Sayt test holatida ishlamoqda!
01 Iyul, 2025   |   6 Muharram, 1447

Toshkent shahri
Tong
03:09
Quyosh
04:54
Peshin
12:32
Asr
17:41
Shom
20:04
Xufton
21:41
Bismillah
01 Iyul, 2025, 6 Muharram, 1447
Yangiliklar

Qozog‘iston bosh masjidi ziyorati va qardosh xalqlarga chiroyli mav’iza

07.10.2024   6667   1 min.
Qozog‘iston bosh masjidi ziyorati va qardosh xalqlarga chiroyli mav’iza

Qozog‘iston safari asnosida O‘zbekiston musulmonlari idorasi raisi, muftiy Shayx Nuriddin Xoliqnazar hazratlari bugungi juma namozini ado etish uchun qardosh muftiylar bilan birga Ostona shahridagi Qozog‘iston bosh masjidiga keldilar. Dastlab martabali mehmonlar mazkur mahobatli masjidda namozxonlarga yaratilgan sharoit va imkoniyatlar bilan yaqindan tanishdilar. 

Shundan so‘ng Qozog‘iston bosh muftiysi Navro‘zbay hoji muhtaram mehmonlarni namozxonlarga tanishtirib, Shayx Nuriddin Xoliqnazar hazratlariga so‘z berdi. 

O‘zbekiston muftiysi masjidga yig‘ilgan mo‘min-musulmonlarga o‘zlarining salom va iliq tilaklarini bildirgan holda, do‘stu birodarlik fazilati, tinchlik-osoyishtalik ne’mati haqida so‘z qildilar. Qozog‘iston mezbonligidagi Turkiy davlatlar muftiylari kengashi yig‘ilishi va uning doirasidagi tadbirlar yuqori saviyada muvaffaqiyatli o‘tgani, uchrashuv va hamkorlik aloqalari qardosh xalqlar do‘stligiga ulkan hissa qo‘shishini alohida qayd etdilar.

Juma namozi davomida qardosh davlatlar muftiylari minglab namozxonlardan iborat katta jamoat bilan Haq taolodan butun dunyoda tinchlik-osoyishtalik bo‘lishi, dindosh va qondosh xalqlarimiz ahlligi bardavom bo‘lishini so‘rab xayrli duolar qildilar.

O‘zbekiston musulmonlari idorasi
Matbuot xizmati

Qozog‘iston bosh masjidi ziyorati va qardosh xalqlarga chiroyli mav’iza Qozog‘iston bosh masjidi ziyorati va qardosh xalqlarga chiroyli mav’iza Qozog‘iston bosh masjidi ziyorati va qardosh xalqlarga chiroyli mav’iza Qozog‘iston bosh masjidi ziyorati va qardosh xalqlarga chiroyli mav’iza Qozog‘iston bosh masjidi ziyorati va qardosh xalqlarga chiroyli mav’iza Qozog‘iston bosh masjidi ziyorati va qardosh xalqlarga chiroyli mav’iza
O'zbekiston yangiliklari
Boshqa maqolalar

Namozim buzildimi?

27.06.2025   15206   1 min.
Namozim buzildimi?

Savol: Masjiddagi jamoatda ba’zan oldingi safdagi odamning kiyimi kalta bo‘lgani uchun sajdada orqasi qisman ochilib qoladi va bexosdan unga ko‘zimiz tushib qoladi. Shu holatda tahorat yoki namozimiz buzilmaydimi?


Javob: Bismillahir Rohmanir Rohiym. Ulamolar tahorat va namozni buzuvchi omillarni birma-bir sanaganlar. Ular ichida birovning avratiga ko‘z tushib qolish sababli buziladi, degan gap yo‘q. Birovning, xoh ayolning, xoh erkakning avratiga qarash sababli bavl yoki biror suyuqlik chiqmasa, tahorat sinmaydi. Ammo bu degani qarash, nazar solish mumkin ekan, deb tushunmaslik kerak. Chunki bunday ishlar aslo mumkin emas.

Bir narsani yodda tutish lozimki, namoz o‘qish uchun tayyorlanayotgan inson namoz o‘qish asnosida avratlari ochilib qolmasligining chorasini ko‘rishi kerak bo‘ladi. Chunki bir rukn (farz amali) miqdoricha avratining to‘rtdan biri ochilib tursa, uning namozi buziladi. Vallohu a’lam.

 

O‘zbekiston musulmonlari idorasi
Fatvo markazi