Sayt test holatida ishlamoqda!
13 May, 2025   |   15 Zulqa`da, 1446

Toshkent shahri
Tong
03:32
Quyosh
05:06
Peshin
12:24
Asr
17:23
Shom
19:36
Xufton
21:04
Bismillah
13 May, 2025, 15 Zulqa`da, 1446
Yangiliklar

“Haj-2024” ziyoratchilari ma’naviy-ma’rifiy tadbirlarda ishtirok etdi

09.10.2024   5565   1 min.
“Haj-2024” ziyoratchilari ma’naviy-ma’rifiy tadbirlarda ishtirok etdi

Namangan viloyati bosh imom xatibi Musoxon domla Abbosiddinov va “Haj-2024” ziyoratchilari ma’naviy-ma’rifiy tadbirlarda ishtirok etdilar. Namangan shahar "Xazrati Langar" masjidi hududidagi mahallaning bir necha xonadonlariga kirib, u yerda yashayotganlardan hol-ahvol so‘raldi. Xonadondagi yoshlarni ta’lim tarbiyasi bilan tanishildi, ularning muammolari o‘rganildi, taklif fikr, mulohazalari tinglandi.

Shuningdek notinch bo‘lgan xonadonlarga tashrif buyurib ularga pand nasihat qildilar. O‘tkazilgan tadbir davomida kam ta’minlangan, nogiron va bemorlarni xolidan xabar olindi, mahallalarda namunaviy bo‘lgan oilalarga kirib keksalardan yurtimiz haqqiga duoi xayrlar olindi.

O‘zbekiston musulmonlari idorasi 
Namangan viloyati vakilligi 
Matbuot xizmati

“Haj-2024” ziyoratchilari ma’naviy-ma’rifiy tadbirlarda ishtirok etdi “Haj-2024” ziyoratchilari ma’naviy-ma’rifiy tadbirlarda ishtirok etdi “Haj-2024” ziyoratchilari ma’naviy-ma’rifiy tadbirlarda ishtirok etdi “Haj-2024” ziyoratchilari ma’naviy-ma’rifiy tadbirlarda ishtirok etdi “Haj-2024” ziyoratchilari ma’naviy-ma’rifiy tadbirlarda ishtirok etdi “Haj-2024” ziyoratchilari ma’naviy-ma’rifiy tadbirlarda ishtirok etdi “Haj-2024” ziyoratchilari ma’naviy-ma’rifiy tadbirlarda ishtirok etdi “Haj-2024” ziyoratchilari ma’naviy-ma’rifiy tadbirlarda ishtirok etdi “Haj-2024” ziyoratchilari ma’naviy-ma’rifiy tadbirlarda ishtirok etdi “Haj-2024” ziyoratchilari ma’naviy-ma’rifiy tadbirlarda ishtirok etdi “Haj-2024” ziyoratchilari ma’naviy-ma’rifiy tadbirlarda ishtirok etdi “Haj-2024” ziyoratchilari ma’naviy-ma’rifiy tadbirlarda ishtirok etdi “Haj-2024” ziyoratchilari ma’naviy-ma’rifiy tadbirlarda ishtirok etdi “Haj-2024” ziyoratchilari ma’naviy-ma’rifiy tadbirlarda ishtirok etdi “Haj-2024” ziyoratchilari ma’naviy-ma’rifiy tadbirlarda ishtirok etdi “Haj-2024” ziyoratchilari ma’naviy-ma’rifiy tadbirlarda ishtirok etdi “Haj-2024” ziyoratchilari ma’naviy-ma’rifiy tadbirlarda ishtirok etdi “Haj-2024” ziyoratchilari ma’naviy-ma’rifiy tadbirlarda ishtirok etdi “Haj-2024” ziyoratchilari ma’naviy-ma’rifiy tadbirlarda ishtirok etdi “Haj-2024” ziyoratchilari ma’naviy-ma’rifiy tadbirlarda ishtirok etdi “Haj-2024” ziyoratchilari ma’naviy-ma’rifiy tadbirlarda ishtirok etdi “Haj-2024” ziyoratchilari ma’naviy-ma’rifiy tadbirlarda ishtirok etdi “Haj-2024” ziyoratchilari ma’naviy-ma’rifiy tadbirlarda ishtirok etdi “Haj-2024” ziyoratchilari ma’naviy-ma’rifiy tadbirlarda ishtirok etdi “Haj-2024” ziyoratchilari ma’naviy-ma’rifiy tadbirlarda ishtirok etdi “Haj-2024” ziyoratchilari ma’naviy-ma’rifiy tadbirlarda ishtirok etdi “Haj-2024” ziyoratchilari ma’naviy-ma’rifiy tadbirlarda ishtirok etdi
O'zbekiston yangiliklari
Boshqa maqolalar

Er ayolining topgan pulini olishga haqqi bormi?

