Sayt test holatida ishlamoqda!
16 Noyabr, 2026   |   6 Jumadul soni, 1448

Toshkent shahri
Tong
05:50
Quyosh
07:12
Peshin
12:13
Asr
15:22
Shom
17:06
Xufton
18:23
Bismillah
16 Noyabr, 2026, 6 Jumadul soni, 1448

Doktor Muhyiddin Muhammad Avvoma

10.10.2024   13208   3 min.
Doktor Muhyiddin Muhammad Avvoma

Bismillahir Rohmanir Rohiym

Doktor Muhyiddin Avvoma 1976 yili Halab shahrida tavallud topgan. Otasi shayx Muhammad Avvoma bilan Madinai munavvaraga kelganida uch yoshda bo‘lgan. So‘ng Madinani vatan tutib, barcha ta’lim bosqichlarini o‘sha yerda tahsil olgan.

12 yoshida Qur’onni to‘liq yod olib, oliy sanad bilan ijozaga ega bo‘lgan.

Muhyiddin Avvoma hadis, fiqh va usulul fiqh bo‘yicha 3 ta fan doktori unvoniga ega.

Ilmda otasining yo‘lidan yurib, avvalo, qadimiy uslub – Qur’oni karimni yodlash, Payg‘ambarimiz alayhissalomning muborak sunnatlarini o‘rganish va amal qilish uslubida, so‘ng zamonaviy akademik uslubda davom ettirib, davrining yetuk ustoz va olimlaridan aqida, fiqh, usulul fiqh, hadis va arab tili kabi fanlardan mukammal ta’lim oldi.

Olim qator ilmiy muassasalar raisi, ta’sischisi va a’zosi hisoblanadi. Jumladan, “Insoniyatga xizmat islomiy ilmiy konferensiya”si raisi, “Imom Muhammad Qosim Nanutaviy xalqaro islomiy mukofoti” tashkiloti ta’sischisi va bosh kotibi, Malayziyada eng yuqori ilmiy unvon – Malayziya Islom universiteti ilm kursi ustozi maqomi bo‘yicha padari buzrukvori Muhammad Avvomaning noibi.

Xalqaro Islom fiqhi akademiyasi nashrga tayyorlanayotgan fiqhiy qoidalar ensiklopediyasidagi hadis va xabarlarning taxriji va tahqiqini ham doktor Muhyiddinga topshirgan.

Malayziya Islom universiteti qoshidagi xalqaro fatvo va ilmiy tadqiqotlar kengashining sobiq a’zosi.

Turkiyaning Ibn Xaldun universiteti hadis va hadis ilmlari ustozi.

“Avvomiya” hadis markazi ta’sischisi va raisi. Bu markazning dunyoning 17 mamlakatida sho‘balari bo‘lib, hadisi shariflarni o‘rganish bo‘yicha mutaxassislar tayyorlash bilan shug‘ullanadi.

Islomiy ilm va tadqiqotlarga ixtisoslashgan Istanbul “Dorul hadis” vaqfi raisi va ta’sischisi.

Aqida, tafsir, hadis, mustalah, fiqh, usul, nahv, she’r, tarix va tarojim kabi fanlarga doir qator kitoblar va risolalar muallifi. Ba’zi kitob va risolalari qator ta’lim muassasalarida darslik o‘laroq o‘quv rejasiga kiritilgan.

Otasi shayx Muhammad Avvomadan 35 yildan buyon fiqh, aqida, usul, hadis kabi ilmlarni olib keladi va u kishining ko‘rsatmasiga binoan qator manhajiy kitoblar bilan tanishib chiqqan. Otasining qo‘lida tahqiq va qo‘lyozmalarni o‘rganish bo‘yicha uzoq yillar davomida malaka hosil qilgan. Ibn Abu Shaybaning “Musannaf” kitobini tayyorlashda otasi Muhammad Avvomaning asosiy yordamchisi bo‘lgan va shundan keyin amalga oshirilgan barcha ilmiy loyihalarda ishtirok etgan. Bugungi kunda otasi bilan doimo birga bo‘lib, u kishining ilmlarini targ‘ib etish va tarqatish ishlarini davom ettirmoqda.

O‘zbekiston musulmonlari idorasi
Matbuot xizmati

Boshqa maqolalar
Yangiliklar

Yurtimiz bo‘ylab “Bag‘rikenglik haftaligi” tadbirlari o‘tkaziladi

16.11.2026   74   1 min.
Yurtimiz bo‘ylab “Bag‘rikenglik haftaligi” tadbirlari o‘tkaziladi

Din ishlari bo‘yicha qo‘mita, Millatlararo munosabatlar va xorijdagi vatandoshlar masalalari bo‘yicha qo‘mitasi hamda qator vazirlik va idoralar hamkorligida 16 noyabr – Xalqaro bag‘rikenglik kuni munosabati bilan joriy yilning 16-21 noyabr kunlari respublikaning barcha hududida “Bag‘rikenglik haftaligi” o‘tkaziladi.

Haftalikni o‘tkazishdan ko‘zlangan maqsad – mamlakatimizda millatlararo totuvlik, dinlararo hamjihatlik va bag‘rikenglik muhitini yanada mustahkamlash, fuqarolar o‘rtasida o‘zaro hurmat va birdamlik fazilatlarini targ‘ib etishdan iborat.

Haftalik doirasida viloyatlar, Qoraqalpog‘iston Respublikasi va Toshkent shahridagi nufuzli tomosha maydonlari, so‘lim hiyobonlar va bog‘larda turli madaniy, ilmiy-amaliy va ma’rifiy tadbirlar, “O‘zbekiston – bag‘rikeng diyor” shiori ostida konsert dasturlari, foto ko‘rgazmalar, qardosh xalqlar yozuvchi-shoir va rassomlarining badiiy asarlari taqdimoti, turli ekskursiyalar, sport o‘yinlari, intellektual va boshqa turdagi musobaqalar o‘tkaziladi.

Barcha yurtdoshlarimizni bag‘rikenglik, hamjihatlik va totuvlik bayramini birgalikda nishonlashga chorlaymiz!

HD formatda ko‘rish uchun: https://youtu.be/hNea_UuqXUM?si=XqWGeXQ-I0wSoJ_E

Din ishlari bo‘yicha qo‘mita Axborot xizmati

O'zbekiston yangiliklari