Sayt test holatida ishlamoqda!
02 Iyul, 2025   |   7 Muharram, 1447

Toshkent shahri
Tong
03:10
Quyosh
04:54
Peshin
12:32
Asr
17:42
Shom
20:04
Xufton
21:40
Bismillah
02 Iyul, 2025, 7 Muharram, 1447
Yangiliklar

150 ta oilaga moddiy va ma’naviy ko‘mak berildi (Fotolavha)

08.10.2024   8822   1 min.
150 ta oilaga moddiy va ma’naviy ko‘mak berildi (Fotolavha)

Toshkent shahar imom-xatiblari ishtirokida sayyor yig‘ilishlar, ma’rifiy tadbirlar, hojilar bilan birgalikda ma’naviyat targ‘iboti ishlari faol olib borilmoqda.

Shu yil 7 oktyabr kuni poytaxtimizning Shayxontohur tumanidagi “Shayx Zayniddin”  jome masjidida imom-xatiblar yig‘ilishi bo‘lib o‘tdi. Unda O‘zbekiston musulmonlari idorasi raisi o‘rinbosari Zayniddin domla Eshonqulov faoliyatni yanada rivojlantirish bo‘yicha tavsiyalar berish borasida amalga oshiriladigan amaliy ishlarni tushuntirdi.
 

Shundan so‘ng ishchi guruh a’zolari, imom-xatiblar, otinoyilar, faol hojilar birgalikda mahallalardagi ehtiyojmand, notinch xonadonlarga kirilib, ularning muammolari o‘rganilib, taklif, fikr-mulohazalari tinglandi. Natijada kun davomida 150 ta oilaga kirilib, ma’naviy-ma’rifiy targ‘ibot va amaliy yordam tadbirlarini olib bordi.
 

Xususan, notinch bo‘lib turgan 20 ta oilaga nasihat qilinib, arazlashganlarni yarashtirish choralari ko‘rildi. Shuningdek, 50 ga yaqin yot g‘oyalar va giyohvand moddalar ta’siriga tushib qolgan kishilar bilan suhbatlashilib, ularga to‘g‘ri yo‘l ko‘rsatildi.  Bundan tashqari, nogironligi bo‘lgan va bemor kishilar, kam ta’minlangan oilalar holidan xabar olinib, yaxshi so‘zlar bilan ularning ko‘ngli ko‘tarilib, dori darmon, oziq-ovqat, kiyim-kechaklar ulashildi, moddiy yordamlar ko‘rsatildi.
 

Mazkur xayrli ishlar poytaxtimizning boshqa tumanlarida ham davom etmoqda.

O‘zbekiston musulmonlari idorasi

Matbuot xizmati

150 ta oilaga moddiy va ma’naviy ko‘mak berildi (Fotolavha) 150 ta oilaga moddiy va ma’naviy ko‘mak berildi (Fotolavha) 150 ta oilaga moddiy va ma’naviy ko‘mak berildi (Fotolavha) 150 ta oilaga moddiy va ma’naviy ko‘mak berildi (Fotolavha) 150 ta oilaga moddiy va ma’naviy ko‘mak berildi (Fotolavha) 150 ta oilaga moddiy va ma’naviy ko‘mak berildi (Fotolavha) 150 ta oilaga moddiy va ma’naviy ko‘mak berildi (Fotolavha) 150 ta oilaga moddiy va ma’naviy ko‘mak berildi (Fotolavha) 150 ta oilaga moddiy va ma’naviy ko‘mak berildi (Fotolavha) 150 ta oilaga moddiy va ma’naviy ko‘mak berildi (Fotolavha) 150 ta oilaga moddiy va ma’naviy ko‘mak berildi (Fotolavha)
Jaholatga qarshi ma'rifat
Boshqa maqolalar

Buni shukr deb bo‘ladimi?

27.06.2025   7348   3 min.
Buni shukr deb bo‘ladimi?

Behisob pul va boyliklarni chekish-ichish, kayfu safo uchun sarf qilish – Allohga shukr qilishmi?!

Yoshlik davrini zino va harom ishlar bilan o‘tkazish – Allohga shukr qilishmi?!

Telefon orqali o‘zgalarga zarar yetkazish, har xil bo‘lmag‘ur ishlarda foydalanish – Allohga shukr bo‘ladimi?!

Yeguliklarni chiqindi qutisiga tashlash, uvolni bilmaslik – Allohga shukr qilishmi?!

Zakotni o‘z vaqtida ado etmaslik, sadaqadan tiyilish – Allohga shukr qilish deganimi?!

Internetda foydasiz narsalar uchun vaqt ajratish, vaqtni bekorga zoye qilish – Allohning bergan ne’matlariga shukr qilishmi?!

Axir Alloh taolo bizlarga shukr qilishni va U Zotning fazlini e’tirof qilishga buyurgan-ku: «Bas, Meni yod etingiz, (Men ham) sizlarni yod eturman. Menga shukr qilingiz, noshukrchilik qilmangiz!»[1].

Qolaversa, Alloh taolo shukr qiluvchilarni azoblamasligi xabarini ham bergan: «Agar shukr qilsangiz va iymon keltirsangiz, Alloh sizlarni nega azoblasin?! Alloh  shukrni qabul etguvchi va bilguvchi Zotdir»[2].

Shukr – Alloh taolo ato etgan ne’matlarning davomli bo‘lishining garovidir: «Yana Parvardigoringiz bildirgan (bu so‘zlar)ni eslangiz: “Qasamki, agar (bergan ne’matlarimga) shukr qilsangiz, albatta, (ularni yanada) ziyoda qilurman. Bordi-yu, noshukrchilik qilsangiz, albatta, azobim (ham) juda qattiqdir”»[3]. «...Agar shukr qilsangiz (va iymon keltirsangiz) U Zot sizlar uchun  rozi bo‘lur...»[4].

Bu dunyoda borligimizga shukr qilish – ota-onalarimizga yaxshilik qilishimizdadir. Zero, Rasululloh sollallohu alayhi vasallam: “Allohning roziligi – ota-onaning rizosidadir” [5], deganlar.

Qarindoshchilik munosabatlarini yo‘lga qo‘yish, ular bilan bordi-keldi qilish, uzilgan rishtalarni tiklash ham Alloh bizga qarindosh, yaqinlar bergani ne’matining shukridir. Nabiy alayhissalom bu borada: Rizqida kengchilik bo‘lishi, ajali ortga surilishi kimni xursand qilsa, qarindoshchilik aloqalarini bog‘lasin”, deganlar[6].

Sadaqa berish – Alloh bizni mol-dunyo bilan siylagani uchun shukr qilish demakdir. Sadaqa Alloh taoloning g‘azabini o‘chiradi. Nabiy alayhissalom: “Maxfiy qilingan sadaqa Yaratganning g‘azabini o‘chiradi. Qarindoshchilik aloqalarini bog‘lash  umrni uzaytiradi. Yaxshilik qilish yomon o‘lim topishdan asraydi”, [7] deganlar.


Hasson Shamsiy Poshoning
“Jannat bo‘stonidagi oilaviy oqshomlar” nomli kitobidan
G‘iyosiddin Habibulloh, Ilhom Ohund, Abdulbosit Abdulvohid tarjimasi.

 


[1]  Baqara surasi, 152-oyat.
[2]  Niso surasi, 147-oyat.
[3]  Ibrohim surasi, 7-oyat.
[4]  Zumar surasi, 7-oyat.
[5]  Ibn Hibbon rivoyati.
[6]  Imom Buxoriy rivoyati.
[7]  Imom Tabaroniy rivoyati.