Sayt test holatida ishlamoqda!
06 May, 2025   |   8 Zulqa`da, 1446

Toshkent shahri
Tong
03:43
Quyosh
05:14
Peshin
12:25
Asr
17:19
Shom
19:29
Xufton
20:54
Bismillah
06 May, 2025, 8 Zulqa`da, 1446
Yangiliklar

Dubay shahzodasi Hazrati Imom majmuasini ziyorat qildi

28.09.2024   13951   1 min.
Dubay shahzodasi Hazrati Imom majmuasini ziyorat qildi

Birlashgan Arab Amirliklari axborot agentligi WAM Dubay valiahd shahzodasi, Bosh vazir o‘rinbosari va mudofaa vaziri Shayx Hamdan bin Muhammad bin Roshid Ol Maktum boshchiligidagi delegatsiya yurtimizga rasmiy tashrifi doirasida Toshkentdagi Hazrati Imom majmuasiga borganini yoritdi. Bu haqda O‘zA xabar berdi. 
 

Mehmonlar ushbu me’moriy yodgorlik bilan tanisharkan, Imom Abu Bakr Muhammad ibn Ali Ismoil Qaffol Shoshiy qabri atrofida barpo etilgan majmua tarkibidagi Baroqxon madrasasi, Qaffol Shoshiy maqbarasi, Tillashayx masjidi, Mo‘yi Muborak madrasasi hamda O‘zbekiston musulmonlari idorasi haqida batafsil ma’lumotga ega bo‘lishdi.


Sayohati davomida Shayx Hamdan bin Muhammad bin Roshid Ol Maktum Usmon mus'hafi saqlanayotgan Mo‘yi muborak madrasasi muzeyidagi turli uslubda yozilgan Qur’oni karim nusxalari, nodir qo‘lyozmalardan tashqari, 20 mingga yaqin kitobdan iborat benazir to‘plamni o‘z ichiga olgan ulkan kutubxona bilan, shuningdek  barpo etilayotgan “Islom sivilizatsiyasi markazi” majmuasi bilan ham tanishdi.

O‘zbekiston musulmonlari idorasi
Matbuot xizmati

 

Dubay shahzodasi Hazrati Imom majmuasini ziyorat qildi Dubay shahzodasi Hazrati Imom majmuasini ziyorat qildi
O'zbekiston yangiliklari
Boshqa maqolalar
Yangiliklar

Bo‘sh qutining hikmati

06.05.2025   396   1 min.
Bo‘sh qutining hikmati

Uch yashar qizi uyni betartib qilib tashlagani uchun otasi unga qattiqroq tanbeh berdi. Ertasiga qizi otasiga bir quti hadya qildi. Otasi bo‘sh qutini ko‘rib, qizining bu ishini tushunolmadi va: “Bu nimasi, qizim, meni masxara qilyapsanmi?” dedi. Qizi esa: “Kecha meni urishgan paytingiz sizga aytishdan qo‘rqib shu qutini ochdim va ichiga sizni yaxshi ko‘rishimni aytib, og‘zini berkitib qo‘ydim. Bugun jahlingiz chiqmay turgani uchun olib kelib berdim”, dedi. Shunda ota xato yo‘l tutayotganini anglab yetdi. Qizini opichladi. Uning bundan naqadar xursand bo‘lgani ko‘z oldida qoldi. 
 

Oradan yillar o‘tsa-da, ishi yurishmasa yo kayfiyati bo‘lmasa o‘sha kunni eslab, bo‘sh qutini ochib qararkan, tashvishlarini unutdi.


Darhaqiqat, qiz farzand otasiga o‘g‘il farzanddan ham ko‘proq mehrli bo‘lishar ekan. Hadislarda bir qiz farzandni bo‘lsa-da, tarbiyalab o‘stirgan otaga jannat bashorati berilgani bejizmas ekan.


Alloh bergan bu ne’matlarning qadriga yetaylik. Zero, qancha odamlar, o‘g‘il bo‘lsin, qiz bo‘lsin – ko‘p yillar davomida farzand ne’matiga zor. 

Akbarshoh RASULOV

O'zbekiston yangiliklari