Sayt test holatida ishlamoqda!
16 Noyabr, 2026   |   6 Jumadul soni, 1448

Toshkent shahri
Tong
05:50
Quyosh
07:12
Peshin
12:13
Asr
15:22
Shom
17:06
Xufton
18:23
Bismillah
16 Noyabr, 2026, 6 Jumadul soni, 1448

Men sizdan afzalman

02.10.2024   7917   2 min.
Men sizdan afzalman

Bismillahir Rohmanir Rohiym

Semiz ayol avtobusga chiqqan edi, yo‘lovchilardan biri baqirib qoldi: “Men bu avtobusni fillarni tashish uchun maxsus ekanligini bilmabman”.

Ayol bosiqlik bilan javob berdi: “Adashdingiz janob, bu avtobus huddi Nuh alayhissalomning kemasi kabi, unga fil ham eshak ham minaveradi”.

 

Mashhur yozuvchi Bernard Shouga boshqa bir yozuvchi gap qotdi: “Siz mol-dunyo topish uchun yozasiz. Men esa, izzat va sharaf uchun yozaman. Shuning uchun men sizdan afzalman”.

Bernard Shou unga hozirjavoblik bilan dedi: “To‘g‘ri aytasiz, kimga nima yetishmasa o‘shani axtaradida”.

 

Johiliyat davri shoiri Bashor ibn Burdning ko‘zlari a’mo edi. Bir kuni unga bir kishi: “Alloh taolo bir odamni ko‘zini ko‘r qilgan bo‘lsa, unga boshqa narsani evaz qilib beradi. Sizga nimani evaz qilib bergan?” deb so‘radi istehzo ila. Bashor hozirjavoblik ila: “Senga o‘xshaganlarni ko‘rmasligimni evaz qilib berdi”, dedi.

 

Bir a’mo kishi uylandi. Unga xotini: “Agar meni ko‘rganingizda edi, naqadar oqbadan, naqadar go‘zalligimni ko‘rib taajjublangan bo‘lardingiz”, dedi. Shunda eri: “Agar aytganingdek bo‘lganingda edi, ko‘zi ochiqlar seni menga qoldirmagan bo‘lar edi”, debdi.

 

Qabih bir ayol bir kishiga qarab: “Agar sen meni erim bo‘lganingda qahvangga zahar solib bergan bo‘lar edim”, debdi. Erkak unga javoban: “Agar men sening ering bo‘lganimda o‘sha qahvani ichishga bir lahza ham taraddudlanmagan bo‘lar edim”, debdi.

 

Britaniya sobiq bosh vaziri Cherchill oriq Bernard Shouga qarab: “Sizni ko‘rgan odam Britaniyada oziq-ovqat taqchilligi muammosi bor ekan, deb o‘ylaydi”, debdi. Bernard Shou semiz Cherchillga javoban: “Sizni ko‘rgan odam esa, o‘sha muammoning sababini tushunib oladi”, debdi.

 

Bir kuni Juho bir qishloqqa borsa o‘sha qishloq aholisidan biri unga: “Ey Juho, men sizni mana bu eshagingizdan tanibman”, deb gap qotibdi. Zukko Juho unga javoban: “Ha, odatda eshak eshakni taniydida”, debdi.

 

Bir kishi bir ayolga qarab: “Eh naqadar go‘zalsiza!” debdi. Ayol erkakka: “Agar siz ham go‘zal bo‘lganingizda, sizga ham o‘shanday maqtov aytgan bo‘lar edim”, debdi. Shunda erkak: “Hechqisi yo‘q, menga o‘xshab yolg‘ondan aytavering”, debdi.

Homidjon domla ISHMATBЕKOV

Boshqa maqolalar
Yangiliklar

«Uchinchi Renessans chorrahasi»: Imom-xatiblar uchun ilm, tarix va ma’rifat muloqoti tashkil etildi

16.11.2026   9508   3 min.
«Uchinchi Renessans chorrahasi»: Imom-xatiblar uchun ilm, tarix va ma’rifat muloqoti tashkil etildi

O‘zbekistondagi Islom sivilizatsiyasi markazida Toshkent shahri va Navoiy viloyatidan tashrif buyurgan imom-xatiblar ishtirokida “Uchinchi Renessans chorrahasi” mavzusi doirasida ma’rifiy tadbir tashkil etildi, xabar bermoqda iccu.uz.

Tashrif avvalida ishtirokchilar uchun mahorat darsi o‘tkazildi. Unda diniy-ma’rifiy faoliyatda zamonaviy yondashuvlar, milliy va diniy qadriyatlarni targ‘ib etish, tarixiy merosni yosh avlodga yetkazish masalalariga e’tibor qaratildi. Shuningdek, mehmonlarga “Men” nomli hujjatli film namoyish etildi.

