Sayt test holatida ishlamoqda!
08 May, 2025   |   10 Zulqa`da, 1446

Toshkent shahri
Tong
03:40
Quyosh
05:12
Peshin
12:25
Asr
17:20
Shom
19:31
Xufton
20:57
Bismillah
08 May, 2025, 10 Zulqa`da, 1446
Yangiliklar

Yosh diniy soha xodimlari bilan uchrashuv.

25.09.2024   9128   1 min.
Yosh diniy soha xodimlari bilan uchrashuv.

Namangan viloyati bosh imom xatibi Musoxon domla Abbosiddinov  yoshlar bilan dildan suhbat olib bordilar va yosh diniy soha xodimlarini fikr mulohazalarini tingladilar. 

Musoxon domla o‘z nutqlarida yurtimizda yoshlarga berilayotgan keng imkoniyatlarni so‘zlash barobarida yosh soha xodimlarini kasb-mahoratlarini doimiy oshirib borish, o‘z ustilarida muntazam ishlashga chaqirib, bugungi davr bilan hamnafas bo‘lish, zamonaviy ilm-fanlarni egallash va axborot texnologiyalaridan unumli foydalanish zarurligini o‘qtirdilar. Shuningdek, peshvolik maqomi, mav’iza qilish odoblari, belgilangan tartib-qoidalarga rioya etish va din g‘ami, xalq dardi hamda Vatan taqdirini o‘ylab, tunu kun xizmat qilish kerakligini ta’kidladilar. Uchrashuv so‘ngida O‘zbekiston musulmonlari idorasi raisi muftiy shayx Nuriddin Xoliqnazar hazratlarini "Yoshlarga nasihatim" kitoblarini tarqatildi.

O‘zbekiston musulmonlari idorasi Namangan viloyati vakilligi Matbuot xizmati

Yosh diniy soha xodimlari bilan uchrashuv. Yosh diniy soha xodimlari bilan uchrashuv. Yosh diniy soha xodimlari bilan uchrashuv. Yosh diniy soha xodimlari bilan uchrashuv. Yosh diniy soha xodimlari bilan uchrashuv. Yosh diniy soha xodimlari bilan uchrashuv. Yosh diniy soha xodimlari bilan uchrashuv.
O'zbekiston yangiliklari
Boshqa maqolalar

Qarzning savobi sadaqadan afzal

07.05.2025   1559   1 min.
Qarzning savobi sadaqadan afzal

Bismillahir Rohmanir Rohiym

Rasululloh sollallohu alayhi vasallam aytadilar: "Jannatga kirdim va uning eshigida sadaqa o‘n (barobar savob), qarz esa o‘n sakkiz (barobar savob) bilan (mukofotlanadi) degan yozuvni ko‘rdim. Shunda "Ey Jabroil, qanday qilib sadaqa o‘n, qarz o‘n sakkiz barobar bo‘ladi?" dedim. Jabroil alayhissalom: "Chunki sadaqa boyning ham, faqirning ham qo‘liga tushaveradi. Qarz esa, faqat muhtojning qo‘liga tushadi", dedi.