Sayt test holatida ishlamoqda!
16 Noyabr, 2026   |   6 Jumadul soni, 1448

Toshkent shahri
Tong
05:50
Quyosh
07:12
Peshin
12:13
Asr
15:22
Shom
17:06
Xufton
18:23
Bismillah
16 Noyabr, 2026, 6 Jumadul soni, 1448

Gunohlar “virusi”dan saqlanish

23.09.2024   7211   1 min.
Gunohlar “virusi”dan saqlanish

Bismillahir Rohmanir Rohiym

Kundalik hayotimiz davomidagi turmush tarzimiz ko‘p tomonlama in’ikosga egadir. Go‘yoki parallel olam kabi bir olamdagi hodisalar ikkinchisiga monand tushadi. Inchunun, turli bakteriyalar tufayli kasallikka chalingan odam uning muolajasini qilgani kabi gunohlar girdobiga ilashib qolgan inson ham ma’naviy muolajalar olishi lozim bo‘ladi.

Jasadimizdagi kasalliklar oxir-oqibat bizni halok qilgani kabi gunohlar ham halok etadi. Eng e’tiborlisi shundaki ikkalasining ham halok bo‘lishining yakuniy nuqtasi qalbga borib taqaladi.

Darvoqe qalb arab tilida bo‘lib bo‘lib, insonning chap ko‘krak qismida joylashgan yurak a’zosi ham arablarda qalb deyiladi. Bizda agarchi ikkalasi ayro qo‘llanilsa ham, demak umuman olganda bir ekan.

Kasalliklar atrof-muhit iflosligi yoki ichki a’zolar tufayli bo‘lgani kabi inson ma’naviyatiga ham ikki omil ta’sir qiladi. Bunda ham e’tiborlisi shuki, har ikkalasida ham Alloh taolo O‘zi xohlagan bandalarini har qanday holatda ham saqlab qoladi.

Kasalliklarning eng yaxshi muolajasi poklikdir. Gunohdan pok yurgan insonning qalbi musaffo bo‘ladi. Biroq bu imkoniyat faqat payg‘ambarlargagina berilgan. Unda biz nima qilmog‘imiz kerak?

Avvalo nafsni tiyish kerak! Keyin istig‘for aytish, tavba qilish, namoz o‘qish va poklikka qat’iy rioya etish lozim.

Ulug‘bek qori YO‘LDOSHЕV,

Asaka tumanidagi “Muhammadsolih hoji” jome masjidi xodimi.

Boshqa maqolalar
Yangiliklar

Ummon Sultonligida nufuzli xalqaro forum boshlandi

16.11.2026   2519   2 min.
Ummon Sultonligida nufuzli xalqaro forum boshlandi

Shu kunlarda Ummon Sultonligining Masqat shahridagi "Hilton Muscat Al Bandar" majmuasida "Masqat harakatlar rejasi global forumi" (Muscat Plan Global Forum) bo‘lib o‘tmoqda. Joriy yilning 15-16 noyabr kunlariga mo‘ljallangan ushbu nufuzli anjumanda O‘zbekiston musulmonlari idorasi raisining birinchi o‘rinbosari Homidjon domla Ishmatbekov ham ishtirok etmoqda.

Mazkur xalqaro forum Birlashgan Millatlar Tashkilotining Genotsidning oldini olish va himoya qilish mas’uliyati bo‘yicha boshqarmasi (UNOSAPG), Ummon Sultonligi Vaqf va diniy ishlar hamda Tashqi ishlar vazirliklari, shuningdek, "Din va an’anaviy tinchlikparvarlar tarmog‘i" (The Network for Religious and Traditional Peacemakers) hamkorligida tashkil etilgan.

Tadbirning asosiy maqsadi kamsitish va zo‘ravonlikning oldini olish, shuningdek, o‘zaro muloqot, bag‘rikenglik va tinch-totuvlikni keng targ‘ib qilishda amaliy yondashuvlarni ishlab chiqishdan iborat.

E’tiborlisi, forumning asosiy tadbirlari Birlashgan Millatlar Tashkilotining Xalqaro bag‘rikenglik kuniga (16 noyabr) to‘g‘ri kelgan bo‘lib, bu o‘zaro hurmat va tinch-totuv yashash qadriyatlarini mustahkamlash uchun muhim platforma vazifasini o‘taydi.

Xalqaro tadbirda dunyoning turli davlatlaridan kelgan taniqli ulamolar, diniy va an’anaviy yetakchilar, hukumat vakillari, BMT va boshqa yirik xalqaro tashkilotlar mutasaddilari jam bo‘lgan. Forum dasturi doirasida muhim sessiyalar bo‘lib o‘tmoqda. Jumladan, tinchlik va xavfsizlikni ta’minlashda xalqaro hamkorlik mexanizmlari, nafratli nutqlarga qarshi kurashish hamda bag‘rikenglikni ilgari surishda diniy yetakchilar va ommaviy axborot vositalarining o‘rni kabi mavzularda yuqori darajadagi muhokamalar olib borilmoqda.

O‘zbekiston vakillarining bunday nufuzli xalqaro anjumanlardagi ishtiroki yurtimizda olib borilayotgan diniy-ma’rifiy sohadagi islohotlar, dinlararo bag‘rikenglik va tinchliksevarlik tamoyillarini jahon hamjamiyatiga yetkazishda muhim ahamiyat kasb etadi. 

O‘zbekiston musulmonlari idorasi

Matbuot xizmati

Ummon Sultonligida nufuzli xalqaro forum boshlandi Ummon Sultonligida nufuzli xalqaro forum boshlandi Ummon Sultonligida nufuzli xalqaro forum boshlandi Ummon Sultonligida nufuzli xalqaro forum boshlandi Ummon Sultonligida nufuzli xalqaro forum boshlandi Ummon Sultonligida nufuzli xalqaro forum boshlandi Ummon Sultonligida nufuzli xalqaro forum boshlandi Ummon Sultonligida nufuzli xalqaro forum boshlandi
O'zbekiston yangiliklari