Sayt test holatida ishlamoqda!
26 Avgust, 2026   |   13 Rabi`ul avval, 1448

Toshkent shahri
Tong
04:18
Quyosh
05:43
Peshin
12:25
Asr
17:09
Shom
19:10
Xufton
20:30
Bismillah
26 Avgust, 2026, 13 Rabi`ul avval, 1448

Diniy idora vakili xalqaro anjumanda ishtirok etmoqda

27.09.2024   17493   1 min.
Diniy idora vakili xalqaro anjumanda ishtirok etmoqda

Shu kunlarda Iordaniya poytaxti Amman shahrida Iordaniya vaqf va islom muqaddasotlari ishlari vazirligi tomonidan Islom dini tinchlik, bag‘rikenglik, mo‘tadillik ekani va uni har qanday zo‘ravonlik, kuch ishlatish, toqatsizlik kabilarga qarshi ekanini o‘z ichiga oluvchi «Amman risolasi» ning mohiyatiga bag‘ishlangan 45 ilmiy-amaliy seminar bo‘lib o‘tmoqda. 

Anjumanda Iordaniya vaqf vaziri Xoliliy, Iordaniyadagi Qirol Abdulloh II nomidagi da’vatchilar tayyorlash, malakasini oshirish instituti rektori doktor Abdussator, Iordaniya bosh muftiysi Ahmad Hasanot, Iordaniya qirollik huzuridagi Quddus ishlari qo‘mitasi a’zosi doktor Muhammad Sidr va boshqalar qatorida O‘zbekiston musulmonlari idorasi Fatvo markazi bosh mutaxassisi Sayyidjamol domla Masayitov o‘z ma’ruza va suhbatlari bilan ishtirok etmoqda. 

 

Diniy idora vakili xalqaro anjumanda ishtirok etmoqda Diniy idora vakili xalqaro anjumanda ishtirok etmoqda Diniy idora vakili xalqaro anjumanda ishtirok etmoqda Diniy idora vakili xalqaro anjumanda ishtirok etmoqda Diniy idora vakili xalqaro anjumanda ishtirok etmoqda
Boshqa maqolalar
Yangiliklar

HAMDARDLIK BILDIRAMIZ

17.08.2026   28901   1 min.
HAMDARDLIK BILDIRAMIZ

O‘zbekiston musulmonlari idorasi jamoasi Imom Termiziy xalqaro ilmiy-tadqiqot markazi xodimi Hikmatulloh domla Abiyevga padari buzrukvorining vafoti munosabati bilan ta’ziya bildiradi.

Alloh taolo marhumning barcha solih amallarini husni qabul aylasin, jannati Firdavsdan joy ato qilsin, rahmatiga olsin.

Marhumning ahli bayti va yaqinlariga go‘zal sabr, sabrlariga ajrlar ato etsin. Musibatlari o‘rnini yaxshiliklar ila to‘ldirsin.
Innaa lillaahi va innaa ilayhi roji’uun!

«Barchamiz Allohnikimiz va barchamiz U Zotga qaytamiz».

 

O‘zbekiston musulmonlari idorasi

O'zbekiston yangiliklari