Sayt test holatida ishlamoqda!
16 Noyabr, 2026   |   6 Jumadul soni, 1448

Toshkent shahri
Tong
05:50
Quyosh
07:12
Peshin
12:13
Asr
15:22
Shom
17:06
Xufton
18:23
Bismillah
16 Noyabr, 2026, 6 Jumadul soni, 1448

Sehrgarning makri

20.09.2024   8548   1 min.
Sehrgarning makri

Sehrgarlar shaytonning xizmatkorlaridir. Shayton insonlarni Allohga ibodat qilishdan to‘sish uchun o‘z “xodimlari”ni ishga soladi. Buning uchun sehrgar o‘zining huzuriga keluvchilarni Allohdan boshqaga atab jonliq so‘yishga, tumor taqishga chaqiradi. Natijada ularni asta-sekin shirk amallarga boshlaydi.

Uqba ibn Omir roziyallohu anhudan rivoyat qilinadi. Rasululloh sollallohu alayhi vasallam: “Kim tumor taqsa, batahqiq shirk keltiribdi”, deganlar (Imom Ahmad rivoyati).

Sehrgarlarning yana boshqa makrlaridan biri bu – huzuriga kelganlarning kasalliklari haqida bilishlarini da’vo qilishlari sanaladi. Ular har bir insonda uchrab turadigan bemorlik va muammolar masalan, bosh, bel og‘rig‘i, ba’zan g‘amga botish kabilarni aytib, o‘zlarini go‘yoki mijozning har bir dardi hamda sirini biladigandek ko‘rsatishadi. Yana sehrgarlar varaqlarga Qur’oni karimdagi ayrim oyatlardan yozib, o‘zlarini xuddi jinlardan emas, Allohdan yordam-madad so‘rayotgandek qilib ko‘rsatib, odamlarni aldaydilar.

Davomi bor...

1-qism
2-qism

3-qism
4-qism
5-qism

Davron NURMUHAMMAD

Boshqa maqolalar
Yangiliklar

Ummon Sultonligida nufuzli xalqaro forum boshlandi

16.11.2026   4439   2 min.
Ummon Sultonligida nufuzli xalqaro forum boshlandi

Shu kunlarda Ummon Sultonligining Masqat shahridagi "Hilton Muscat Al Bandar" majmuasida "Masqat harakatlar rejasi global forumi" (Muscat Plan Global Forum) bo‘lib o‘tmoqda. Joriy yilning 15-16 noyabr kunlariga mo‘ljallangan ushbu nufuzli anjumanda O‘zbekiston musulmonlari idorasi raisining birinchi o‘rinbosari Homidjon domla Ishmatbekov ham ishtirok etmoqda.

Mazkur xalqaro forum Birlashgan Millatlar Tashkilotining Genotsidning oldini olish va himoya qilish mas’uliyati bo‘yicha boshqarmasi (UNOSAPG), Ummon Sultonligi Vaqf va diniy ishlar hamda Tashqi ishlar vazirliklari, shuningdek, "Din va an’anaviy tinchlikparvarlar tarmog‘i" (The Network for Religious and Traditional Peacemakers) hamkorligida tashkil etilgan.

Tadbirning asosiy maqsadi kamsitish va zo‘ravonlikning oldini olish, shuningdek, o‘zaro muloqot, bag‘rikenglik va tinch-totuvlikni keng targ‘ib qilishda amaliy yondashuvlarni ishlab chiqishdan iborat.

E’tiborlisi, forumning asosiy tadbirlari Birlashgan Millatlar Tashkilotining Xalqaro bag‘rikenglik kuniga (16 noyabr) to‘g‘ri kelgan bo‘lib, bu o‘zaro hurmat va tinch-totuv yashash qadriyatlarini mustahkamlash uchun muhim platforma vazifasini o‘taydi.

Xalqaro tadbirda dunyoning turli davlatlaridan kelgan taniqli ulamolar, diniy va an’anaviy yetakchilar, hukumat vakillari, BMT va boshqa yirik xalqaro tashkilotlar mutasaddilari jam bo‘lgan. Forum dasturi doirasida muhim sessiyalar bo‘lib o‘tmoqda. Jumladan, tinchlik va xavfsizlikni ta’minlashda xalqaro hamkorlik mexanizmlari, nafratli nutqlarga qarshi kurashish hamda bag‘rikenglikni ilgari surishda diniy yetakchilar va ommaviy axborot vositalarining o‘rni kabi mavzularda yuqori darajadagi muhokamalar olib borilmoqda.

O‘zbekiston vakillarining bunday nufuzli xalqaro anjumanlardagi ishtiroki yurtimizda olib borilayotgan diniy-ma’rifiy sohadagi islohotlar, dinlararo bag‘rikenglik va tinchliksevarlik tamoyillarini jahon hamjamiyatiga yetkazishda muhim ahamiyat kasb etadi. 

O‘zbekiston musulmonlari idorasi

Matbuot xizmati

Ummon Sultonligida nufuzli xalqaro forum boshlandi Ummon Sultonligida nufuzli xalqaro forum boshlandi Ummon Sultonligida nufuzli xalqaro forum boshlandi Ummon Sultonligida nufuzli xalqaro forum boshlandi Ummon Sultonligida nufuzli xalqaro forum boshlandi Ummon Sultonligida nufuzli xalqaro forum boshlandi Ummon Sultonligida nufuzli xalqaro forum boshlandi Ummon Sultonligida nufuzli xalqaro forum boshlandi
O'zbekiston yangiliklari