Shundan so‘ng imom-xatiblar Prezident Shavkat Mirziyoyev tashabbusi bilan barpo etilgan Markazning muzey ekspozitsiyalari bilan tanishdi. Ular yurtimiz hududida shakllangan qadimgi sivilizatsiyalar, islom ilm-fani taraqqiyoti, buyuk allomalar hayoti va ilmiy merosiga oid tarixiy manbalar, noyob eksponatlar hamda zamonaviy multimedia yechimlari bilan yaqindan tanishish imkoniga ega bo‘ldi. Ayniqsa, Qur’oni karim zalida saqlanayotgan Usmon mus'hafi va turli davrlarga oid nodir Qur’on nusxalari ishtirokchilarda katta taassurot qoldirdi.

Tashrifning muhim yo‘nalishlaridan biri Markazning ilmiy-tadqiqot va ma’rifiy faoliyati bilan tanishish bo‘ldi. Jumladan, mehmonlarga kutubxona faoliyati, uning fondidan o‘rin olgan ilmiy adabiyotlar, qo‘lyozmalar, elektron axborot resurslari hamda tadqiqotchilar uchun yaratilgan imkoniyatlar haqida batafsil ma’lumot berildi.

Shuningdek, Markazning ikkinchi qavatida joylashgan xalqaro ilmiy-ma’rifiy platforma faoliyatiga alohida e’tibor qaratildi. Ishtirokchilarga ushbu platformaning asosiy vazifasi — islom sivilizatsiyasi merosini xalqaro miqyosda o‘rganish va targ‘ib etish, jahonning nufuzli ilmiy muassasalari, tadqiqot markazlari, xalqaro tashkilotlar hamda olimlar o‘rtasida samarali hamkorlikni yo‘lga qo‘yish ekani tushuntirildi.

Mazkur platforma xalqaro ilmiy muloqotlar, konferensiyalar, davra suhbatlari va taqdimotlarni tashkil etish, qo‘shma tadqiqotlarni amalga oshirish, ilmiy tajriba almashish uchun zamonaviy maydon vazifasini bajaradi. U orqali Markazda jamlangan tarixiy manbalar va ilmiy izlanishlar natijalarini xalqaro ilmiy hamjamiyatga yetkazish, shuningdek, O‘zbekistonning boy ilmiy-ma’naviy merosini jahonda keng tanitish imkoniyatlari yaratilgan.

Shodlik Boynazarov, Xorazm viloyati Xiva tumanidagi Xon Ismoil Jo‘rjoniy masjidi imom-xatibi:

Bu yerda faqatgina muzey bilan cheklanib qolinmagan. Ilmiy yo‘nalishlar, diniy qadriyatlarimiz, islom dinining shakllanishidan bugungi kungacha bo‘lgan tarixi, buyuk ulamolarimiz hayoti va ularning asarlari bilan tanishish imkoniyati yaratilgan. Bunday markazning barpo etilishi yurtimiz kelajagi, ayniqsa, yosh avlod uchun katta ilmiy va ma’naviy meros hisoblanadi.

Jizzax viloyati Sharof Rashidov tumanidagi Qangli jome masjidi noib imomi esa Markazda yaratilgan zamonaviy imkoniyatlar, xususan, ekspozitsiyalar va ko‘p tilli axborot tizimining ahamiyatiga to‘xtaldi.

Uning ta’kidlashicha, Markaz orqali milliy qadriyatlar, diniy meros va buyuk allomalar hayoti haqida turli tillarda ma’lumot olish, ularni chuqur o‘rganish mumkin. Ayniqsa, Qur’oni karim zalidagi “Alaqa” surasi ilk oyatlaridan boshlanib, “Fotiha” surasi tilovati bilan davom etadigan taqdimot unda katta taassurot qoldirgan.

Normamat Ramazon, Navoiy viloyati Xatirchi tumanidagi “Abu Hanifa” jome masjidi imom-xatibi:

Ulamolarimizning hayoti va ilmiy merosi, qo‘lyozma kitoblar, shuningdek, Qur’oni karim zalidagi Usmon mus'hafi bilan tanishib, juda katta taassurot oldik. Bu yerda har bir tafsilotga alohida e’tibor qaratilgan. Yurtimizda bunday ilmiy-ma’rifiy markazlar tashkil etilayotgani biz, diniy soha vakillari uchun ham katta imkoniyat.

Ta’kidlash joizki, “Uchinchi Renessans chorrahasi” mavzusi doirasidagi bunday uchrashuv va ma’rifiy tashriflar diniy soha vakillarining tarixiy meros, islom ilm-fani va zamonaviy ilmiy tadqiqotlar haqidagi bilimlarini boyitish, shuningdek, milliy va diniy qadriyatlarni keng targ‘ib etishga xizmat qiladi.

O‘zbekiston musulmonlari idorasi Matbuot xizmati

O'zbekiston yangiliklari