Sayt test holatida ishlamoqda!
04 Aprel, 2026   |   15 Shavvol, 1447

Toshkent shahri
Tong
04:41
Quyosh
06:02
Peshin
12:31
Asr
16:58
Shom
18:55
Xufton
20:09
Bismillah
04 Aprel, 2026, 15 Shavvol, 1447
Maqolalar

Qur’oni karim raqamlarda

13.09.2024   7201   1 min.
Qur’oni karim raqamlarda
  • 30 pora;
  • 114 sura;
  • 6236 oyat;
  • 77.439 so‘z;
  • 323.015 harf;
  • 4 marta Muhammad;
  • 136 marta Muso ismi;
  • 25 marta Iso ismi;
  • 43 marta Nuh ismi;
  • 145 marta Hayot va o‘lim so‘zi;
  • 4 marta Issiq va sovuq;
  • 24 marta Erkak va ayol;
  • 77 marta Jannat va do‘zax;
  • 115 marta Dunyo va oxirat;
  • 25 marta Iymon va Kufr;
  • 88 marta Farishtalar va shayton;
  • 34 marta Sajda so‘zi;
  • Qur’on: 22 yil 02 oy 22 kunda nozil bo‘ldi;
  • Eng katta sura Baqara 286 oyat;
  • Eng kichik sura Kavsar surasi 3 oyatdan iborat.
Maqolalar
Boshqa maqolalar
Yangiliklar

Hamdardlik bildiramiz

04.04.2026   3700   1 min.
Hamdardlik bildiramiz

O‘zbekiston musulmonlari idorasi Toshkent islom instituti dots.nti va poytaxtimizdagi "Mulla Xolmirza ota" masjidi imom-xatibi Abdurasul domla Abdullayevning turmush o‘rtog‘i, Toshkent shahar Olmazor tumani otinoyisi Mavjuda hoji onaning vafoti munosabati bilan u kishining oila a’zolari va yaqinlariga chuqur ta’ziya izhor etadi.


Alloh taolo marhumani O‘z mag‘firatiga olsin, iymonlari va solih amallarini o‘zlariga hamroh aylasin. Oxiratlarini obod etib, joylarini Firdavs jannatlaridan qilsin!


Haq taolo marhumaning ahli oilasi, farzandu arjumandlari va yaqinlariga chiroyli sabr berib, bu musibatlarini yaxshiliklar ila to‘ldirsin.


O‘zbekiston musulmonlari idorasi jamoasi, ulamolari, imom-domlalari va o‘qituvchi-mudarrislari nomidan marhumaning yaqinlariga, xususan, Abdurasul domla Abdullayevga hamdardlik bildiramiz.


Innaa lillaahi va innaa ilayhi roji’uun.

«Musibat yetganda "Albatta, biz Allohnikimiz va albatta, biz Unga qaytuvchimiz", degan sabrlilarga xushxabar bering».


Janoza namozi bugun, 4 aprel kuni Olmazor tumani "Do‘stjonboy" jome masjidida peshin namozidan so‘ng o‘qiladi. 


O‘zbekiston musulmonlari idorasi
Muslim.uz

O'zbekiston yangiliklari