frontend\widgets\header\Header: Attempt to read property "fajr" on null
Yangiliklar

Xalqaro konferensiya uchun barcha sharoitlar muhayyo qilindi

15.10.2024   5575   1 min.
Xalqaro konferensiya uchun barcha sharoitlar muhayyo qilindi

Shu yilning 15-16 oktyabr kunlari yurtimizda bo‘lib o‘tadigan “Islom – tinchlik va ezgulik dini” mavzuidagi xalqaro konferensiyaga tayyorgarlik ishlari nihoyasiga yetdi.

Ushbu xalqaro konferensiyaga bir necha hamkor tashkilotlar tomonidan qizg‘in tayyorgarlik ko‘rilib, anjuman ishi uchun barcha sharoitlar hozirlandi. Darvoqe, asosiy muloqot maydoni bo‘lgan poytaxtimizdagi “Hilton” majmuasining anjumanlar zali xalqaro konferensiya o‘tkazish uchun shay qilib qo‘yildi.
Konferensiya ishtirokchilarini kutib olish, mehmonxonalarni joylashtirish, ularni xalqaro anjumanga oil axborotlar bilan ta’minlash, shuningdek, mehmonlarni poytaxtimiz va Xorazm viloyatining diqqatga sazovor manzillari bilan tanishtirish kabi tashkiliy ishlarga alohida e’tibor qaratildi. 

Martabali mehmonlar uchun so‘nggi yillarda yurtimizda amalga oshirilgan diniy-ma’rifiy o‘zgarishlar haqida o‘zbek, ingliz, rus va arab tillarida risola, anjumanning mazmun mohiyati to‘g‘risida buklet va esdalik sovg‘alari tayyorlandi. 

Ayni kunlarda mazkur konferensiya haqida matbuot va ommaviy axborot vositalarida hamda ijtimoiy tarmoqlarda muntazam chiqishlar tashkil qilinyapti. 

Bu kabi sa’y-harakatlar yurtimizga mehmon bo‘lib kelgan turli mamlakatlar vakillarida yorqin taassurot qoldiradi.

 O‘zbekiston musulmonlari idorasi Matbuot xizmati

Xalqaro konferensiya uchun barcha sharoitlar muhayyo qilindi Xalqaro konferensiya uchun barcha sharoitlar muhayyo qilindi Xalqaro konferensiya uchun barcha sharoitlar muhayyo qilindi Xalqaro konferensiya uchun barcha sharoitlar muhayyo qilindi Xalqaro konferensiya uchun barcha sharoitlar muhayyo qilindi Xalqaro konferensiya uchun barcha sharoitlar muhayyo qilindi Xalqaro konferensiya uchun barcha sharoitlar muhayyo qilindi
O'zbekiston yangiliklari
Boshqa maqolalar
Maqolalar

“Guruhbozlik qilmang!”

26.06.2025   4318   1 min.
“Guruhbozlik qilmang!”

Sabrsizlik musulmonlar orasida turli ixtiloflar, urush-janjallar kelib chiqishiga sabab bo‘ladi. Alloh Taolo sabr qiluvchilar bilan bo‘ladi. Ularni turli yomonliklardan asraydi. Sabr qilmay, chidamsiz bo‘lganlar esa, ixtilof girdobiga duchor bo‘ladilar.

Oyati karimaning oxirida Alloh taolo: “Va sabr qiling. Albatta, Alloh sabr qiluvchilar bilandir”, deb marhamat qilgan.

Shuningdek, Alloh taolo “Rum” surasi 31-32 oyatlarda mo‘min-musulmonlarga quyidagi xitobni qiladi: “...Va mushriklardan bo‘lmang. Dinlarida tafriqaga tushgan, guruh-guruh bo‘lib olib, har bir jamoa o‘z oldidagi narsadan shod bo‘lganlardan bo‘lmang”.

Demak, dinda tafriqaga tushish mushriklarning ishi bo‘lib tanilgan ekan. Guruh-guruh bo‘lib olib, ixtilof chiqarish, talashib-tortishish ham mushriklarning ishi ekan. Har bir jamoa o‘z oldidagi narsadan shod bo‘lib, boshqalarni past sanashi ham mushriklarning ishi ekan.

Alloh taolo “An’om” surasi 109-oyatda Payg‘ambarimiz sollallohu alayhi vasallamga xitob qilib: “Dinlarini tafriqa qilib, o‘zlari guruhbozlik qilganlar bilan hech bir aloqang yo‘q. Albatta, ularning ishi Allohning O‘ziga havola. So‘ngra qilgan ishlarining xabarini berur”, degan.

Ushbu oyati karimada Alloh taolo tafriqa va guruhbozlikka olib boradigan nizo hamda ixtiloflarni Payg‘ambarimiz sollallohu alayhi vasallamning yo‘llaridan boshqa, ul hidoyat yo‘liga teskari yo‘l hisoblamoqda. Alloh taolo bu oyatda tafriqa va guruhbozlik Payg‘ambarimizning ummatlariga munosib emasligini qattiq ta’kidlamoqda.

Alloh taolo “Oli Imron” surasida siz bilan biz musulmonlarga xitob qilib: “O‘zlariga ochiq bayonotlar kelganidan keyin bo‘linib, tafriqaga tushganlarga o‘xshash bo‘lmanglar! Ana o‘shalarga ulug‘ azob bordir”, degan.

Tafriqaga tushib bir-birimiz ila tortishish nizolar urchib, fayzu baraka ko‘tarilishiga sabab bo‘ladi.

Yangiqo‘rg‘on tumani "Sayid bobo Termiziy" jome masjidi

imom-xatibi Abduvali Mahmudxonov

@SOFTALIMOTLAR

MAQOLA