Sayt test holatida ishlamoqda!
09 Iyul, 2025   |   14 Muharram, 1447

Toshkent shahri
Tong
03:16
Quyosh
04:58
Peshin
12:33
Asr
17:41
Shom
20:02
Xufton
21:37
Bismillah
09 Iyul, 2025, 14 Muharram, 1447
Yangiliklar

Makkaga yetib kelgan ilk ziyoratchilar katta ehtirom ila kutib olindi (foto+)

16.09.2024   6521   1 min.
Makkaga yetib kelgan ilk ziyoratchilar katta ehtirom ila kutib olindi (foto+)

Avvalroq “Umra – 2024” yangi mavsumi boshlanib, ilk guruh ziyoratchilari muborak diyorga jo‘nab ketgani haqida xabar bergan edik. 
 

Ushbu ziyoratchilar 3 kun davomida Madina shahridagi zamonaviy “Grand Shahba” mehmonxonasida istiqomat qilish barobarida Rasululloh sollallohu alayhi va sallamning Ravzai shariflari, muborak qadamjolar va Masjidun Nabaviyda ziyorat va ibodat bilan mashg‘ul bo‘ldilar. 


Shundan so‘ng o‘zbekistonlik hojilarning dastlabki guruhlari Payg‘ambar shahridagi Zul-Hulayfa masjidida umrani niyat qilib, oppoq ehromda zamonaviy avtobuslarda Makkai mukarramaga yo‘l oldi. 


Muqaddas ikki shahar orasidagi 460 kilometrlik masofani zamonaviy avtobuslarda o‘rtacha tezlikda 5-6 soatda bosib o‘tgan, tilidan “labbayka” tushmagan hojilarimiz Ishchi guruhi va hamkor shirkat vakillari tomonidan tantanali ravishda katta ehtirom bilan kutib olindi. 


Hamyurtlarimiz muhtasham “Al-Ayam Elite” mehmonxonasiga kirishlari bilanoq iliq qarshi olinib, zam-zam suvlari, xurmo, shirinliklar, gullar va hadyalar ulashilib ikrom qilindi. 


Zamonaviy mehmonxonada xonalari tayin bo‘lgan ziyoratchilarimiz mohir oshpazlar pishirgan lazzatli taomlaridan bahramand bo‘lgandan so‘ng guruh rahbarlari hamrohligida tildan talbiyani qo‘ymagancha Masjidul Haramga yo‘l olishdi va Baytullohda tavof, sa’y kabi umra amallarini bajarishga kirishdilar. 


Alloh taolo ziyoratchilarimizning safarlarini xayrli va barakali qilsin, umralarini qabul aylasin, Baytulloh yonida duo qilishni barchamizga nasib etsin! 

O‘zbekiston musulmonlari idorasi 
Matbuot xizmati

Makkaga yetib kelgan ilk ziyoratchilar katta ehtirom ila kutib olindi (foto+) Makkaga yetib kelgan ilk ziyoratchilar katta ehtirom ila kutib olindi (foto+) Makkaga yetib kelgan ilk ziyoratchilar katta ehtirom ila kutib olindi (foto+) Makkaga yetib kelgan ilk ziyoratchilar katta ehtirom ila kutib olindi (foto+) Makkaga yetib kelgan ilk ziyoratchilar katta ehtirom ila kutib olindi (foto+) Makkaga yetib kelgan ilk ziyoratchilar katta ehtirom ila kutib olindi (foto+) Makkaga yetib kelgan ilk ziyoratchilar katta ehtirom ila kutib olindi (foto+) Makkaga yetib kelgan ilk ziyoratchilar katta ehtirom ila kutib olindi (foto+)
Boshqa maqolalar
Yangiliklar

Indoneziyaning yangi tayinlangan elchisi O‘zbekistonga ishonch yorliqlari nusxasini topshirdi

07.07.2025   7101   1 min.
Indoneziyaning yangi tayinlangan elchisi O‘zbekistonga ishonch yorliqlari nusxasini topshirdi

O‘zbekiston tashqi ishlar vaziri Baxtiyor Saidov  Indoneziyaning yangi tayinlangan elchisi Siti Ruhaini Juhayatinni qabul qildi, deb xabar qilmoqda "Dunyo" AA muxbiri. 

 

"Indoneziyaning O‘zbekistondagi yangi tayinlangan Elchisi Siti Ruhaini Juhayatin xonimdan ishonch yorliqlari nusxalarini qabul qildik, – deb yozdi O‘zbekiston TIV rahbari o‘zining telegram-kanalida. – Siyosiy muloqotdan tortib iqtisodiy diplomatiyagacha bo‘lgan barcha sohalarda ikki tomonlama aloqalar jadal rivojlanib borayotganini mamnuniyat bilan ta’kidladik. Shubhasiz, O‘zbekiston-Indoneziya o‘rtasidagi munosabatlarni rivojlantirish uchun ko‘plab sohalarda keng imkoniyatlar mavjud.

 

Elchi xonimning boy tajribasini qadrlaymiz va mamlakatimizdagi faoliyatida muvaffaqiyatlar tilaymiz".

 

Eslatib o‘tamiz, O‘zbekiston va Indoneziya o‘rtasidagi diplomatik munosabatlar 1992 yil 23 iyunda o‘rnatilgan. O‘zbekistonning ushbu mamlakatdagi yangi elchisi Oybek Eshonov 2024 yilning 4 noyabr kuni Indoneziya Prezidenti Subianto Prabovoga ishonch yorliqlarini topshirgan edi.

 

"Dunyo" AA olgan surat

O'zbekiston yangiliklari