Sayt test holatida ishlamoqda!
18 Iyun, 2025   |   22 Zulhijja, 1446

Toshkent shahri
Tong
03:04
Quyosh
04:49
Peshin
12:29
Asr
17:40
Shom
20:02
Xufton
21:41
Bismillah
18 Iyun, 2025, 22 Zulhijja, 1446

Namangan viloyatida imomlar yig‘ilishi bo‘lib o‘tdi

08.10.2024   6966   1 min.
Namangan viloyatida imomlar yig‘ilishi bo‘lib o‘tdi

Kecha, 7 oktyabr kuni Namangan viloyati bosh imom-xatibi Musoxon domla Abbasiddinov boshchiligida viloyat vakilligi xodimlari, shahar va tumanlar bosh imom-xatiblari, shuningdek tajribali imom-xatiblar hamda  "Haj-2024" ziyoratchilaridan iborat tuzilgan ishchi guruhi a’zolari uchun  Namangan shahridagi “Maxdum eshon“ jome masjidida yig‘ilish o‘tkazildi.

Yig‘ilishda ishchi guruh a’zolari hamda mahallalarda ma’naviyat targ‘ibotchisi bo‘lgan hojilar bilan Namangan shahrida amalga oshiriladigan ishlar muhokama qilinib, tavsiya va ko‘rsatmalar berildi. 

Ishchi guruh faoliyatining asosiy yo‘nalishlari sifatida quyidagilar belgilandi:
birinchi yo‘nalish – imom-xatibning “Haj-2024” ziyoratchilarini ma’naviy-ma’rifiy tadbirlarga faol jalb etish; 
ikkinchi yo‘nalish – imom-xatibning masjidni boshqarish faoliyatini yaqindan o‘rganish, maslahat va ko‘mak berish;
uchinchi yo‘nalish – imom-xatib uchun namuna tarzida peshin namozi vaqtida masjidga kelganlarga dolzarb mavzuda ma’ruza qilib berish.

Ishchi guruh a’zolari yuqoridagi yo‘nalishlar bo‘yicha Namangan shahrida faoliyat olib bordi. Imom-xatiblar faoliyati samaradorligini oshirishga qaratilgan Ishchi guruh faoliyati viloyatning boshqa tumanlarida ham o‘tkazilishi rejalashtirilgan.

O‘zbekiston musulmonlari idorasi

Namangan viloyati vakilligining matbuot xizmati

Namangan viloyatida imomlar yig‘ilishi bo‘lib o‘tdi Namangan viloyatida imomlar yig‘ilishi bo‘lib o‘tdi Namangan viloyatida imomlar yig‘ilishi bo‘lib o‘tdi Namangan viloyatida imomlar yig‘ilishi bo‘lib o‘tdi
Boshqa maqolalar

Hajda tosh nima uchun otiladi?

02.06.2025   7434   1 min.
Hajda tosh nima uchun otiladi?

— Haj vaqtida ziyoratchilarimiz shaytonga tosh otishadi. Tosh nima uchun otiladi?

— Darhaqiqat, haj vaqtida qilinadigan amallardan biri bu – Minoda shaytonga tosh otishdir. Shayton hamma yerda ham bo‘lishi mumkin. Aynan hajda va ma’lum joylarda shaytonga tosh otish, shayton o‘sha vaqt va joylarda Ibrohim alayhissalomga qutqu solganda u zot uni tosh otib quvganlari uchundir. Bunda shaytonga qarshi kurashning ramzi bordir.

Shaytonga tosh otish, avvalo ichdagi shaytonni toshbo‘ron qilish ila boshlanadi. Rasululloh sollallohu alayhi vasallam bunday dedilar: “Shaytonga tosh otish va Safo bilan Marva orasida say’ qilmoq, faqat Allohning zikrini qoim qilmoq uchun amr qilingandir”.

Yana tosh otishdan maqsad, shaytonni yomon ko‘rishdir. Tosh otilar ekan, shayton qalbga vasvasa solganida “A’uzubillahi minashshaytonir rojim” (toshbo‘ron qilingan shaytonning yomonligidan Allohdan panoh so‘rayman) ifodasi bilan bartaraf etish lozim.

Mo‘minlar shaytonning har turli fasodlariga qarshi o‘yg‘oq bo‘lishga harakat qilishi zarur. Haj safari asnosida esa vasvasalarga yengilmaslik, sabr qilish va imtihon ekanini tushunib, haj ibodatini mukammal ado etishdir.

Ustoz Muhammad Ayyub Homidov