Mehmonlar ushbu me’moriy yodgorlik bilan tanisharkan, Imom Abu Bakr Muhammad ibn Ali Ismoil Qaffol Shoshiy qabri atrofida barpo etilgan majmua tarkibidagi Baroqxon madrasasi, Qaffol Shoshiy maqbarasi, Tillashayx masjidi, Mo‘yi Muborak madrasasi hamda O‘zbekiston musulmonlari idorasi haqida batafsil ma’lumotga ega bo‘lishdi.
Sayohati davomida Shayx Hamdan bin Muhammad bin Roshid Ol Maktum Usmon mus'hafi saqlanayotgan Mo‘yi muborak madrasasi muzeyidagi turli uslubda yozilgan Qur’oni karim nusxalari, nodir qo‘lyozmalardan tashqari, 20 mingga yaqin kitobdan iborat benazir to‘plamni o‘z ichiga olgan ulkan kutubxona bilan, shuningdek barpo etilayotgan “Islom sivilizatsiyasi markazi” majmuasi bilan ham tanishdi.
O‘zbekiston musulmonlari idorasi
Matbuot xizmati
Joriy yilning 6 may kuni Mir Arab o‘rta maxsus islom ta’lim muassasasida navbatdagi ma’rifiy uchrashuv tashkil etildi.
Unda Din ishlari bo‘yicha qo‘mita raisining birinchi o‘rinbosari D.Maxsudov tomonidan muassasa o‘qituvchilari, xodimlari hamda talabalariga "Fuqarolarning vijdon erkinligini ta’milash va diniy sohadagi davlat siyosati Konsepsiyasi"ning mazmun-mohiyatini ifoda etuvchi maxsus kurs mashg‘uloti o‘tib berildi.
Tadbir davomida Konsepsiyada mustahkamlangan vijdon erkinligi tamoyillari, diniy e’tiqod erkinligini ta’minlashga qaratilgan qonunchilik asoslari va fuqarolarning huquqiy madaniyatini oshirish masalalari keng yoritildi. Diniy-ma’rifiy sohadagi davlat siyosatining asosiy yo‘nalishlari, amalga oshirilayotgan islohotlar haqida batafsil ma’lumotlar berildi.
Manba: Din ishlari bo‘yicha qo‘mita Axborot xizmati