Sayt test holatida ishlamoqda!
13 Oktabr, 2026   |   2 Jumadul avval, 1448

Toshkent shahri
Tong
05:14
Quyosh
06:32
Peshin
12:09
Asr
16:02
Shom
17:50
Xufton
19:04
Bismillah
13 Oktabr, 2026, 2 Jumadul avval, 1448

Mahmud Misriy e’tirofi

15.10.2024   22740   1 min.
Mahmud Misriy e’tirofi

­– 15-16-oktabr kunlari Oʻzbekistonning goʻzal va qadimiy Toshkent va Xiva shaharlarida “Islom – tinchlik va ezgulik dini” nomli xalqaro konferensiya oʻtkazilmoqda. Mazkur nufuzli anjumanda ishtirok etayotganimdan benihoya shodman.

Konferensiya doirasida Oʻzbekiston xalqaro islom akademiyasida muassasa vakillari bilan muloqot olib bordik. Bu yerda “Qoʻlyozmalarni tadqiq qilishning nazariy asoslari” nomli kitobimning oʻzbek tilidagi taqdimoti ham oʻtkazilganidan juda quvondim. Akademiya va “Dorul Maxtutot” markazi oʻrtasidagi hamkorlik aloqalarini muhokama qildik, tajriba almashdik. 

Oʻzbekistonda Prezident Shavkat Mirziyoyev boshchiligida diniy-maʼrifiy sohada amalga oshirilayotgan islohotlarga yuqori baho beraman. Oʻzbekiston tinchlik-xotirjamlik hukm suradigan diyor.  Oʻzbek xalqi shu yurtda tugʻilib voyaga yetgan, oʻzining nihoyatda serqirra ilmiy-ijodiy faoliyati bilan dunyo ahlini lol qoldirgan, dunyo tamadduni rivojiga beadoq hissa qoʻshgan ulugʻ ajdodlari bilan faxrlansa arziydi. 

Sharq bir necha asrlar davomida taraqqiyotning oʻzagi boʻlib kelgan. Bugun ham uning nuri umumbashariy madaniy va ilmiy meros sifatida keng nur sochayotganligini alohida taʼkidlash lozim.

Prezident tashabbusi bilan oʻtkazilayotgan “Islom – tinchlik va ezgulik” dini mavzusidagi xalqaro konferensiya esa hozirgi globallashuv jarayonida islom moʻtadillik va bagʻrikenglik dini ekanini namoyon qiladigan muhim maʼrifat maydoni ekanini taʼkidlamoqchiman.

Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining buyuk alloma va mutafakkirlarning dunyo, xususan, musulmon ilm-fani va sivilizatsiyasi ravnaqiga qoʻshgan munosib hissasi, muqaddas islom dinining insonparvarlik mohiyati boʻyicha fundamental tadqiqotlar oʻtkazishga oid dasturlar, ilmiy loyihalarni ishlab chiqish, ularni amalga oshirishga qaratilgan chora-tadbirlarni oʻtkazishni qoʻllab-quvvatlab bildirgan tashabbuslarini yuqori baholayman.

Mahmud Misriy,
Turkiyaning Istanbul shahridagi qoʻlyozmalarni oʻrganishga ixtisoslashgan “Dorul Maxtutot” markazi bosh direktori

https://iiau.uz/oz/news/3434

Boshqa maqolalar
Yangiliklar

Yurtimizning 31 ta "Qur’oni karim va tajvid" kursida navbatdagi davra mashg‘ulotlari boshlandi (Manzillar va aloqa raqamlari)

12.10.2026   22784   9 min.
Yurtimizning 31 ta

O‘zbekiston musulmonlari idorasi tasarrufidagi oliy va o‘rta maxsus islom ta’lim muassasalari hamda ilmiy maktablar qoshida faoliyat yuritayotgan «Qur’oni karim va tajvid» o‘quv kurslarida navbatdagi davra mashg‘ulotlari boshlandi.


Yurtimizda fuqarolarning Qur’oni karimni to‘g‘ri, tartil bilan o‘qishga bo‘lgan qiziqish va ehtiyojlarini qondirish, diniy-ma’rifiy savodxonligini oshirish maqsadida tashkil etilgan ushbu o‘quv kurslarida bugungi kunga qadar 100 mingdan ortiq yurtdoshimiz tahsil olib, o‘qishni muvaffaqiyatli tamomladilar.


Hozirgi kunda respublikamiz bo‘ylab 31 ta rasmiy o‘quv kursi va filiallari faoliyat ko‘rsatmoqda. Kurslarda tajribali qorilar va ustozlar tomonidan tajvid qoidalari, Qur’on tilovati va ma’rifiy asoslar chuqur o‘rgatilmoqda.


