Bugun, 16 oktyabr kuni Xiva shahridagi “Farovon KHiva” mehmonxonasida “Islom – ezgulik va tinchlik dini” mavzusidagi xalqaro anjuman davom etmoqda.
Ayni chog‘da Xivada “O‘zbekiston – buyuk sivilizatsiyalar chorrahasi” mavzusidagi 4-sho‘ba o‘z ishini qizg‘in olib bormoqda.
Nufuzli tadbirning ikkinchi kunida Turkiya, Fransiya, Marokash, Qozog‘iston, Qirg‘iziston va O‘zbekistonning din arboblari, muftiylari, taniqli ulamo va ekspertlari mavzu doirasida dolzarb ma’ruzalar bilan ishtirok etmoqda.
Tafsilotlarni kuzatib boring. (https://t.me/+PSOPDevNs2Va-wt7)
O‘zbekiston musulmonlari idorasi Matbuot xizmati
Barchamizni Alloh taolo yaratgan. Taqdirlarimizni ihota qiluvchi yagona Zot ham faqatgina Robbimizning O‘zidir.
Qur’oni karimda: “…Albatta, biz Allohning ixtiyoridamiz va albatta, biz Uning huzuriga qaytuvchilarmiz…” deyilgan.
O‘zbekiston musulmonlari idorasi Andijon viloyati Paxtaobod tumani "Nurmuhammad hoji" jome masjidi imom noibi Omadbek domla Ergashevning vafoti munosabati bilan oila a’zolari, yaqinlari va qadrdonlariga ta’ziya bildiradi.
Alloh taolo marhum domlani O‘z mag‘firatiga olsin, imonlarini salomat qilsin, qilgan solih amallarini o‘zlariga hamroh etsin. Oxiratlarini obod etib, joylarini Firdavs jannatlaridan qilsin!
Haq taolo marhumning yaqinlari, farzandu arjumandlariga chiroyli sabr berib, bu musibatlariga ajru mukofotlar ato etsin.
Innaa lillaahi va innaa ilayhi roji’uun.
O‘zbekiston musulmonlari idorasi