Sayt test holatida ishlamoqda!
18 May, 2025   |   20 Zulqa`da, 1446

Toshkent shahri
Tong
03:25
Quyosh
05:02
Peshin
12:24
Asr
17:26
Shom
19:41
Xufton
21:11
Bismillah
18 May, 2025, 20 Zulqa`da, 1446
Yangiliklar

Soha mas’ullari Buxorodagi diniy ta’lim dargohlarida bo‘ldi

20.09.2024   9235   1 min.
Soha mas’ullari Buxorodagi diniy ta’lim dargohlarida bo‘ldi

Shu yil 18-19 sentyabr kunlari O‘zbekiston musulmonlari idorasi Ta’lim va ilmiy-tadqiqot bo‘limi mudiri Salohiddin domla Sherxonov, bo‘lim xodimi Abdunosir Bobomirzayev va “Qur’oni Karim va tajvid”ni o‘rgatish bo‘limi mudiri o‘rinbosari Foziljon Babajanovlar Buxoro viloyatidagi diniy ta’lim muassasalari faoliyati bilan yaqindan tanishish, o‘qituvchi va talabalar bilan ochiq muloqot o‘tkazish maqsadida Mir Arab oliy va o‘rta maxsus madrasalari va “Jo‘ybori Kalon” ayol-qizlar islom ta’lim muassasasida bo‘ldi. 

Tashrif davomida soha mas’ullari o‘qituvchi va talabalar bilan ochiq muloqotda yangi o‘quv yiliga tayyorgarlik jarayoni, islom dinini yoshlar ongiga to‘g‘ri yetkaza olish, ijtimoiy tarmoqlardan maqsadli foydalanish, yangi islohotlarni ta’lim jarayonida birga olib borish to‘g‘risida fikr-mulohaza almashildi. Shuningdek, ta’li muassasalarida yaratilgan shart-sharoitlar bilan yaqindan tanishildi. O‘qituvchi va xodimlarning ta’lim jarayonini yaxshilash maqsadida takliflarini inobatga olib, amaliy yordam ko‘rsatish aytib o‘tildi. Ta’lim muassasalari oldida turgan mas’uliyatli vazifalarni samarali amalga oshirish uchun kerakli ko‘rsatmalar berildi. 

O‘zbekiston musulmonlari idorasi
Matbuot xizmati

Soha mas’ullari Buxorodagi diniy ta’lim dargohlarida bo‘ldi Soha mas’ullari Buxorodagi diniy ta’lim dargohlarida bo‘ldi Soha mas’ullari Buxorodagi diniy ta’lim dargohlarida bo‘ldi Soha mas’ullari Buxorodagi diniy ta’lim dargohlarida bo‘ldi Soha mas’ullari Buxorodagi diniy ta’lim dargohlarida bo‘ldi Soha mas’ullari Buxorodagi diniy ta’lim dargohlarida bo‘ldi Soha mas’ullari Buxorodagi diniy ta’lim dargohlarida bo‘ldi Soha mas’ullari Buxorodagi diniy ta’lim dargohlarida bo‘ldi Soha mas’ullari Buxorodagi diniy ta’lim dargohlarida bo‘ldi Soha mas’ullari Buxorodagi diniy ta’lim dargohlarida bo‘ldi Soha mas’ullari Buxorodagi diniy ta’lim dargohlarida bo‘ldi Soha mas’ullari Buxorodagi diniy ta’lim dargohlarida bo‘ldi Soha mas’ullari Buxorodagi diniy ta’lim dargohlarida bo‘ldi Soha mas’ullari Buxorodagi diniy ta’lim dargohlarida bo‘ldi Soha mas’ullari Buxorodagi diniy ta’lim dargohlarida bo‘ldi Soha mas’ullari Buxorodagi diniy ta’lim dargohlarida bo‘ldi Soha mas’ullari Buxorodagi diniy ta’lim dargohlarida bo‘ldi Soha mas’ullari Buxorodagi diniy ta’lim dargohlarida bo‘ldi
O'zbekiston yangiliklari
Boshqa maqolalar

Barcha mo‘minlar haqqiga duo

14.05.2025   3758   1 min.
Barcha mo‘minlar haqqiga duo

Bismillahir Rohmanir Rohiym

Uboda ibn Somit roziyallohu anhudan rivoyat qilingan hadisda Nabiy sollallohu alayhi vasallam: "Kimki mo‘min va mo‘minalar haqqiga istig‘for aytsa, Alloh unga har bir mo‘min va mo‘mina hisobida bittadan yaxshilik yozadi", deganlar.

Sharh: Agar biror (tanigan va tanimagan) mo‘min-mo‘minaning haqqiga istig‘for aytsangiz, Alloh taolo buning evaziga o‘sha mo‘min va mo‘mina nomidan sizga yaxshilik (savob) yozadi. 

Alloh taolo bunday marhamat qiladi: "Ey Robbimiz, meni, ota-onamni va mo‘minlarni hisob qilinadigan kuni mag‘firat aylagin" (Ibrohim surasi, 41-oyat).

Allohim Odam alayhissalomdan to Qiyomatga qadar keladigan jamiki mo‘min-musulmonlarning gunohlarini mag‘firat etgin.