Sayt test holatida ishlamoqda!
24 Iyul, 2025   |   29 Muharram, 1447

Toshkent shahri
Tong
03:34
Quyosh
05:11
Peshin
12:35
Asr
17:37
Shom
19:52
Xufton
21:21
Bismillah
24 Iyul, 2025, 29 Muharram, 1447
Yangiliklar

Dunyo ulamolari xivadagi muborak qadamjolarni ziyorat qildilar

16.10.2024   6563   1 min.
Dunyo ulamolari xivadagi muborak qadamjolarni ziyorat qildilar

Xalqaro anjumanda ishtirok etgan turli mamlakatlar muftiylari, taniqli ulamolar, islomshunos tadqiqotchi va diniy soha vakillari nufuzli tadbirdan so‘ng Xiva shahridagi muborak qadamjolarni ziyorat qildilar. 

Martabali mehmonlar Xiva shahridagi Ichan qal’a majmuasida joylashgan Muhammad Rahimxon, Sherg‘ozixon, Muhammad Amin Inoq madrasalari, Sayyid Pahlavon Mahmud ziyoratgohi hamda Juma masjidi singari tabarruk maskanlar bilan yaqindan tanishib, mutaxassislardan ular to‘g‘risida atroflicha ma’lumot olishdi. 

Dunyo ulamolari O‘zbekiston zamini qadim madaniyat, buyuk sivilizatsiya va ulug‘ mutafakkirlar yurti ekaniga bevosita guvoh bo‘ldilar. 

Majmuada Qur’oni karim oyatlaridan tilovat qilinib,  aziz avliyolarning ruhi poklariga bag‘ishlandi. Shu bilan birga, fazilatli ulamolar yurtimiz va butun dunyoda tinchlik va farovonlik hukm surishi, dinimiz rivoji va Islom olami xalqlari tinchlik va ezgulik yo‘lida doimo hamkor bo‘lishini so‘rab xayrli duolar qildilar. 

Dunyo ulamolari xivadagi muborak qadamjolarni ziyorat qildilar Dunyo ulamolari xivadagi muborak qadamjolarni ziyorat qildilar Dunyo ulamolari xivadagi muborak qadamjolarni ziyorat qildilar Dunyo ulamolari xivadagi muborak qadamjolarni ziyorat qildilar Dunyo ulamolari xivadagi muborak qadamjolarni ziyorat qildilar Dunyo ulamolari xivadagi muborak qadamjolarni ziyorat qildilar Dunyo ulamolari xivadagi muborak qadamjolarni ziyorat qildilar Dunyo ulamolari xivadagi muborak qadamjolarni ziyorat qildilar Dunyo ulamolari xivadagi muborak qadamjolarni ziyorat qildilar
O'zbekiston yangiliklari
Boshqa maqolalar
Maqolalar

Fursat g‘animatdir

22.07.2025   4064   2 min.
Fursat g‘animatdir

Inson hayotida eng qimmatbaho ne’matlardan biri vaqtdir. U nihoyatda tez o‘tadi, biror narsaga bog‘lab, to‘xtatib, ortga qaytarib bo‘lmaydi. Har lahza inson umridan bir bo‘lakdir. Shuning uchun vaqtni samarali o‘tkazish, uni qadrlash har bir aqlli inson uchun juda muhim.


Har insonga bir umr berilgan. U yillar, oylar, kunlar, daqiqalar bilan hisoblanadi. Bir soat bekorga ketsa, umrimizdan bir qism bekor ketgan bo‘ladi. Ko‘pincha biz "ertaga qilib qo‘yaman", "keyinroq boshlayman" deya o‘zimizni aldab qo‘yamiz. Aniq reja asosida hayot kechirish, har bir kunni maqsadli va mazmunli o‘tkazish vaqtdan unumli foydalanishning asosiy yo‘lidir. Ilm o‘rganish, mehnat qilish, sog‘liqqa e’tibor qaratish, oila va yaqinlarga vaqt ajratish — bularning bari vaqtning to‘g‘ri taqsim qilinishi bilan bo‘ladi.


Tan olish kerak, zamonaviy texnologiyalar, ijtimoiy tarmoqlar va axborot oqimi vaqtimizni o‘g‘irlab, bizni chalg‘itmoqda. Lekin ayb o‘zimizda. Ba’zan keraksiz narsalarga soatlab vaqt sarflaymiz, keyin esa "vaqtim yetmadi" deb shikoyat qilamiz. Shuning uchun ham hayotda "nimalar muhim, nimalar esa vaqt sarflashga arzimaydi" degan savolga aniq javob topib olish lozim. Vaqtga e’tiborli inson – mas’uliyatli insondir. U har bir vazifani o‘z vaqtida bajaradi, orzulari sari qat’iyat bilan intiladi va hayotini nazorat qila oladi.


Islom dinida ham vaqtga alohida ahamiyat berilgan. Qur’oni karimdagi Asr surasida Alloh taolo asr (vaqt)ga qasam bilan insonning zararda ekani ta’kidlagan. Bu esa vaqtning beqiyos ekanini yana bir bor yodga soladi. Faqat iymon keltirgan va yaxshi amallar qilgan, bir-birlariga Haq (yo‘li)ni tavsiya etgan va bir-birlariga (mana shu Haq yo‘lida) sabr-toqat qilishni tavsiya etgan zotlargina najot topishi aytilib, ulgurib qolishga da’vat etilgan. Demakki, vaqtni to‘g‘ri sarflay olgan insongina yutuqqa erishadi. Hayotimizdagi har bir daqiqa – bebaho xazina. Undan oqilona foydalanib qolish kerak, azizlar.

Abdulvohid ISAQOV,

Namangan shahridagi

“Miryoqubboy Mirhakimboy”

jome masjidi imom xatibi

Maqolalar