frontend\widgets\header\Header: Attempt to read property "fajr" on null

Ko‘rik-tanlovning respublika bosqichi g‘olibi aniqlandi

12.09.2024   14596   1 min.
Ko‘rik-tanlovning respublika bosqichi g‘olibi aniqlandi

Qoraqalpog‘iston musulmonlari qoziyotiga qarashli masjidlarda xizmat qilib kelayotgan imom-xatib va imom-noiblari ishtirokida “Yil imomi –2024”  ko‘rik-tanlovining respublika bosqichi bo‘lib o‘tdi. Unda qoziyot qozisi B.Razov, qoziyot xodimlari, Nukus Muhammad ibn Ahmad al-Beruniy madrasasi xodimlari, barcha masjid imom-xatiblari va imom-noiblari ishtirok etdi.

O‘zbekiston musulmonlari idorasi tarafidan har yili tashkillashtiriladigan “Yil imomi” ko‘rik-tanlovida ijodiy izlanishlari, xalqimizning turmush obodonligi va Islom dini rivojiga hissa qo‘shgan, shuningdek, imom-xatiblarning diniy va dunyoviy bilimlari, o‘z hududida olib borayotgan targ‘ibot ishlari, axborot vositalarida chiqishlari bo‘yicha faollik ko‘rsatgan, tanlovning birinchi bosqichida g‘olib bo‘lgan imom-xatib va imom-noiblar bellashdi.

Yakuniy natijalarga ko‘ra, Qo‘ng‘irot tumani “Mo‘lla Isxoq” jome masjidi imom-xatibi Altinbek Zinullayev ko‘rik-tanlovning ikkinchi bosqichi g‘olibi bo‘ldi. U Qoraqalpog‘iston musulmonlari qoziyoti tarafidan diplom va esdalik sovg‘alari bilan tag‘dirlandi va Toshkent shahrida bo‘lib o‘tadigan respublika bosqichiga yo‘llanma oldi. 

Qoraqalpog‘iston musulmonlari qoziyoti

Matbuot xizmati

Ko‘rik-tanlovning respublika bosqichi g‘olibi aniqlandi Ko‘rik-tanlovning respublika bosqichi g‘olibi aniqlandi Ko‘rik-tanlovning respublika bosqichi g‘olibi aniqlandi Ko‘rik-tanlovning respublika bosqichi g‘olibi aniqlandi Ko‘rik-tanlovning respublika bosqichi g‘olibi aniqlandi
Boshqa maqolalar
Yangiliklar

Misr OAV: O‘zbekiston – islom sivilizatsiyasining global markazi

03.09.2026   70545   1 min.
Misr OAV: O‘zbekiston – islom sivilizatsiyasining global markazi

Misrning nufuzli ommaviy axborot vositalarida Toshkentda o‘tkazilgan Xalqaro mediaforum yakunlari va O‘zbekistonning islom sivilizatsiyasi global markazi sifatidagi roliga bag‘ishlangan maqolalar chop etildi, deb xabar bermoqda “Dunyo” AA muxbiri.

Xususan, “Al Montasaf” nashri forum 40 ta mamlakatdan 200 nafardan ortiq jurnalist va OAV vakillarini birlashtirib, O‘zbekistonning madaniy va ma’naviy mash’al sifatidagi maqomini namoyish etgani haqidagi fikrni keng yoritmoqda.

Shuningdek, “Eldameer” nashri Toshkentdagi Islom sivilizatsiyasi markazi faoliyatiga e’tibor qaratgan. Markaz qadimiy qo‘lyozmalarni, jumladan, mamlakatda saqlanayotgan Mus'hafning eng qadimiy nusxalaridan birini tadqiq etish va nashr qilishda nashriyotlarga amaliy yordam ko‘rsatmoqda.

Ushbu keng ko‘lamli madaniy va ma’rifiy yuksalish O‘zbekiston Prezidenti Shavkat Mirziyoyev tomonidan ko‘rsatilayotgan yuksak e’tibor va qo‘llab-quvvatlash tufayli mumkin bo‘lgani ta’kidlanadi.

Bundan tashqari, “Eldameer” nashri sahifalarida sodir bo‘layotgan uyg‘onishning tarixiy ahamiyati qayd etilib, O‘zbekiston rahbari shafeligida islom mamlakatlari yoshlari o‘rtasida ilmiy-tadqiqot tanlovini tashkil etish tashabbusi ilgari surildi.

Tadbirning boy dasturi, jumladan, ishtirokchilarning buyuk muhaddis Imom Al-Buxoriy maqbarasini ziyorat qilish uchun Samarqandga rejalashtirilgan tashrifi ham yoritilgan.

O‘zbekiston musulmonlari idorasi Matbuot xizmati

O'zbekiston yangiliklari