Sayt test holatida ishlamoqda!
19 Avgust, 2025   |   25 Safar, 1447

Toshkent shahri
Tong
04:10
Quyosh
05:36
Peshin
12:32
Asr
17:16
Shom
19:20
Xufton
20:40
Bismillah
19 Avgust, 2025, 25 Safar, 1447
Videolar

Saloh Muhammad Abulhaj:Asli iordaniyalik bo‘lsam ham O‘zbekistonni birinchi Vatanim deb hisoblayman. Chunki bu aziz diyordan yetishib chiqqan buyuk allomalar menga ma’naviy ota-ona kabidirlar

15.10.2024   4052   1 min.
Saloh Muhammad Abulhaj:Asli iordaniyalik bo‘lsam ham O‘zbekistonni birinchi Vatanim deb hisoblayman. Chunki bu aziz diyordan yetishib chiqqan buyuk allomalar menga ma’naviy ota-ona kabidirlar

Your browser doesn't support video.
Please download the file: video/mp4

 

Videolavhalar
Boshqa maqolalar

Hamdardlik bildiramiz

16.08.2025   11469   1 min.
Hamdardlik bildiramiz

O‘zbekiston musulmonlari idorasi jamoasi Toshkent shahridagi "To‘ra Buva" jome masjidi imom-xatibi Umidjon domla Sodiqovning otalari Anvar hoji otaning vafoti munosabati bilan u kishining yaqinlariga chuqur ta’ziya izhor etadi.

Oxirat safariga kuzatilgan otaxon el koriga yaraydigan, dinu diyonat yo‘lida xizmat qiladigan farzand va nevaralarni o‘stirdilar, chiroyli tarbiya qildilar.

Alloh taolo marhum otaxonning barcha solih amallarini o‘zlariga hamroh aylab, O‘z mag‘firatiga olsin. Haq taolo marhum otaxonning yaqinlari, farzandu arjumandlariga chiroyli sabr berib, bu musibatlariga ajru mukofotlar ato etsin.

O‘zbekiston musulmonlari idorasi jamoasi, ulamolari, imom-domlalari va o‘qituvchi-mudarrislari nomidan Umidjon domla Sodiqovga, u kishining oila a’zolari, yor-birodarlari, yaqinlariga hamdardlik bildiramiz.

Innaa lillaahi va innaa ilayhi roji’uun.

«Musibat yetganda «Albatta, biz Allohnikimiz va albatta, biz Unga qaytuvchimiz», degan sabrlilarga xushxabar bering».

O‘zbekiston musulmonlari idorasi