Sayt test holatida ishlamoqda!
09 Avgust, 2025   |   15 Safar, 1447

Toshkent shahri
Tong
03:56
Quyosh
05:26
Peshin
12:34
Asr
17:26
Shom
19:34
Xufton
20:57
Bismillah
09 Avgust, 2025, 15 Safar, 1447
Yangiliklar

BUYUK HIKMAT SOHIBI MЕROSINI KЕNG TARG‘IB ETISH TURKIY XALQLAR BIRLIGIGA XIZMAT QILADI

03.10.2024   9791   2 min.
BUYUK HIKMAT SOHIBI MЕROSINI KЕNG TARG‘IB ETISH TURKIY XALQLAR BIRLIGIGA XIZMAT QILADI

Shu yilning 3 oktyabr kuni Ostona shahrida “Xoja Ahmad Yassaviy va uning ma’naviy merosi” nomli Turkiy davlatlar olimlarining xalqaro ilmiy-amaliy anjumani bo‘lib o‘tdi. Unda turkiy davlatlar muftiylari, din va davlat arboblari taniqli ulamolar, mutasavvif olimlar va diniy soha xodimlari qatnashdi. 

Anjuman avvalida Qozog‘iston Respublikasi parlamenti yuqori palatasi - Senat raisi Maulen Ashimbayev ushbu mamlakat Prezidenti Qasim-Jomart Toqayev janoblarining ishtirokchilarga tabrigini yetkazdi.

Nufuzli anjumanda Shayx Nuriddin Xoliqnazar hazratlari so‘zga chiqib, Xoja Ahmad Yassaviy turkiy xalqlarning ma’naviy kamolotiga, axloqiy poklanishi va ruhiy olami boyishi yo‘lida buyuk xizmatlar qilgani, uning ma’naviy merosi bugungi kunda ham ta’lim-tarbiya ishida keng foydalanilayotgani, Ahmad Yassaviy Buxoroi sharifda ta’lim olgani, Xoja Abdulxoliq G‘ijduvoniy kabilar bilan hamsuhbat bo‘lib, Yusuf Hamadoniyning shogirdi sanalishining ilmiy asoslarini keltirdilar. 

Shuningdek, Muftiy hazratlari sohibqiron Amir Temur Xoja Ahmad Yassaviy maqbarasini Turkiston shahrida qurdirgani turkiy xalqlar qadimdan bunyodkorlik ishlarida o‘zaro ittifoq bo‘lganiga dalolat qilishi, bugungi zamonimizda ham bir ezgu maqsad yo‘lida birlashish ana shunday asrlarga tatigulik xayrli ishlarga sabab bo‘lishini ta’kidladilar. 
Anjumanda so‘zga chiqqan olimlar Xoja Ahmad Yassaviy nafaqat Turk dunyosida, balki butun Islom olamida shuhrat qozongani, uning ta’limoti asrlar bo‘yi davom etib kelayotgani, u zot asos solgan Yassaviylik ta’limoti hamda asarlari uzoq yillardan buyon olimlar, tadqiqotchilarning diqqatini o‘ziga jalb qilib kelayotganini qayd etishdi. Shu bilan birga, Xoja Ahmad Yassaviyga mansub “Devoni hikmat” asari mazmun-mohiyati haqida so‘z yuritildi.

O‘zbekiston musulmonlari idorasi mas’ul xodimi Abdulhakim Oripov "Ahmad Yassaviy ta’limotining Qur’on va sunnatga mosligi" mavzusidagi ma’ruzasi bilan ishtirok etdi.

Xalqaro ilmiy-amaliy anjuman yakunida ishtirokchilarning murojaati e’lon qilindi. Unda Xoja Ahmad Yassaviy ezgu ta’limotlarini keng yoyish, komil inson bo‘lish uchun zarur sifatlarni yoshlar tarbiyasida qo‘llash, alloma merosini chuqur o‘rganish va tasavvuf rivojiga qo‘shgan hissasini targ‘ib etish kabi ishlarni yanada ommalashtirish lozimligi bayon etildi. 