12.05.2025   2319   3 min.
Er ayolining topgan pulini olishga haqqi bormi?

Savol: Oilaliman, 2 nafar farzandim bor. Turmush o‘rtog‘im ehtiyojlarim, kasal bo‘lsam dori-darmonim uchun pul bermaydilar. Bolalarimizni ehtiyojlari uchun berib turadilar, xolos. O‘zim ishlayman, “ishlab topgan pulingni hammasini menga berishing kerak, chunki Xadicha onamiz ham hamma pullarini Rasulimiz alayhissalomga berganlar” deydilar doim. E’tiroz bildirsam, “menga itoatsizlik qilyapsan” deydilar.

Yaqinda shu masalada janjallashib qolganimizdan keyin pulimni yarmini olib, o‘zimda qolgan yarmini ro‘zg‘orga ishlatishimga majburlayaptilar. Bizning vaziyatimizga shariatda qanday izoh beriladi?


Javob: Bismillahir Rohmanir Rohiym. Alloh taolo oilada erkakni rahbar etib tayinlab, uning zimmasiga qo‘l ostidagilarning: ayoli va farzandlarining nafaqasini yuklab qo‘ygan. Ayolning topayotgan pulida na erning va na qaynonaning haqi bor, uni zulm qilib olib qo‘yishga mutlaqo haqi yo‘q. Agar o‘zi rozi bo‘lib bersa, olishi mumkin. Payg‘ambarimiz sollallohu alayhi vasallam bunday deganlar: “Musulmon kishining moli boshqaga halol emas, faqatgina o‘zi rozi bo‘lib, ko‘nglidan chiqarib bersagina, halol bo‘ladi” (Imom Ahmad rivoyati).

“Hech kim o‘zganing molini uning ruxsatisiz, vakilligisiz yoki vasiyligisiz tasarruf qila olmaydi. Agar shunday qilsa, to‘lab beradi” (“Sharhul majalla” kitobi).


Xadiyja roziyallohu anho onamiz butun molu jonini Sarvari olam bo‘lgan turmush o‘rtoqlariga in’om etganlar, ya’ni o‘z ixtiyorlari bilan berganlar. Payg‘ambarimiz alayhissalom tortib yoki talab qilib olib qo‘ymaganlar. Nafaqat Xadiyja onamiz, balki u zotning atrofidagi barcha sahobalar u zotni jonlaridan ortiq yaxshi ko‘rganlar va borini berishga shay turganlar.

Shariatimiz har bir shaxsga moliyaviy mustaqillik bergan. Er topgan pulini o‘zi istaganday sarflashi va bunga na ayoli va na boshqa odamlar to‘sqinlik qilishga haqi yo‘q bo‘lgani kabi, ayolning ham shaxsiy mablag‘idagi tasarrufi o‘z qo‘lida bo‘ladi. Faqatgina foyda-zararni bilmaydigan aqli zaif toifalargina bundan mustasno. Ularning tasarrufini valiylari olib boradi.

Shunga ko‘ra, ayol kishining topgan mablag‘ini olib qo‘yishga, egalik qilishga hech kimning haqi yo‘q.


Ammo yuqoridagi gaplardan ayol topganini hech kimga bermasligi, faqat o‘zi ishlatishi kerak ekan, degan xulosa chiqmaydi. O‘z ixtiyori bilan eriga, farzandlariga yoki boshqalarga hadya qilishi mumkin va bu uchun albatta, ajr oladi.

Abdulloh ibn Mas’ud roziyallohu anhuning ayollari Rasululloh sollallohu alayhi vasallam huzurlariga kelib: “Erimga sadaqa qilsam bo‘ladimi?” – deb so‘ragan va u zot alayhissalom: “Ha”, deb javob berganlar. Ya’ni sahobiya ayollar erlariga sadaqa, hadya qilib turganlar. Payg‘ambarimiz sollallohu alayhi vasallam bejizga: “O‘zaro hadyalashinglar, o‘rtada muhabbat paydo bo‘ladi”, deb aytmaganlar.

Xulosa o‘rnida aytish mumkinki, oila er-xotin o‘zaro bir-birlarini tushunishlari, hurmat qilishlari va o‘z burchlarini muhabbat bilan ado etishlari lozim. Ana shunda oilaviy hayot saodatli davom etadi. Vallohu a’lam.

 

O‘zbekiston musulmonlari idorasi
Fatvo markazi.