2024 yil 25–27 sentyabr kunlari Bishkek shahrida Qirg‘iziston musulmonlari idorasi tomonidan IV xalqaro Qur’on tilovati musobaqasida o‘tkazilmoqda.
Nufuzli musobaqada dunyoning 30 mamlakatidan kelgan eng mahoratli qorilar chiqishini Islom olamida mashhur bo‘lgan katta qori ustozlardan iborat hakamlar hay’ati baholab boradi.
Mazkur musobaqada yurtimiz nomidan O‘zbekiston musulmonlari idorasi tasarrufidagi “Ko‘kaldosh” o‘rta maxsus islom ta’lim muassasasi 3-bosqich talabasi Abdulhay qori Hasanov ishtirok etmoqda.
Alloh taolo qorimizga ulkan zafar va muvaffaqiyatlar ato qilsin!
O‘zbekiston musulmonlari idorasi
Matbuot xizmati
Shayx Ali Tantoviy rahimahulloh aytadilar:
"Bir-biringizni seving. Judolik ogohlantirishsiz keladi. Bir-biringizdan hol-ahvol so‘rab turing. Chunki hech kim oxirgi so‘zlashuv so‘nggi bor diydor qachon ekanini bilmaydi. O‘zaro ko‘ngillaringizni ko‘taringlar. Keyin afsus, degan bilan ketganni ortga qaytarib bo‘lmaydi. Yodingizda tuting, hayotlik chog‘ida shirin so‘z aytmoq, mayyit peshonasini o‘pmoqdan ko‘ra yaxshiroqdir".