frontend\widgets\header\Header: Attempt to read property "fajr" on null
Yangiliklar

Misr ulamolari bilan hamkorlik aloqalari muhokama qilindi

13.09.2024   5247   1 min.
Misr ulamolari bilan hamkorlik aloqalari muhokama qilindi

Shu yil 11 sentyabr kuni O‘zbekiston musulmonlari idorasi raisi, muftiy Shayx Nuriddin Xoliqnazar hazratlari Misrdagi Xalqaro islom aholishunoslik va tadqiqot markazi direktori, professor Jamoliddin Abdulsurur boshchiligidagi delegatsiyani qabul qildilar. 

Muftiy hazratlari martabali mehmonlarni tashrif bilan qutlab, keyingi yillarda yurtimizda diniy-ma’rifiy sohada bo‘layotgan katta ijobiy o‘zgarishlarni so‘zlash barobarida O‘zbekiston musulmonlari idorasi faoliyati haqida ma’lumot berib, Islom olami davlatlari bilan faol hamkorlik yo‘lga qo‘yilgani, xususan, ikki davlat o‘rtasida mazkur yo‘nalishdagi yaqin hamkorlik muhim ahamiyat kasb etayotganini alohida ta’kidladilar.  

O‘z navbatida delegatsiya rahbari Jamoliddin Abdulsurur samimiy qabul uchun minnatdorlik bildirish asnosida O‘zbekistonda barcha jabhada bo‘layotgan o‘zgarishlar, jumladan, diniy sohadagi yangiliklardan behad xursand ekanligini bayon etdi. Shuningdek, ikki davlat o‘rtasidagi yaqin hamkorlik natijasida ayni kunlarda Toshkent shahrida o‘tkazilayotgan Islomda ayollar huquqiga bag‘ishlangan xalqaro o‘quv seminar yuqori darajada tashkil etilgani, unda Diniy idora vakillari ham mavzu doirasida muhim chiqishlar qilgani, kelgusida ana shunday hamkorlikdagi loyihalar davomiy qilishga tayyorligini bildirdi.    

Samimiy uchrashuvda diniy-ma’rifiy sohada hamkorlikni yanada kuchaytirish, jumladan, al-Azharda imom-xatiblar malakasini oshirish, Dorul Ifto va Fatvo markazi o‘rtasidagi aloqalarni mustahkamlash masalalari ham ko‘rib chiqildi. 

Uchrashuv do‘stona va samimiy ruhda o‘tdi. 

O‘zbekiston musulmonlari idorasi
Matbuot xizmati

Misr ulamolari bilan hamkorlik aloqalari muhokama qilindi Misr ulamolari bilan hamkorlik aloqalari muhokama qilindi Misr ulamolari bilan hamkorlik aloqalari muhokama qilindi Misr ulamolari bilan hamkorlik aloqalari muhokama qilindi Misr ulamolari bilan hamkorlik aloqalari muhokama qilindi Misr ulamolari bilan hamkorlik aloqalari muhokama qilindi Misr ulamolari bilan hamkorlik aloqalari muhokama qilindi
Boshqa maqolalar

Namozim buzildimi?

27.06.2025   11205   1 min.
Namozim buzildimi?

Savol: Masjiddagi jamoatda ba’zan oldingi safdagi odamning kiyimi kalta bo‘lgani uchun sajdada orqasi qisman ochilib qoladi va bexosdan unga ko‘zimiz tushib qoladi. Shu holatda tahorat yoki namozimiz buzilmaydimi?


Javob: Bismillahir Rohmanir Rohiym. Ulamolar tahorat va namozni buzuvchi omillarni birma-bir sanaganlar. Ular ichida birovning avratiga ko‘z tushib qolish sababli buziladi, degan gap yo‘q. Birovning, xoh ayolning, xoh erkakning avratiga qarash sababli bavl yoki biror suyuqlik chiqmasa, tahorat sinmaydi. Ammo bu degani qarash, nazar solish mumkin ekan, deb tushunmaslik kerak. Chunki bunday ishlar aslo mumkin emas.

Bir narsani yodda tutish lozimki, namoz o‘qish uchun tayyorlanayotgan inson namoz o‘qish asnosida avratlari ochilib qolmasligining chorasini ko‘rishi kerak bo‘ladi. Chunki bir rukn (farz amali) miqdoricha avratining to‘rtdan biri ochilib tursa, uning namozi buziladi. Vallohu a’lam.

 

O‘zbekiston musulmonlari idorasi
Fatvo markazi