Sayt test holatida ishlamoqda!
24 Avgust, 2025   |   1 Rabi`ul avval, 1447

Toshkent shahri
Tong
04:17
Quyosh
05:41
Peshin
12:30
Asr
17:11
Shom
19:13
Xufton
20:31
Bismillah
24 Avgust, 2025, 1 Rabi`ul avval, 1447
Maqolalar

Abdurahmon bin Abdulloh al-Zayd: “Islomni himoyalash, dunyoda tinchlikni o‘rnatish bugungi eng dolzarb vazifamiz sanaladi”

15.10.2024   5018   1 min.
Abdurahmon bin Abdulloh al-Zayd: “Islomni himoyalash, dunyoda tinchlikni o‘rnatish bugungi eng dolzarb vazifamiz sanaladi”

Islom olami uyushmasi Bosh kotibi o‘rinbosari, Islom fiqhi uyushmasi bosh kotibi, doktor Abdurahmon bin Abdulloh al-Zayd poytaxtimizda bo‘lib o‘tayotgan “Islom – tinchlik va ezgulik dini” mavzusidagi nufuzli xalqaro konferensiyaning yana bir martabali mehmonidir.

Doktor Abdurahmon bin Abdulloh al-Zayd xalqaro anjuman yuzasidan ushbu fikrlarni bildirdi:  

– Alloh butun insoniyatni mehr-oqibat va tinch-totuv yashashga chaqirdi. Natijada islom dinining nuri Sharq va G‘arb bo‘ylab tarqaldi. Ayniqsa, uning nuri o‘z ilmi va ma’rifati ila porlashiga xizmat qilgan yurtingiz ulamolarini alohida ta’kidlab o‘tish lozim.  

Movarounnahr buyuk ulamolaridan islom ilmlarining barcha soha va yo‘nalishlari bo‘yicha katta ilmiy meros qoldirdi. Xususan, Qur’oni karimdan keyin eng ishonchli manba bo‘lgan “Sahihi Buxoriy” asari muallifi, Hadis ilmining amiri Imom Buxoriy, “Shamoilul Muhammadiya” asarini ta’lif etgan Imom Termiziyning merosidan butun Islom olami foydalanishini alohida e’tirof etish darkor.  

Bugungi konferensiyaga tanlangan mavzu muqaddas dinimiz asl maqsad va g‘oyalarini aks ettiradi. Darhaqiqat, islom dini tinchlik va yaxshiliklar, ezguliklar dinidir. Islomni himoya qilish, dunyoda tinchlikni o‘rnatish bugungi eng dolzarb vazifamiz sanaladi.  

Biz Islom olami uyushmasi ulamolari insoniyatni tinchlikka chaqiramiz. Ushbu konferensiya tashabbuskori O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyevga minnatdorlik bildiraman.  

N.Usmonova,  

O‘zA

Abdurahmon bin Abdulloh al-Zayd: “Islomni himoyalash, dunyoda tinchlikni o‘rnatish bugungi eng dolzarb vazifamiz sanaladi” Abdurahmon bin Abdulloh al-Zayd: “Islomni himoyalash, dunyoda tinchlikni o‘rnatish bugungi eng dolzarb vazifamiz sanaladi”
Maqolalar
Boshqa maqolalar

Ta’limga e’tibor – kelajakka e’tibor

19.08.2025   10739   1 min.
Ta’limga e’tibor – kelajakka e’tibor

#KUN_IMOMI

Yoshlar ta’lim-tarbiyasi uchun sarflangan mablag‘ kelajakka yotqizilgan sarmoyadir. O‘quvchilarning ta’lim olishlariga shart-sharoit yaratib berishning savobi ulug‘.

O‘zbekiston musulmonlari idorasi Toshkent shahar vakilligi rahbariyati tashabbusi bilan 2025 yil 18  avgust kuni poytaxtimizning Yangi hayot tumanidagi «Niyozmat ota» jome masjidi imom-xatibi homiylarni jalb qilgan holda ehtiyojmand oilalarning 30 nafar o‘quvchi-yoshlariga qiymati 500.000 so‘m, jami 15 million so‘mlik zarur kiyim-kechak, o‘quv qurollari  va maktab sumkalari hadya qildi.

Sovg‘alarni olgan bolalarning ko‘zlaridagi quvonchni ko‘rgan kishining kelajakka ishonchi yanada oshishi tayin.

Alloh taolo ehsonlarni qabul qilsin.

O‘quvchilarning o‘qishlariga muvafaqiyatlar ato etsin.

 

O‘zbekiston musulmonlari idorasi
Toshkent shahar vakilligi

Matbuot xizmati