O‘zbekiston musulmonlari idorasi Matbuot xizmati

BUYUK HIKMAT SOHIBI MЕROSINI KЕNG TARG‘IB ETISH TURKIY XALQLAR BIRLIGIGA XIZMAT QILADI BUYUK HIKMAT SOHIBI MЕROSINI KЕNG TARG‘IB ETISH TURKIY XALQLAR BIRLIGIGA XIZMAT QILADI BUYUK HIKMAT SOHIBI MЕROSINI KЕNG TARG‘IB ETISH TURKIY XALQLAR BIRLIGIGA XIZMAT QILADI BUYUK HIKMAT SOHIBI MЕROSINI KЕNG TARG‘IB ETISH TURKIY XALQLAR BIRLIGIGA XIZMAT QILADI BUYUK HIKMAT SOHIBI MЕROSINI KЕNG TARG‘IB ETISH TURKIY XALQLAR BIRLIGIGA XIZMAT QILADI BUYUK HIKMAT SOHIBI MЕROSINI KЕNG TARG‘IB ETISH TURKIY XALQLAR BIRLIGIGA XIZMAT QILADI BUYUK HIKMAT SOHIBI MЕROSINI KЕNG TARG‘IB ETISH TURKIY XALQLAR BIRLIGIGA XIZMAT QILADI BUYUK HIKMAT SOHIBI MЕROSINI KЕNG TARG‘IB ETISH TURKIY XALQLAR BIRLIGIGA XIZMAT QILADI BUYUK HIKMAT SOHIBI MЕROSINI KЕNG TARG‘IB ETISH TURKIY XALQLAR BIRLIGIGA XIZMAT QILADI
O'zbekiston yangiliklari
Boshqa maqolalar
Yangiliklar

Banu Unayf masjidi — Madinadagi tomsiz tarixiy bino

08.08.2025   8159   1 min.
Banu Unayf masjidi — Madinadagi tomsiz tarixiy bino

   Madina shahrida Payg‘ambarimiz Muhammad sollallohu alayhi va sallam bilan bog‘liq bo‘lgan bir necha o‘nta muqaddas joylar mavjud. Ulardan biri — Banu Unayf masjidi bo‘lib, u Kubo masjididan janubiy-g‘arbiy tomonga, al-U’sba mahallasiga 500 metrdan yaqinroq bo‘lgan masofada joylashgan. 
 

  IQNA axborot agentligi Saudiya Arabistonining “VAS” agentligiga tayanib xabar berishicha, ushbu tarixiy masjid o‘z nomini Kubo ahli bilan ittifoqchi bo‘lgan Bali qabilasining tarmog‘i — Banu Unayf qabilasi nomi bilan atagan.


   Ba’zi tarixchilar ushbu masjidni ”As-Subh” yoki “Al-Musabbah” nomlari bilan ham bilishadi. Masjid o‘zining asl va sodda me’morchiligi bilan tanilgan: u qora tusli vulqon toshlaridan qurilgan va uning tom qismi yo‘q. Masjid maydoni taxminan 37,5 kvadrat metrni tashkil qiladi.


Madina mintaqasini rivojlantirish boshqarmasi tomonidan Payg‘ambarimiz sollallohu alayhi va sallam bilan bog‘liq joylarni saqlash va Saudiya Arabistonidagi “Nigoh – 2030 dasturi” maqsadlariga muvofiq ravishda ushbu masjid kapital ta’mirdan chiqarildi.


Banu Unayf masjidi madaniy va diniy turizm loyihalariga kiritilgan bo‘lib, Madina mintaqasini rivojlantirish boshqarmasi uni amalga oshirishni nazorat qilmoqda. Bu esa ziyoratchilarni Madinadagi tarixiy va diniy joylar bilan tanishtirishga qaratilgan kompleks yondashuvning bir qismi sanaladi. 
 

Manbalar asosida
Ilyos Ahmedov
tayyorladi

Dunyo yangiliklari