Sayt test holatida ishlamoqda!
01 Iyul, 2025   |   6 Muharram, 1447

Toshkent shahri
Tong
03:09
Quyosh
04:54
Peshin
12:32
Asr
17:41
Shom
20:04
Xufton
21:41
Bismillah
01 Iyul, 2025, 6 Muharram, 1447
Yangiliklar

Faol va tajribali imom-xatibga "Yurt iftixori" esdalik nishoni topshirildi

02.10.2024   6987   1 min.
Faol va tajribali imom-xatibga

"O‘qituvchi va murabbiylar kuni" arafasida Qo‘qon shahridagi "Amiriy" kutubxonasida Qo‘qon shahar bosh imom-xatibi Abdumajid domla Isaqovning "Bahrul-mahabba", "Zamzam suvining fazilatlati" va "Ahlingizni asrang, azizlar" kitoblari taqdimoti bo‘lib o‘tdi. Taqdimotda shahar hokimi Ma’rufjon Usmonov, O‘zbekiston musulmonlari idorasi Farg‘ona viloyati vakilligi bosh muhtasibi Iqboljon Ahmadaliyev va bir qator mutasaddilar ishtirok etib, o‘z fikr-mulohaza va tabriklarini izhor qildilar.

Taqdimotda so‘zga chiqqanlar tomonidan Abdumajid domlaning din va vatan rivoji yo‘lida amalga oshirayotgan samarali xizmatlari tilga olinib, xalqimizga tuhfa qilingan yangi nashrlar yoshlarni imon-e’tiqodli, vatanga sadoqat ruhida tarbiyalash, ayniqsa, yosh oilalar uchun "Ahlingizni asrang, azizlar" kitobi ayni vaqtida nashr etilganini e’tirof etdilar.

Tadbirda yakunida Abdumajid domla Isaqovga Mustaqil Davlatlar Hamdo‘stligi miqyosida tashkil etilgan "Yurt iftixori" esdalik nishoni topshirilib, ustozning kelgusi faoliyatlariga muvaffaqiyat tilandi. 

Farg‘ona viloyati vakilligi
Matbuot xizmati

Faol va tajribali imom-xatibga Faol va tajribali imom-xatibga Faol va tajribali imom-xatibga
O'zbekiston yangiliklari
Boshqa maqolalar

Agar bolam tuzalib ketsa...

27.06.2025   9393   1 min.
Agar bolam tuzalib ketsa...

Savol: Farzandim davolanish uchun xorijga ketgan edi. Men agar bolam tuzalib kelsa, tilla taqinchoqlarimni sadaqa qilaman, deb nazr qilgan edim. Alhamdulillah, tuzalib keldi. Sadaqa qilaman, deb tursam, qaynonam, taqinchoqlaringiz toza tilladan, uni menga soting va pulini sadaqa qilaverasiz, deb talab qilmoqda. Nima qilsam, to‘g‘ri ish qilgan bo‘laman?


Javob: Bismillahir Rohmanir Rohiym. Mazhabimizda zakot, fitr sadaqasi, ushr va nazr kabi vojib sadaqalarda, ularning qiymatini berish mumkin. Shu bois siz ham tillangizning o‘zini yoki sotib, pulini sadaqa qilsangiz ham bo‘ladi. Faqat sotishda, bozordagi narxi e’tiborga olinadi. Undan kam narxga sotish mumkin emas.

Kam narxga sotsangiz, tafovutini o‘zingizdan qo‘shib sadaqa qilishingiz lozim bo‘ladi. Masalan, tilla taqinchoqlaringiz narxi nazrni ado qilish kunlarida bozorda 10 million so‘m bo‘lsa, lekin tanishim yoki yaqin insonim deb, 8 millionga sotsangiz, yoniga 2 million qo‘shib, sadaqa qilasiz va shu bilan nazringizdan qutilasiz. Vallohu a’lam.

 

O‘zbekiston musulmonlari idorasi
Fatvo markazi