2024 yil 7 sentyabr kuni Shahrisabz shahridagi muhtasham "Sirojiddinxon Burxoniddinxon o‘g‘li" markaziy jome masjidida O‘MI Qashqadaryo viloyati vakilligi tizimidagi masjidlarda faoliyat yuritayotgan imom-xatib va imom-noiblar o‘rtasida “Yil imomi – 2024” ko‘rik tanlovining viloyat bosqichi bo‘lib o‘tdi.
Mazkur tanlovning viloyat bosqichida hududiy bosqichlarda g‘oliblikni qo‘lga kiritgan imom-xatib va noiblar bellashdi.
Ko‘rik tanlov har tomonlama qizg‘in, samimiy va ta’surotlarga boy holatda bo‘lib o‘tdi. Tanlov g‘oliblari esdalik va qimmatbaho sovg‘alar bilan taqdirlandi.
O‘MI Qashqadaryo viloyati vakilligi
Matbuot xizmati
Mustaqilligimizning 35 yilligi munosabati bilan O‘zbekiston musulmonlari idorasi Sirdaryo viloyati vakilligi, «Vaqf xayriya» jamoat fondi hamda viloyat hokimligi hamkorligida kam ta’minlangan oilalarning 35 nafar farzandi uchun sunnat to‘yi o‘tkazildi.
Xayrli tadbir davomida bolajonlarga kiyim-kechaklar va sovg‘a-salomlar taqdim etilib, ularning quvonchiga quvonch ulashildi. To‘yxonada osh damlanib, mehmonlar va yurtdoshlarga dasturxon yozildi.
Bunday xayrli va saxovatli ishlar mustaqilligimizning 35 yilligi arafasida amalga oshirilib, xalqimizga bo‘lgan mehr-e’tibor va g‘amxo‘rlikning yana bir yorqin namunasi bo‘ldi.
Sirdaryo viloyati vakilligi matbuot xizmati