frontend\widgets\header\Header: Attempt to read property "fajr" on null
Maqolalar

Tinchlikka da’vat etuvchi anjuman

26.09.2024   5121   2 min.
Tinchlikka da’vat etuvchi anjuman

Joriy yilning 15-16 oktyabr kunlari Poytaxtimiz va Xivada o‘tkaziladigan “Islom – tinchlik va ezgulik dini” mavzuidagi xalqaro anjumanda BMTning Inson huquqlari bo‘yicha vakillari, AYSЕSKO, IRSIKA kabi xalqaro islomiy tashkilotlar rahbarlari, Saudiya Arabistoni, Misr, Rossiya, Turkiya, Ozarbayjon va Markaziy Osiyo davlatlari muftiylari, Pokiston, Hindiston, AQSH va Yevropa davlatlarining nomdor ulamolari hamda tadqiqotchilari ishtirok etadilar.

Shuningdek, mazkur anjumanda bugungi murakkab davrda mintaqada tinchlik va barqarorlikni mustahkamlash bo‘yicha ma’ruzalar o‘qiladi, tajriba almashiladi va hamkorlik masalalari muhokama qilinadi. Yurtimiz yana bir katta anjumanga mezbonlik qilib, butun dunyoni yana bir bor tinchlik-xotirjamlik, ezgu amallar hamrohligida yashashga da’vat etadi.


Tinchlik so‘zi eshitgan har bir inson ko‘ngliga orom bag‘ishlaydi. Lekin hozir yer yuzidagi qanchadan-qancha insonlar tinchlikka zor yashamoqda. Turli mintaqalarida sodir bo‘layotgan urushlarda minglab begunoh insonlar qoni to‘kilmoqdaki, bunday achinarli holatlar tinch-osoyishta yurtda yashayotgan har bir kishini shukrga, ogohlikka, sergaklikka, tinchlikni qadrlashga undamoqda.


Payg‘ambarimiz Muhammad alayhissalom muborak hadislarida: «Ikki ne’mat borki, bu ikki ne’matdan ko‘p insonlar g‘aflatdadirlar: tani-sihatlik va tinchlik-xotirjamlikdir».


Hayotdagi barcha yutuqlar va go‘zal ne’matlar tinchlik tufayli qo‘lga kiritiladi. Ammo ko‘pchilik buni eslamaydi, parvo ham qilmaydi. O‘tmishda ikkinchi jahon urushi qatnashchilari yoki o‘sha vaqtda front ortining og‘ir kunlarini boshdan kechirgan keksalarimiz o‘sha vaqtlarni yodga olsalar “urushning nomi o‘chsin”, deydilar.


Ha, urushning nomi o‘chsin. Urush yoshu qari, erkagu ayol yoxud katta-kichik demaydi. Bugun sayyoramizning urush o‘chog‘iga aylangan joylarida yuz berayotgan qo‘poruvchiliklar, qonli to‘qnashuvlar, tobora kuchayib borayotgan nizo va ziddiyatlar, begunoh insonlarning qurbon bo‘layotgani barchani tashvishga solmasdan qo‘ymaydi.


Dinimizning ezgu shiori mujassam bo‘lgan “Islom – tinchlik va ezgulik dini” mavzuidagi xalqaro anjuman xalqimiz, mo‘min-musulmonlar, butun insoniyat uchun manfaatli bo‘ladi, deb umid qilamiz. 

Muhammadnabi ORIPOV,
Rishton tumani bosh imom-xatibi

MAQOLA
Boshqa maqolalar

Agar bolam tuzalib ketsa...

27.06.2025   5500   1 min.
Agar bolam tuzalib ketsa...

Savol: Farzandim davolanish uchun xorijga ketgan edi. Men agar bolam tuzalib kelsa, tilla taqinchoqlarimni sadaqa qilaman, deb nazr qilgan edim. Alhamdulillah, tuzalib keldi. Sadaqa qilaman, deb tursam, qaynonam, taqinchoqlaringiz toza tilladan, uni menga soting va pulini sadaqa qilaverasiz, deb talab qilmoqda. Nima qilsam, to‘g‘ri ish qilgan bo‘laman?


Javob: Bismillahir Rohmanir Rohiym. Mazhabimizda zakot, fitr sadaqasi, ushr va nazr kabi vojib sadaqalarda, ularning qiymatini berish mumkin. Shu bois siz ham tillangizning o‘zini yoki sotib, pulini sadaqa qilsangiz ham bo‘ladi. Faqat sotishda, bozordagi narxi e’tiborga olinadi. Undan kam narxga sotish mumkin emas.

Kam narxga sotsangiz, tafovutini o‘zingizdan qo‘shib sadaqa qilishingiz lozim bo‘ladi. Masalan, tilla taqinchoqlaringiz narxi nazrni ado qilish kunlarida bozorda 10 million so‘m bo‘lsa, lekin tanishim yoki yaqin insonim deb, 8 millionga sotsangiz, yoniga 2 million qo‘shib, sadaqa qilasiz va shu bilan nazringizdan qutilasiz. Vallohu a’lam.

 

O‘zbekiston musulmonlari idorasi
Fatvo markazi