 1448

«Yil imomi – 2024» ko‘rik tanlovi bo‘lib o‘tdi

12.09.2024   18487   1 min.
«Yil imomi – 2024» ko‘rik tanlovi bo‘lib o‘tdi

2024 yil 7 sentyabr kuni Shahrisabz shahridagi muhtasham "Sirojiddinxon Burxoniddinxon o‘g‘li" markaziy jome masjidida O‘MI Qashqadaryo viloyati vakilligi tizimidagi masjidlarda faoliyat yuritayotgan imom-xatib va imom-noiblar o‘rtasida “Yil imomi – 2024” ko‘rik tanlovining viloyat bosqichi bo‘lib o‘tdi.

Mazkur tanlovning viloyat bosqichida hududiy bosqichlarda g‘oliblikni qo‘lga kiritgan imom-xatib va noiblar bellashdi. 

Ko‘rik tanlov har tomonlama qizg‘in, samimiy va ta’surotlarga boy holatda bo‘lib o‘tdi. Tanlov g‘oliblari esdalik va qimmatbaho sovg‘alar bilan taqdirlandi.

O‘MI Qashqadaryo viloyati vakilligi 
Matbuot xizmati

«Yil imomi – 2024» ko‘rik tanlovi bo‘lib o‘tdi «Yil imomi – 2024» ko‘rik tanlovi bo‘lib o‘tdi «Yil imomi – 2024» ko‘rik tanlovi bo‘lib o‘tdi «Yil imomi – 2024» ko‘rik tanlovi bo‘lib o‘tdi «Yil imomi – 2024» ko‘rik tanlovi bo‘lib o‘tdi «Yil imomi – 2024» ko‘rik tanlovi bo‘lib o‘tdi «Yil imomi – 2024» ko‘rik tanlovi bo‘lib o‘tdi «Yil imomi – 2024» ko‘rik tanlovi bo‘lib o‘tdi «Yil imomi – 2024» ko‘rik tanlovi bo‘lib o‘tdi «Yil imomi – 2024» ko‘rik tanlovi bo‘lib o‘tdi «Yil imomi – 2024» ko‘rik tanlovi bo‘lib o‘tdi «Yil imomi – 2024» ko‘rik tanlovi bo‘lib o‘tdi
Boshqa maqolalar

Ot izini toy bosar

14.08.2026   31957   1 min.
Ot izini toy bosar

Bismillahir Rohmanir Rohiym

O‘g‘il har oylik maoshini onasiga topshirar, uning yuzidagi tabassumni ko‘rib, o‘zini dunyodagi eng boy inson deb hisoblardi.
Yillar o‘tib, onasi olamdan o‘tdi. Navbatdagi maoshini olgan o‘g‘il bir zum ne qilarini bilmay qoldi-yu, bir qarorga keldi: «Pullarni onamning nomidan ehson qilaman».


Shu kundan e’tiboran, u har oy masjidlarga suv kullerlari o‘rnatishni odat qildi. Namozxonlar suv ichib, onasining haqiga duo qilishlaridan qalbi taskin topardi.


Kunlardan bir kun mahalla masjidida yangi kuller o‘rnatilganini ko‘rib, «Attang, bu safar kechikdim-a», deb o‘kindi. Shunda yoniga imom kelib:


– Xayrli hadya uchun rahmat, – dedi.

– Uzr, adashdingiz, shekilli. Buni men olib kelmadim...

– Yo‘q, adashmadim. Buni sizning nomingizdan o‘g‘lingiz keltirdi.

Orqasiga o‘girilgan ota jilmayib turgan o‘g‘liga ko‘zi tushdi.

– Bolam, bunga pulni qayerdan olding? – hayajondan ko‘zlari yoshlandi otaning.

– Ota, anchadan beri menga beradigan pullaringizni yig‘ib yurgandim. Siz buvijonim uchun xayrli ish qilayotganingizni ko‘rib, men ham siz uchun shunday qilishni istadim.


Otaning ko‘zlaridan quvonch yoshlari sizib chiqdi. U o‘g‘liga nasihat qilmagan, shunchaki o‘z amali bilan namuna bo‘lgandi.


Ha, farzandlar eshitgan gaplarini unutishi mumkin, ammo ko‘rgan amallarini hech qachon unutmaydi. Bugun ota-onamizga qilgan yaxshiligimiz ertaga farzandlarimizdan albatta qaytadi.


Akbarshoh RASULOV