Sayt test holatida ishlamoqda!
06 May, 2026   |   18 Zulqa`da, 1447

Toshkent shahri
Tong
03:44
Quyosh
05:15
Peshin
12:25
Asr
17:19
Shom
19:29
Xufton
20:54
Bismillah
06 May, 2026, 18 Zulqa`da, 1447
Maqolalar

Qur’oni karim raqamlarda

13.09.2024   8399   1 min.
Qur’oni karim raqamlarda
  • 30 pora;
  • 114 sura;
  • 6236 oyat;
  • 77.439 so‘z;
  • 323.015 harf;
  • 4 marta Muhammad;
  • 136 marta Muso ismi;
  • 25 marta Iso ismi;
  • 43 marta Nuh ismi;
  • 145 marta Hayot va o‘lim so‘zi;
  • 4 marta Issiq va sovuq;
  • 24 marta Erkak va ayol;
  • 77 marta Jannat va do‘zax;
  • 115 marta Dunyo va oxirat;
  • 25 marta Iymon va Kufr;
  • 88 marta Farishtalar va shayton;
  • 34 marta Sajda so‘zi;
  • Qur’on: 22 yil 02 oy 22 kunda nozil bo‘ldi;
  • Eng katta sura Baqara 286 oyat;
  • Eng kichik sura Kavsar surasi 3 oyatdan iborat.
Maqolalar
Boshqa maqolalar
Yangiliklar

Qashqadaryo imom-xatiblari uchun seminar o‘tkazildi

06.05.2026   1180   1 min.
Qashqadaryo imom-xatiblari uchun seminar o‘tkazildi

Joriy yilning 6 may kuni O‘zbekiston musulmonlari idorasining Qashqadaryo viloyatidagi vakili, viloyat bosh imom-xatibi Raxmatillo domla Usmonov Chiroqchi tumanidagi "Hazrati Umar" jome masjidida sayyor seminar o‘tkazdi. Tadbirda tuman bosh imom-xatiblari hamda Chiroqchi va Ko‘kdala tumani imom-xatiblari ishtirok etdi.


Seminarda 2026 yilning birinchi to‘rt oyi davomida hududlarda olib borilgan ma’naviy-ma’rifiy ishlar, aholi bilan muloqot samaradorligi hamda yoshlar tarbiyasiga doir masalalar muhokama qilindi.

 

Ustuvor vazifalar belgilandi


Uchrashuv davomida imom-xatiblar oldida turgan dolzarb vazifalar aniqlab berildi. Xususan, masjid, ziyoratgoh va qabristonlarning obodligi va tartibiga doimiy e’tibor qaratish zarurligi ta’kidlandi. Bundan tashqari, yaqinlashib kelayotgan Qurbon hayitiga munosib tayyorgarlik ko‘rish va bayram tadbirlarini yuqori saviyada tashkil etish yuzasidan amaliy ko‘rsatmalar berildi.


Bosh imom-xatib nutqida ma’ruzalar mazmunan boy, hayotiy misollarga asoslangan va ta’sirchan bo‘lishi lozimligini alohida qayd etdi. Aholi, ayniqsa yoshlar qalbiga yetib boradigan uslubda targ‘ibot ishlarini olib borish va zamonaviy axborot maydonida faollikni oshirish muhim vazifa sifatida belgilandi.


Faoliyat tahlil qilindi


Joylarda aniqlangan ayrim kamchiliklar batafsil tahlil qilinib, ularni qisqa muddatda bartaraf etish bo‘yicha topshiriqlar berildi. Targ‘ibot ishlarini yanada faollashtirish va aholi bilan yaqin muloqotni yo‘lga qo‘yish bo‘yicha aniq tavsiyalar ishlab chiqildi.


Seminar yakunida barcha imom-xatiblarga yuklatilgan vazifalarni sidqidildan bajarish, joylarda sog‘lom ma’naviy muhitni ta’minlash va jamoatchilik ishonchini mustahkamlash yuzasidan ko‘rsatmalar berildi.


Qashqadaryo viloyati vakilligi
Matbuot xizmati

Qashqadaryo imom-xatiblari uchun seminar o‘tkazildi Qashqadaryo imom-xatiblari uchun seminar o‘tkazildi
O'zbekiston yangiliklari