Sayt test holatida ishlamoqda!
10 Iyul, 2025   |   15 Muharram, 1447

Toshkent shahri
Tong
03:17
Quyosh
04:59
Peshin
12:33
Asr
17:41
Shom
20:02
Xufton
21:36
Bismillah
10 Iyul, 2025, 15 Muharram, 1447
Yangiliklar

"Biz giyohvandlikka qarshimiz" shiori ostida o‘tkazilayotgan targ‘ibot tadbirlarida imom-xatiblar faol ishtirok etmoqda

10.10.2024   9048   1 min.

Keyingi asrlarda butun kurrai zaminga keng tarqalgan bir illat bugungi kunda hammamizga tashvish bo‘lmoqda. Bu illat — giyohvandlik.
 
Inson uchun eng bebaho boylik — bu sog‘lik-salomatlikdir. Uni asrash esa har birimizga omonat qilib berilgan. Islom dinida ham inson joni, aqli va sihat-salomatligini saqlash, muhofaza etish eng muhim maqsadlardan bo‘lib hisoblanadi.

Giyohvand moddalarni iste’mol qilish inson kamolotiga, imon-e’tiqodiga xavf xatar solish bilan bir qatorda mustaqil mamlakatimiz rivojlanishi va taraqqiyotiga ham o‘ta salbiy ta’sir ko‘rsatadi.

Giyohvandlik nafaqat bu illat bilan shug‘ullanuvchilarga, balki butun jamiyatga tahdid soladi.  Farg‘ona viloyatida "Dolzarb oylik" doirasida "Biz giyohvandlikka qarshimiz" shiori ostida targ‘ibot tadbirlari o‘tkazilmoqda. Hududlar bo‘ylab o‘tkazilayotgan shu kabi tadbirlarda imom-xatiblar faol qatnashib, dinimiz ta’limotlarida inson salomatligiga e’tibor, giyohvandlik illatining zarari va keltirib chiqarishi mumkin bo‘lgan oqibatlari xususida aholiga, xususan, yosh avlod vakillariga keng tarzda tushuncha berishmoqda.

Milliy gvardiyaning viloyat boshqarmasida bo‘lib o‘tgan targ‘ibot tadbirida "Xo‘jamberdiboy" masjidi imom-xatibi Husniddin Tursunzoda, Buvayda tumanidagi tadbirda tuman bosh imom-xatibi Ahmadxon domla Nizomov, Qo‘shtepa tumani Kadastr agentligi hamda "Hududgaz"ning tuman bo‘limida o‘tkazilgan tadbirda tuman bosh imom-xatibi Abduxoshim Ahmadaliyevlar ishtirok etdi. 

O‘tkazilayotgan targ‘ibot tadbirlaridan asosiy maqsad, asr muammosi va unga qarshi ko‘rilayotgan choralarni jadallashtirish, aholi, ayniqsa, yoshlarni bunday illatlarga berilib qolishining oldini olishdan iboratdir.

Joylarda bu kabi tadbirlar davom etmoqda.

Farg‘ona viloyati vakilligi Matbuot xizmati

Boshqa maqolalar

Chumoli saqlagan don mo‘jizasi

07.07.2025   4034   1 min.
Chumoli saqlagan don mo‘jizasi

Nima uchun chumoli yer ostiga to‘plab qo‘ygan donlar yerdan o‘sib chiqmaydi?!

Olimlar tadqiqot olib borishlaricha, chumoli o‘ziga kerakli bo‘lgan don va urug‘larni yer ostiga to‘plab, jamg‘arganidan keyin uni ikkiga bo‘lib qo‘yadi. Chunki don va urug‘lik ikkiga bo‘lib qo‘yilsa, har qancha yer unumdor bo‘lmasin, u o‘sib chiqmaydi.

Lekin chumoli kashnich donini to‘rt bo‘lakka bo‘lganini ko‘rgach, olimlar taajjubga tushishdi. 

Bu xususda kerakli tadqiqot olib borgach, quyidagi narsani kashf qildilar. Kashnich doni agar ikkiga bo‘linsa ham o‘sib chiqaverar ekan.

Lekin to‘rt bo‘lakka bo‘linsa o‘sib chiqmas ekan. Chumoliga bu narsani ta’lim bergan Alloh har qanday ayb nuqsonlardan pokdir.

"Parvardigorimiz barcha narsaga o‘z xilqati (shakli)ni ato etib, so‘ngra (uni) to‘g‘ri yo‘lga solib qo‘ygan Zotdir" (Toha surasi, 50-oyat).