Sayt test holatida ishlamoqda!
15 Avgust, 2026   |   2 Rabi`ul avval, 1448

Toshkent shahri
Tong
04:04
Quyosh
05:32
Peshin
12:28
Asr
17:20
Shom
19:27
Xufton
20:52
Bismillah
15 Avgust, 2026, 2 Rabi`ul avval, 1448

Xushxabar: “Umra – 2024” yangi mavsumi boshlandi

13.09.2024   14620   1 min.
Xushxabar: “Umra – 2024” yangi mavsumi boshlandi

#xushxabar #umra2024

Bugun, 10 sentyabr kuni “Umra – 2024” mavsumining navbatdagi bosqich ilk guruh ziyoratchilari Toshkent xalqaro aeroportidan Saudiya Arabistoniga jo‘nab ketdi. 
Mazkur reysda Qoraqalpog‘iston Respublikasi, Qashqadaryo, Farg‘ona, Buxoro viloyatlari va Toshkent shahridan 240 nafar umrachilar Jidda shahriga yo‘l oldi. 

Ma’lumot o‘rnida, ziyoratchilarimiz Madina shahrida 3 kun, Makka shahrida esa 8 kun bo‘ladi. 

Mavsum davomida 4 nafar tajribali ishchi guruhi va har bir guruhga voiz imom-xatiblardan iborat guruh rahbarlari (ellikboshi) hamda 2 nafar malakali shifokor hamyurtlarimizga xizmat ko‘rsatadi. 

Ziyoratchilar Madinada “Grand Shahba”, Makka shahrida esa “Al-Ayyam Elite” va  “Marmara Hotel” singari zamonaviy mehmonxonalarda istiqomat qilishadi. Ularga 3 mahal issiq ovqat, shirinlik va sarxil mevalar tortiq qilinadi. 

Umra ibodatini ado etuvchilar 11 kun mobaynida Ikki haramda toat-ibodat bilan mashg‘ul bo‘lish bilan birga Makka va Madina shaharlarida muqaddas qadamjolarni ham ziyorat qilishadi.  

Alloh taolo hamyurtlarimizning safarlarini muborak va xayrli qilsin, Baytulloh yonida duo qilishni barchamizga nasib etsin!

 Murojaat uchun telefonlar: 
 O‘zbekiston musulmonlari idorasi Haj-umra markazi  (https://t.me/hajumrauz)
+998-99-882-18-58; 
+998-77-085-18-58.

 @Hajumrauzbot

O‘zbekiston musulmonlari idorasi
Matbuot xizmati

 

Xushxabar: “Umra – 2024” yangi mavsumi boshlandi Xushxabar: “Umra – 2024” yangi mavsumi boshlandi Xushxabar: “Umra – 2024” yangi mavsumi boshlandi Xushxabar: “Umra – 2024” yangi mavsumi boshlandi Xushxabar: “Umra – 2024” yangi mavsumi boshlandi
Boshqa maqolalar
Yangiliklar

35 bolaning sunnat to‘yi o‘tkazib berildi

14.08.2026   5291   1 min.
35 bolaning sunnat to‘yi o‘tkazib berildi

Mustaqilligimizning 35 yilligi arafasida Chirchiq shahrida kam ta’minlangan hamda boquvchisini yo‘qotgan oilalar farzandlariga quvonch ulashishga qaratilgan saxovat tadbiri o‘tkazildi.

Toshkent viloyati bosh imom-xatibi Doniyor domla Ikromov tadbirda ishtirok etib, bolajonlarga samimiy tilaklar bildirdi.

«Vaqf» xayriya jamoat fondi Toshkent viloyati filiali ko‘magida 35 nafar bolaning har biriga velosiped va turli  sovg‘alar berildi. Shuningdek, tadbirda saxovatpesha homiylar tomonidan bayramona dasturxon yozilib, bolajonlar uchun ko‘ngilochar va bayramona dastur tashkil etildi.

Bunday xayrli tashabbuslar yurtimizda inson qadri, oila va bolalar manfaatlariga yuksak e’tibor qaratilayotganining yana bir amaliy ifodasidir.

Saxovat tadbiri bolajonlarga unutilmas quvonch bag‘ishlab, ularning qalbida Vatanga muhabbat va ertangi kunga ishonch tuyg‘ularini yanada mustahkamlashga xizmat qildi.

Toshkent viloyati vakilligi Matbuot xizmati

O'zbekiston yangiliklari