Mashg‘ulotlarda ishtirok etishni xohlovchilar o‘zlariga yaqin bo‘lgan quyidagi hududiy o‘quv markazlariga murojaat qilishlari mumkin:


Toshkent shahri

  1. Toshkent islom instituti qoshidagi o‘quv kursi

    • Manzil: Olmazor tumani, Zarqaynar 18-berk ko‘cha, 47-uy

    • Telefonlar: +998-71-227-23-47, +998-95-525-50-52, +998-97-260-06-00

  2. O‘zbekiston xalqaro islom akademiyasi qoshidagi o‘quv kursi

    • Manzil: Shayxontohur tumani, Abdulla Qodiriy ko‘chasi, 11-uy

    • Telefonlar: +998-95-056-26-96, +998-99-202-24-04

  3. «Ko‘kaldosh» O‘MITM qoshidagi o‘quv kursi

    • Manzil: Shayxontohur tumani, Navoiy ko‘chasi, 46-uy

    • Telefonlar: +998-99-249-30-90, +998-90-000-19-96

  4. «Xadichai Kubro» ayol-qizlar O‘MITM qoshidagi o‘quv kursi

    • Manzil: Olmazor tumani, Fayzibaland ko‘chasi, 1-uy

    • Telefonlar: +998-71-299-24-11, +998-90-067-33-00


Toshkent viloyati

  1. Nurafshon shahri filiali (Toshkent islom instituti qoshida)

    • Manzil: Nurafshon sh., Muqimiy MFY, Toshkent yo‘li ko‘chasi, 178-uy

    • Telefon: +998-99-935-89-62

  2. Yangiyo‘l shahri filiali (Toshkent islom instituti qoshida)

    • Manzil: Yangiyo‘l sh., Samarqand ko‘chasi, 145-uy

    • Telefonlar: +998-93-718-44-88, +998-99-191-96-00

  3. Chirchiq shahri filiali (Toshkent islom instituti qoshida)

    • Manzil: Chirchiq sh., Birlik MFY, A.Navoiy ko‘chasi, 454-uy

    • Telefonlar: +998-33-050-62-06, +998-91-657-15-18

  4. Angren shahri filiali (Toshkent islom instituti qoshida)

    • Manzil: Angren sh., Navro‘z mahallasi, Ma’rifat ko‘chasi, 22-uy

    • Telefonlar: +998-94-212-25-15, +998-94-928-68-98

  5. Bekobod shahri filiali (Toshkent islom instituti qoshida)

    • Manzil: Bekobod sh., Turon ko‘chasi, 503-uy

    • Telefonlar: +998-99-918-12-92, +998-77-500-92-92


Farg‘ona viloyati

  1. Farg‘ona shahri filiali (Toshkent islom instituti qoshida)

    • Manzil: Farg‘ona sh., Kimyogarlar ko‘chasi, 10-uy

    • Telefon: +998-50-104-41-00

  2. Buvayda tumani filiali (Toshkent islom instituti qoshida)

    • Manzil: Buvayda tumani, Poshshopirim qishlog‘i, Shukrona ko‘chasi, 1-uy

    • Telefonlar: +998-94-684-05-25, +998-94-624-05-25

  3. Qo‘qon shahri filiali (Toshkent islom instituti qoshida)

    • Manzil: Qo‘qon sh., Munavvar ko‘chasi, 3-A uy

    • Telefonlar: +998-95-829-40-40, +998-90-588-42-44


Namangan viloyati

  1. «Hidoya» O‘MITM qoshidagi o‘quv kursi

    • Manzil: Namangan sh., Indra Gandi ko‘chasi, 1-uy

    • Telefonlar: +998-88-572-60-06, +998-93-192-19-84

  2. Kosonsoy tumani filiali («Hidoya» O‘MITM qoshida)

    • Manzil: Kosonsoy tumani, Gulobod MFY, Me’mor ko‘chasi, 95-uy

    • Telefonlar: +998-91-177-11-34, +998-88-251-11-34


Andijon viloyati

  1. «Sayyid Muhyiddin maxdum» O‘MITM qoshidagi o‘quv kursi

    • Manzil: Oltinko‘l tumani, Jalabek MFY, G‘ulomjon Hakimov ko‘chasi, 7-uy

    • Telefonlar: +998-93-630-35-12, +998-94-101-33-91


Sirdaryo viloyati

  1. Guliston shahri filiali («Ko‘kaldosh» O‘MITM qoshida)

    • Manzil: Guliston sh., Taraqqiyot MFY, Bunyodkor ko‘chasi, 605-uy

    • Telefonlar: +998-77-007-01-38, +998-94-007-19-95

