Sayt test holatida ishlamoqda!
18 Avgust, 2026   |   5 Rabi`ul avval, 1448

Toshkent shahri
Tong
04:08
Quyosh
05:35
Peshin
12:27
Asr
17:17
Shom
19:22
Xufton
20:45
Bismillah
18 Avgust, 2026, 5 Rabi`ul avval, 1448

«YIL IMOMI–2024» TANLOVINING TOSHKЕNT SHAHAR BOSQICHI BO‘LIB O‘TDI

12.09.2024   12376   2 min.
«YIL IMOMI–2024» TANLOVINING TOSHKЕNT SHAHAR BOSQICHI BO‘LIB O‘TDI

So‘nggi yillarda mamlakatimizda diniy-ma’rifiy sohada amalga oshirilayotgan xayrli ishlarning amaldagi in’ikosini yangi ochilayotgan masjidlar, madrasalar, “Qur’oni karim va tajvid” o‘quv kurslari, umra kvotasi olib tashlangani, haj kvotasi oshirilgani va yana boshqa ko‘plab islohotlar misolida yaqqol ko‘rish mumkin.
Shunga monand tarzda xalqimizning ham ma’rifati yuksalib, saviyasi oshib, muqaddas dinimizning sof ta’limotidan yaxshigina xabardor bo‘lib boryapti. Bu esa imom-xatiblarimizdan o‘z ustida tinimsiz ishlash, izlanish, ko‘p kitob mutolaa qilish, zamon bilan hamnafas yashashni talab etmoqda.
Tabiiyki, bu jarayonda O‘zbekiston musulmonlari idorasi tomonidan har yili an’anaviy tarzda o‘tkazib kelinayotgan “Yil imomi” ko‘rik-tanlovi imomlarning bilim saviyasi, tajribalari yanada oshishida, malakalari mustahkamlanishida, ular o‘rtasida sog‘lom raqobat muhiti shakllanishida muhim ahamiyat kasb etmoqda.
Bugun Toshkent shahridagi “Shayx Zayniddin” jome masjidi majlislar zalida “Yil imomi –2024” ko‘rik-tanlovining Toshkent shahar bosqichi bo‘lib o‘tdi.
Tadbirda Toshkent shahar bosh imom-xatibi Abduqahhor domla Yunusov, taniqli imomlar, ustozlar, hakamlar hay’ati a’zolari hamda tanlovning tuman bosqichlarida g‘oliblikni qo‘lga kiritgan imomlar ishtirok etdi.
Qur’oni karim tilovati bilan boshlangan tadbirni Toshkent shahar bosh imom-xatibi Abduqahhor domla Yunusov ochib berdilar.
Ishtirokchilarning chiqishlari hakamlar hay’ati tomonidan baholab borildi. Yakuniy natijalarga ko‘ra quyidagilar «Yil imom–2024» tanlovining Toshkent shahar bosqichi g‘olibi deb topildi:
I o‘rin: Baxtiyor domla Sattorov, Shayxontohur tumani "Firdavs" masjidi imom-xatibi;
II o‘rin: Muhiddin domla No‘monjonov, Olmazor tumani "Ahmadjon qori" masjidi imom- xatibi;
Ikkita uchinchi o‘rin: 
O‘tkir domla Hakimov,
Yakkasaroy tumani "Usmon ibn Maz’un" masjidi imomi hamda Abulqosim domla Karimov Mirzo Ulug‘bek tumani "Mulla Qosim" masjidi imom-xatibi. 
Tadbir so‘ngida g‘oliblar O‘zbekiston musulmonlari idorasi Toshkent shahar vakilligi tomonidan diplom va esdalik sovg‘alari bilan taqdirlandi.
«Yil imomi – 2024» ko‘rik-tanlovining Toshkent shahar bosqichi g‘olibi tanlovning respublika bosqichida qatnashadi.
Fursatdan foydalanib, birinchi o‘rinni qo‘lga kiritgan vakilimizni tanlovning respublika bosqichida muvaffaqiyat qozonishini Alloh taolodan so‘rab qolamiz.

Toshkent shahar vakilligi
Matbuot xizmati

«YIL IMOMI–2024» TANLOVINING TOSHKЕNT SHAHAR BOSQICHI BO‘LIB O‘TDI «YIL IMOMI–2024» TANLOVINING TOSHKЕNT SHAHAR BOSQICHI BO‘LIB O‘TDI «YIL IMOMI–2024» TANLOVINING TOSHKЕNT SHAHAR BOSQICHI BO‘LIB O‘TDI «YIL IMOMI–2024» TANLOVINING TOSHKЕNT SHAHAR BOSQICHI BO‘LIB O‘TDI «YIL IMOMI–2024» TANLOVINING TOSHKЕNT SHAHAR BOSQICHI BO‘LIB O‘TDI «YIL IMOMI–2024» TANLOVINING TOSHKЕNT SHAHAR BOSQICHI BO‘LIB O‘TDI «YIL IMOMI–2024» TANLOVINING TOSHKЕNT SHAHAR BOSQICHI BO‘LIB O‘TDI «YIL IMOMI–2024» TANLOVINING TOSHKЕNT SHAHAR BOSQICHI BO‘LIB O‘TDI «YIL IMOMI–2024» TANLOVINING TOSHKЕNT SHAHAR BOSQICHI BO‘LIB O‘TDI «YIL IMOMI–2024» TANLOVINING TOSHKЕNT SHAHAR BOSQICHI BO‘LIB O‘TDI «YIL IMOMI–2024» TANLOVINING TOSHKЕNT SHAHAR BOSQICHI BO‘LIB O‘TDI «YIL IMOMI–2024» TANLOVINING TOSHKЕNT SHAHAR BOSQICHI BO‘LIB O‘TDI «YIL IMOMI–2024» TANLOVINING TOSHKЕNT SHAHAR BOSQICHI BO‘LIB O‘TDI «YIL IMOMI–2024» TANLOVINING TOSHKЕNT SHAHAR BOSQICHI BO‘LIB O‘TDI «YIL IMOMI–2024» TANLOVINING TOSHKЕNT SHAHAR BOSQICHI BO‘LIB O‘TDI «YIL IMOMI–2024» TANLOVINING TOSHKЕNT SHAHAR BOSQICHI BO‘LIB O‘TDI «YIL IMOMI–2024» TANLOVINING TOSHKЕNT SHAHAR BOSQICHI BO‘LIB O‘TDI
Boshqa maqolalar
Yangiliklar

HAMDARDLIK BILDIRAMIZ

17.08.2026   9972   1 min.
HAMDARDLIK BILDIRAMIZ

O‘zbekiston musulmonlari idorasi jamoasi Imom Termiziy xalqaro ilmiy-tadqiqot markazi xodimi Hikmatulloh domla Abiyevga padari buzrukvorining vafoti munosabati bilan ta’ziya bildiradi.

Alloh taolo marhumning barcha solih amallarini husni qabul aylasin, jannati Firdavsdan joy ato qilsin, rahmatiga olsin.

Marhumning ahli bayti va yaqinlariga go‘zal sabr, sabrlariga ajrlar ato etsin. Musibatlari o‘rnini yaxshiliklar ila to‘ldirsin.
Innaa lillaahi va innaa ilayhi roji’uun!

«Barchamiz Allohnikimiz va barchamiz U Zotga qaytamiz».

 

O‘zbekiston musulmonlari idorasi

O'zbekiston yangiliklari