Sayt test holatida ishlamoqda!
20 Iyul, 2025   |   25 Muharram, 1447

Toshkent shahri
Tong
03:29
Quyosh
05:07
Peshin
12:34
Asr
17:38
Shom
19:55
Xufton
21:26
Bismillah
20 Iyul, 2025, 25 Muharram, 1447

Salavot ayting va salom yo‘llang

12.09.2024   6206   1 min.
Salavot ayting va salom yo‘llang

Alloh taolo bunday marhamat qiladi: “Albatta, Alloh va Uning farishtalari Nabiyga salavot ayturlar. Ey iymon keltirganlar! Unga salovot ayting va salom yo‘llang(Ahzob surasi, 56-oyat).

Salavot Allohdan bo‘lsa, bandalariga rahmat, mag‘firat va ne’matdir. Farishtalardan bo‘lsa, istig‘forlari va xizmatlari bilan izzat-ikrom ko‘rsatmoqdir, ummatlaridan bo‘lsa, duo va e’zozlashdir. (Faqih Abu Lays Samarqandiy, Ismoil Haqqiy Bursaviy, Elmalili, Qozi Bayzoviy).

Ushbu oyati karima hukmiga ko‘ra, sevikli Payg‘ambarimiz sollallohu alayhi vasallamga salavot aytish (Alloh taoloning amri sifatida) farzdir. Ammo sahih qavlga ko‘ra, muborak nomlari zikr qilinganda salavot keltirish vojibdir. (Elmalili, Haq dini, Qur’on tili, 6-jild, 33-sahifa; Tafsiri Hilol, 4-juz, 624-sahifa).

Bunda bir majlisda nomlari zikr qilinsa yoki har gal nomlari aytilganda salavot aytish vojib (Tafsiri Qoziy Bayzoviy, 4-jild, 299-sahifa) bo‘ladi, deganlar ham bor.

Ba’zi mufassirlar: “Umrida bir marta salavot aytish vojib”, deganlar.

Bu hukmlarning dalili, sevikli Payg‘ambarimiz sollallohu alayhi vasallamning: “Oldida nomim zikr qilinganida menga salavot aytmagan kishining burni yerga ishqalsin”, deganlaridir (Sunani Termiziy, Duolar kitobi, 3545-hadic).

“Eng go‘zal salavotlar” risolasidan

 

Boshqa maqolalar
Maqolalar

Alloh shunday mehribon

11.07.2025   8172   1 min.
Alloh shunday mehribon

Abu Hurayra roziyallohu anhudan rivoyat qilinadi: «Rasululloh sollallohu alayhi vasallam bunday dedilar: «Alloh azza va jalla (farishtalarga) aytadi: «Bandam biror yomonlikka shaylansa, uni yozmanglar. Agar uni qilsa, bitta yomonlik yozinglar. Agar biror yaxshilikka shaylansa-yu, uni qilmasa, bitta yaxshilik deb yozinglar. Agar uni qilsa, o‘nta (yaxshilik) yozinglar» (Imom Muslim rivoyati).

Maqolalar