Namangan viloyati bosh imom xatibi Musoxon domla Abbosiddinov yoshlar bilan dildan suhbat olib bordilar va yosh diniy soha xodimlarini fikr mulohazalarini tingladilar.
Musoxon domla o‘z nutqlarida yurtimizda yoshlarga berilayotgan keng imkoniyatlarni so‘zlash barobarida yosh soha xodimlarini kasb-mahoratlarini doimiy oshirib borish, o‘z ustilarida muntazam ishlashga chaqirib, bugungi davr bilan hamnafas bo‘lish, zamonaviy ilm-fanlarni egallash va axborot texnologiyalaridan unumli foydalanish zarurligini o‘qtirdilar. Shuningdek, peshvolik maqomi, mav’iza qilish odoblari, belgilangan tartib-qoidalarga rioya etish va din g‘ami, xalq dardi hamda Vatan taqdirini o‘ylab, tunu kun xizmat qilish kerakligini ta’kidladilar. Uchrashuv so‘ngida O‘zbekiston musulmonlari idorasi raisi muftiy shayx Nuriddin Xoliqnazar hazratlarini "Yoshlarga nasihatim" kitoblarini tarqatildi.
O‘zbekiston musulmonlari idorasi Namangan viloyati vakilligi Matbuot xizmati
Qiyomat kuni ikki kishiga Alloh taolo rahmat nazari bilan qaramaydi. Payg‘ambarimiz sollallohu alayhi va sallam bunday marhamat qilganlar: “Alloh taolo qiyomat kuni ikki kishiga rahmat nazari bilan qaramaydi. Ulardan biri qarindosh-urug‘i bilan aloqalarini uzgan kishi bo‘lsa, ikkinchisi yomon qo‘shnidir”.
Shunday ekan, kim Allohning nazaridan umidvor bo‘lsa, silai-rahmni uzmasligi, qo‘ni-qo‘shnilar bilan yaxshi qo‘shnichilik qilishi lozim.
Alloh taolo barchamizni O‘zining rahmatiga sazavor aylasin!
Ruhiddin Akbarov,
O‘MIning Qashqadaryo viloyat vakilligi xodimi