frontend\widgets\header\Header: Attempt to read property "fajr" on null

TURKIY DAVLATLAR FATVO HAY’ATINING ILK YIG‘ILISHI SAMARALI O‘TDI

07.10.2024   13189   1 min.
TURKIY DAVLATLAR FATVO HAY’ATINING ILK YIG‘ILISHI SAMARALI O‘TDI

Shu kunlarda Qozog‘istonda bo‘lib o‘tayotgan Turkiy davlatlar muftiylari kengashining V yig‘ilishi doirasida mazkur tuzilma huzuridagi Fatvo hay’atining “Turkiy dunyo: fatvo berishning metodologiyasi va o‘ziga xos xususiyatlari” mavzusida I-xalqaro davra suhbati o‘tkazildi.

Ta’kidlash joizki, 2023 yil 25 noyabr kuni Toshkentda o‘tkazilgan Turkiy davlatlar muftiylari kengashining IV yig‘ilishida O‘zbekiston musulmonlari idorasi raisi, muftiy Shayx Nuriddin Xoliqnazar hazratlarining taklifigi binoan mazkur Fatvo hay’ati tuzilgan edi.

O‘tgan kuni o‘tkazilgan ushbu hay’atning ilk yig‘ilishi qizg‘in bahs-munozalarga boy bo‘lib, ulamolar va mutaxassislar o‘rtasida hamkorlikni mustahkamlash,  ularning o‘zaro tajriba almashishini tashkil etish, fatvo berish tartiblariga rioya etish, zamonaviy masalalar, dolzarb muammolarni hal etishda jamoaviy fatvolar ishlab chiqish kabi bir qator masalalar muhokama qilindi. 

Shuningdek, Turkiy davlatlar tashkiloti muftiylar kengashi huzuridagi Fatvo hay’ati yo‘riqnomasi va Islom dini shar’iy dalillarga zid bo‘lmagan urf-odatlarni e’tiborga olishi to‘g‘risidagi hujjatlar ko‘rib chiqildi.

Davra suhbatida O‘zbekiston musulmonlari idorasi huzuridagi Fatvo markazi faoliyati haqida ma’lumot berilib, ushbu markaz to‘g‘risida videolavha namoyish etildi. Shu bilan birga, markaz tomonidan nashr etilgan “Fatvolar to‘plami” kitobi taqdimot qilindi.

Turkiya, Ozarbayjon, Qozog‘iston va Qirg‘iziston vakillari O‘zbekistondagi mazkur yo‘nalishdagi ishlarga yuqori baho berdi, xususan, “Fatvolar to‘plami” kitobini turkiy tillarga tarjima qilish taklifi bildirildi.

Muloqot yakunida O‘zbekiston tomonining taklifiga binoan ushbu hay’at turkiy davlatlarda oila, nikoh va ajrim borasidagi muammoli masalalarni o‘rganib, jamoaviy fatvo ishlab chiqishga kelishib olindi. 

O‘zbekiston musulmonlari idorasi
Matbuot xizmati

TURKIY DAVLATLAR FATVO HAY’ATINING ILK YIG‘ILISHI SAMARALI O‘TDI TURKIY DAVLATLAR FATVO HAY’ATINING ILK YIG‘ILISHI SAMARALI O‘TDI TURKIY DAVLATLAR FATVO HAY’ATINING ILK YIG‘ILISHI SAMARALI O‘TDI TURKIY DAVLATLAR FATVO HAY’ATINING ILK YIG‘ILISHI SAMARALI O‘TDI TURKIY DAVLATLAR FATVO HAY’ATINING ILK YIG‘ILISHI SAMARALI O‘TDI TURKIY DAVLATLAR FATVO HAY’ATINING ILK YIG‘ILISHI SAMARALI O‘TDI TURKIY DAVLATLAR FATVO HAY’ATINING ILK YIG‘ILISHI SAMARALI O‘TDI TURKIY DAVLATLAR FATVO HAY’ATINING ILK YIG‘ILISHI SAMARALI O‘TDI TURKIY DAVLATLAR FATVO HAY’ATINING ILK YIG‘ILISHI SAMARALI O‘TDI
Boshqa maqolalar
Yangiliklar

Buxoroda Qur’on musobaqasi o‘tkazildi

17.08.2026   13761   1 min.
Buxoroda Qur’on musobaqasi o‘tkazildi

O‘zbekiston Respublikasi Davlat mustaqilligining 35 yilligi munosabati bilan Buxoro viloyatida faoliyat olib borayotgan imom-xatib va imom-noiblar o‘rtasida “Qur’on tinchlikka buyuradi” shiori ostida Qur’on musobaqasi o‘tkazildi.

Ochilish marosimida Buxoro viloyati bosh imom-xatibi Jobir domla Elov so‘zga chiqib, mazkur ma’rifiy tadbirning ahamiyati haqida so‘zlab, ishtirokchilarga muvaffaqiyat tiladi.

Musobaqani o‘tkazishdan ko‘zlangan maqsad diniy soha xodimlarining Qur’oni karim bo‘yicha bilim va mahoratini yanada oshirish, ular o‘rtasida o‘zaro hamjihatlik muhitini shakllantirishdir.

Bellashuvda viloyatning tuman va shaharlarida faoliyat yuritayotgan 10 nafar imom-xatib va imom-noib ishtirok etib, Qur’oni karimni o‘qish va yoddan bilish borasidagi bilim va mahoratini namoyish etishdi.

Birinchi o‘ringa Peshku tumani “Chiqirchi” jome masjidi imom-noibi Afzal Shavkatov sazovor bo‘ldi. Ikkinchi o‘rin Buxoro shahridagi “Volidi Abdulazizxon” jome masjidi imom-noibi Abduvohid Akramovga, uchinchi o‘rin Jondor tumani “Raboto‘g‘lon” jome masjidi imom-xatibi Shuhrat Sherovga nasib etdi.

G‘oliblarga diplom va qimmatbaho sovg‘alar topshirildi.

O‘zbekiston musulmonlari idorasi
Matbuot xizmati

Buxoroda Qur’on musobaqasi o‘tkazildi Buxoroda Qur’on musobaqasi o‘tkazildi Buxoroda Qur’on musobaqasi o‘tkazildi Buxoroda Qur’on musobaqasi o‘tkazildi
Yangiliklar