Joriy yil 17-18 oktyabr kunlari Termiz shahrida “Imom Termiziy ilmiy merosining islom sivilizatsiyasida tutgan o‘rni” mavzusida nufuzli xalqaro ilmiy anjuman o‘tkaziladi.
Anjuman ishida Turkiya, Qatar, Misr, Birlashgan Arab Amirliklari, Hindiston, Qirg‘iziston kabi dunyoning 10 ga yaqin mamlakatlaridan 50 dan ortiq nufuzli xalqaro tashkilot rahbarlari, din arboblari, muftiylar va taniqli ulamolar ishtirok etadi.
Muhim masalalarning asl mohiyatini ochib berishga qaratilgan anjuman 17 oktyabr kuni Imom Termiziy xalqaro ilmiy-tadqiqot markazining anjumanlar zalida o‘z ishini boshlaydi.
Anjuman 4 ta sho‘baga bo‘lingan holda o‘tkaziladi.
Anjumanning ikkinchi kun ishtirokchilar Imom Termiziy va Hakim Termiziy ziyoratgohlariga hamda Surxondaryo viloyatining diqqatga sazovor qadamjolariga tashrifi ko‘zda tutilgan.
Saudiya Arabistoni Podshohligi Islom ishlari, da’vat va irshod vazirligi tomonidan 45-xalqaro Qur’on musobaqasi o‘tkazilmoqda.
Mazkur musobaqada O‘zbekiston nomidan Shukurbek qori Shuxratbekov va Dostonbek qori Sodiqov qatnashmoqda.
Ma’lumot o‘rnida Shukurbek Shuxratbekov “Ko‘kaldosh” o‘rta maxsus islom ta’lim muassasasining 3-kurs, Dostonbek Sodiqov “Sayyid Muhiyiddin maxdum” o‘rta maxsus islom bilim yurtining 1-kurs talabasi sanaladi.
Alloh taolo ikki hamyurt qorimizni yuzlarini yorug‘ qilib, muvaffaqiyat va zafar ato etsin!
O‘zbekiston musulmonlari idorasi
Matbuot xizmati