Sayt test holatida ishlamoqda!
16 Noyabr, 2026   |   6 Jumadul soni, 1448

Toshkent shahri
Tong
05:50
Quyosh
07:12
Peshin
12:13
Asr
15:22
Shom
17:06
Xufton
18:23
Bismillah
16 Noyabr, 2026, 6 Jumadul soni, 1448

Avvobiyn namozi

20.09.2024   10470   1 min.
Avvobiyn namozi

Hojat namozi

Abdulloh ibn Abu Avfo roziyallohu anhudan rivoyat qilinadi Rasululloh sollallohu alayhi vasallam: “Kimning Allohga va Bani odamdan birortasiga hojati bo‘lsa, yaxshilab tahorat qilsin, so‘ngra ikki rakat namoz o‘qisin. Keyin Allohga sano va Payg‘ambar sollallohu alayhi vasallamga salavot aytsin. So‘ngra: “Haliymu Karim Allohdan o‘zga iloh yo‘q. Ulug‘ Arshning Robbisi Alloh pokdir. Olamlarning Robbisi Allohga hamdlar bo‘lsin. Men Sendan: rahmatingni vojib qiluvchi, mag‘firatingni taqozo qiluvchi narsalarni va har bir yaxshilikdan g‘animatni, har bir yomonlikdan salomatlik so‘rayman. Mening hech bir gunohimni qo‘ymay mag‘firat qilgin, hech bir g‘amimni qo‘ymay kushoyish et, O‘zing rozi bo‘lgan hech bir hojatimni qo‘ymay, chiqargin. Yo Arhamar Rohimiyn”, desin”, dedilar (Imom Termiziy, Imom Ibn Moja rivoyati).

 

Avvobiyn namozi

Bu namoz shom namozidan keyin o‘qiladi va olti rakatdir. Avval to‘rt, keyin ikki rakat yoki ikki rakatdan qilib o‘qiladi.

 

Tahajjud namozi

Kechasi bir uxlab turib o‘qiladigan namoz “tahajjud namozi” deb ataladi. Shuningdek, bu namoz “qiyom namozi” deb ham ataladi. Dastlab bu namoz vojib bo‘lgan, keyin vojibligi nasx qilingan. Nafl namozlarining eng afzali tahajjud hisoblanadi. Chunki bu namoz hamma uxlab yotgan vaqtda o‘qilgani uchun riyodan uzoq, ixlosga yaqin bo‘ladi. Bu namozning ozi ikki, ko‘pi sakkiz rakatdir.

“Sunnatga muvofiq namoz o‘qing” kitobidan olindi.

Boshqa maqolalar
Yangiliklar

Ummon Sultonligida nufuzli xalqaro forum boshlandi

16.11.2026   4453   2 min.
Ummon Sultonligida nufuzli xalqaro forum boshlandi

Shu kunlarda Ummon Sultonligining Masqat shahridagi "Hilton Muscat Al Bandar" majmuasida "Masqat harakatlar rejasi global forumi" (Muscat Plan Global Forum) bo‘lib o‘tmoqda. Joriy yilning 15-16 noyabr kunlariga mo‘ljallangan ushbu nufuzli anjumanda O‘zbekiston musulmonlari idorasi raisining birinchi o‘rinbosari Homidjon domla Ishmatbekov ham ishtirok etmoqda.

Mazkur xalqaro forum Birlashgan Millatlar Tashkilotining Genotsidning oldini olish va himoya qilish mas’uliyati bo‘yicha boshqarmasi (UNOSAPG), Ummon Sultonligi Vaqf va diniy ishlar hamda Tashqi ishlar vazirliklari, shuningdek, "Din va an’anaviy tinchlikparvarlar tarmog‘i" (The Network for Religious and Traditional Peacemakers) hamkorligida tashkil etilgan.

Tadbirning asosiy maqsadi kamsitish va zo‘ravonlikning oldini olish, shuningdek, o‘zaro muloqot, bag‘rikenglik va tinch-totuvlikni keng targ‘ib qilishda amaliy yondashuvlarni ishlab chiqishdan iborat.

E’tiborlisi, forumning asosiy tadbirlari Birlashgan Millatlar Tashkilotining Xalqaro bag‘rikenglik kuniga (16 noyabr) to‘g‘ri kelgan bo‘lib, bu o‘zaro hurmat va tinch-totuv yashash qadriyatlarini mustahkamlash uchun muhim platforma vazifasini o‘taydi.

Xalqaro tadbirda dunyoning turli davlatlaridan kelgan taniqli ulamolar, diniy va an’anaviy yetakchilar, hukumat vakillari, BMT va boshqa yirik xalqaro tashkilotlar mutasaddilari jam bo‘lgan. Forum dasturi doirasida muhim sessiyalar bo‘lib o‘tmoqda. Jumladan, tinchlik va xavfsizlikni ta’minlashda xalqaro hamkorlik mexanizmlari, nafratli nutqlarga qarshi kurashish hamda bag‘rikenglikni ilgari surishda diniy yetakchilar va ommaviy axborot vositalarining o‘rni kabi mavzularda yuqori darajadagi muhokamalar olib borilmoqda.

O‘zbekiston vakillarining bunday nufuzli xalqaro anjumanlardagi ishtiroki yurtimizda olib borilayotgan diniy-ma’rifiy sohadagi islohotlar, dinlararo bag‘rikenglik va tinchliksevarlik tamoyillarini jahon hamjamiyatiga yetkazishda muhim ahamiyat kasb etadi. 

O‘zbekiston musulmonlari idorasi

Matbuot xizmati

Ummon Sultonligida nufuzli xalqaro forum boshlandi Ummon Sultonligida nufuzli xalqaro forum boshlandi Ummon Sultonligida nufuzli xalqaro forum boshlandi Ummon Sultonligida nufuzli xalqaro forum boshlandi Ummon Sultonligida nufuzli xalqaro forum boshlandi Ummon Sultonligida nufuzli xalqaro forum boshlandi Ummon Sultonligida nufuzli xalqaro forum boshlandi Ummon Sultonligida nufuzli xalqaro forum boshlandi
O'zbekiston yangiliklari