Sayt test holatida ishlamoqda!
22 Avgust, 2026   |   9 Rabi`ul avval, 1448

Toshkent shahri
Tong
04:13
Quyosh
05:39
Peshin
12:26
Asr
17:13
Shom
19:16
Xufton
20:38
Bismillah
22 Avgust, 2026, 9 Rabi`ul avval, 1448
Yangiliklar

Yuzdan ziyod xonadonga kirildi

25.09.2024   17002   1 min.
Yuzdan ziyod xonadonga kirildi

Bir kunning o‘zida yuzdan ziyod xonadonga kirib, odamlarning dardu tashvishlariga quloq tutish, ularga imkon qadar ko‘maklashish – Vatanini, xalqini, hamshaharlarini, mahalladoshlarini sevgan  odamlarning ishidir.


Shu yil 25-sentyabr kuni poytaxtimizning Olmazor tumanidagi "Islomobod" jome masjidida O‘zbekiston musulmonlari idorasi raisi o‘rinbosari Zayniddin domla Eshonqulov, Toshkent shahar bosh imom-xatibi Abduqahhor domla Yunusov, tumanlar imom-xatiblari hamda shu yil haj safariga borib kelgan hoji otalar, hoji onalar ishtirokida yig‘ilish o‘tkazildi.


Shundan so‘ng tumandagi xonadonlarga kirilib, ulardan hol-ahvol so‘raldi.


Hadisi sharifda: “Insonlarning Alloh taologa eng seviklisi odamlarga ko‘p manfaati yetkazadiganidir” (Imom Tabaroniy rivoyati), deyilgan. 


Shunday ekan, har bir hoji o‘z hududidagi imom-xatib ko‘makchi sifatida mahallama-mahalla yurib, aholiga, ayniqsa, yoshlarga pandu nasihatlar qilishyapti. Chunki hojilarning so‘zlari ta’sirchan bo‘ladi. Farzandlarimizning turli yot g‘oyalar ta’siriga tushib qolishining oldini olishda ularning xizmati katta bo‘lyapti. Hojilarimizning sa’y-harakatlari bilan xalqimizning ma’naviyati, ma’rifati yanada oshib boryapti.


Imomlarimiz poytaxtimiz tumanlari mahallalariga chiqib, hojilar ishtirokida xonadonlarga kiryaptilar. Yoshlar bilan suhbatlar o‘tkazilib, ularga tinchlikning qadriga yetish, shukronalik bilan yashash, har xil aqidasi buzuq kimsalar tuzog‘idan ehtiyot bo‘lish zarurligi haqida tushuntirish ishlarini olib borishyapti.

MuslimShosh

Yuzdan ziyod xonadonga kirildi Yuzdan ziyod xonadonga kirildi Yuzdan ziyod xonadonga kirildi Yuzdan ziyod xonadonga kirildi Yuzdan ziyod xonadonga kirildi Yuzdan ziyod xonadonga kirildi Yuzdan ziyod xonadonga kirildi Yuzdan ziyod xonadonga kirildi Yuzdan ziyod xonadonga kirildi Yuzdan ziyod xonadonga kirildi Yuzdan ziyod xonadonga kirildi
O'zbekiston yangiliklari
Boshqa maqolalar

Ot izini toy bosar

14.08.2026   33192   1 min.
Ot izini toy bosar

Bismillahir Rohmanir Rohiym

O‘g‘il har oylik maoshini onasiga topshirar, uning yuzidagi tabassumni ko‘rib, o‘zini dunyodagi eng boy inson deb hisoblardi.
Yillar o‘tib, onasi olamdan o‘tdi. Navbatdagi maoshini olgan o‘g‘il bir zum ne qilarini bilmay qoldi-yu, bir qarorga keldi: «Pullarni onamning nomidan ehson qilaman».


Shu kundan e’tiboran, u har oy masjidlarga suv kullerlari o‘rnatishni odat qildi. Namozxonlar suv ichib, onasining haqiga duo qilishlaridan qalbi taskin topardi.


Kunlardan bir kun mahalla masjidida yangi kuller o‘rnatilganini ko‘rib, «Attang, bu safar kechikdim-a», deb o‘kindi. Shunda yoniga imom kelib:


– Xayrli hadya uchun rahmat, – dedi.

– Uzr, adashdingiz, shekilli. Buni men olib kelmadim...

– Yo‘q, adashmadim. Buni sizning nomingizdan o‘g‘lingiz keltirdi.

Orqasiga o‘girilgan ota jilmayib turgan o‘g‘liga ko‘zi tushdi.

– Bolam, bunga pulni qayerdan olding? – hayajondan ko‘zlari yoshlandi otaning.

– Ota, anchadan beri menga beradigan pullaringizni yig‘ib yurgandim. Siz buvijonim uchun xayrli ish qilayotganingizni ko‘rib, men ham siz uchun shunday qilishni istadim.


Otaning ko‘zlaridan quvonch yoshlari sizib chiqdi. U o‘g‘liga nasihat qilmagan, shunchaki o‘z amali bilan namuna bo‘lgandi.


Ha, farzandlar eshitgan gaplarini unutishi mumkin, ammo ko‘rgan amallarini hech qachon unutmaydi. Bugun ota-onamizga qilgan yaxshiligimiz ertaga farzandlarimizdan albatta qaytadi.


Akbarshoh RASULOV