  2. Sirdaryo tumani filiali («Ko‘kaldosh» O‘MITM qoshida)

    • Manzil: Sirdaryo tumani, «Abu Bakr» jome masjidi hududi

    • Telefon: +998-95-987-42-42


Jizzax viloyati

  1. Jizzax shahri filiali (Toshkent islom instituti qoshida)

    • Manzil: Jizzax sh., Sayiljoyi mahallasi, Gulzor ko‘chasi, 44/1-uy

    • Telefonlar: +998-55-152-77-33, +998-99-298-77-33, +998-93-300-03-25

  2. Zomin tumani filiali (Toshkent islom instituti qoshida)

    • Manzil: Zomin tumani, G‘.G‘ulom MFY, Sh.Nasriddinov ko‘chasi

    • Telefonlar: +998-93-294-83-53, +998-97-328-63-40


Samarqand viloyati

  1. Hadis ilmi maktabi qoshidagi o‘quv kursi

    • Manzil: Payariq tumani, Xo‘ja Ismoil mahallasi (Imom Buxoriy ziyoratgohi)

    • Telefonlar: +998-94-186-19-94, +998-66-240-20-51

  2. Kalom ilmi maktabi qoshidagi o‘quv kursi

    • Manzil: Payariq tumani, Xo‘ja Ismoil mahallasi (Imom Buxoriy ziyoratgohi)

    • Telefonlar: +998-94-186-19-94, +998-66-240-20-51


Buxoro viloyati

  1. Mir Arab oliy madrasasi qoshidagi o‘quv kursi

    • Manzil: Buxoro sh., Abu Hafs Kabir ko‘chasi, 3-uy

    • Telefon: +998-99-702-82-70

  2. «Mir Arab» O‘MITM qoshidagi o‘quv kursi

    • Manzil: Buxoro sh., Xo‘ja Nurobod ko‘chasi, 16-uy

    • Telefonlar: +998-97-303-44-43, +998-65-420-45-97, +998-99-964-34-95

  3. «Jo‘ybori Kalon» ayol-qizlar O‘MITM qoshidagi o‘quv kursi

    • Manzil: Buxoro sh., Havzi nav ko‘chasi, 92-uy

    • Telefonlar: +998-65-221-72-73, +998-50-070-84-24, +998-90-080-88-84

  4. Tasavvuf ilmi maktabi qoshidagi o‘quv kursi

    • Manzil: Kogon tumani, Qasri Orifon qishlog‘i (Bahouddin Naqshband ziyoratgohi)

    • Telefon: +998-99-702-82-70


Navoiy viloyati

  1. Navoiy shahri filiali (Mir Arab oliy madrasasi qoshida)

    • Manzil: Navoiy sh., M.Tarobiy ko‘chasi, 48-B uy

    • Telefon: +998-90-969-48-64


Qashqadaryo viloyati

  1. «Xoja Buxoriy» O‘MITM qoshidagi o‘quv kursi

    • Manzil: Kitob tumani, Zargarlik ko‘chasi, 4-uy

    • Telefonlar: +998-75-542-74-25, +998-99-667-40-02

  2. «Abul Muin Nasafiy» aqida ilmi maktabi qoshidagi o‘quv kursi

    • Manzil: Qarshi sh., Aral ovul MFY, Namuna ko‘chasi, 9-uy

    • Telefon: +998-88-850-18-18


Surxondaryo viloyati

  1. «Imom Termiziy» O‘MITM qoshidagi o‘quv kursi

    • Manzil: Termiz sh., Shimoliy darvoza ko‘chasi, 3-uy

    • Telefonlar: +998-55-451-11-61, +998-97-533-77-08, +998-97-875-99-77

Xorazm viloyati

  1. «Faxriddin ar-Roziy» O‘MITM qoshidagi o‘quv kursi

    • Manzil: Urganch tumani, Kattabog‘ mahallasi, Hamkorlik ko‘chasi, 43-uy

    • Telefonlar: +998-95-623-23-43, +998-99-021-54-04, +998-99-503-32-62


Qoraqalpog‘iston Respublikasi

  1. «Muhammad al-Beruniy» O‘MITM qoshidagi o‘quv kursi

    • Manzil: Nukus sh., Bilimler guzari ko‘chasi, 1a-uy

    • Telefon: +998-94-598-26-26

Qo‘shimcha ma’lumotlar, guruhlar jadvali va qabul shartlari bo‘yicha yuqoridagi mas’ul raqamlarga murojaat qilishingiz mumkin.

Yurtimizning 31 ta Yurtimizning 31 ta Yurtimizning 31 ta Yurtimizning 31 ta Yurtimizning 31 ta Yurtimizning 31 ta Yurtimizning 31 ta Yurtimizning 31 ta Yurtimizning 31 ta Yurtimizning 31 ta Yurtimizning 31 ta
O'zbekiston yangiliklari