Yangi Oʻzbekiston maʼrifat mayogʻini baland tutib, dunyo xalqlarini ezgulik, tinchlik va birodarlikka chorlamoqda! Albatta, bu bejiz emas. Buyuk oʻzbek yoʻli doim maʼrifat, umuminsoniy manfaatlar ustiga qurilgan.
Tarixdan yaxshi maʼlum, ilgari ham eʼtiqod, qarashlar oʻrtasida turli ziddiyatlar koʻp uchragan. Oʻsha davrlarda ham ulugʻ alloma ajdodlarimiz oʻz ilmiy salohiyati, bilim va tafakkuri, maʼrifatparvarligi bilan ularga munosib javob bergan.
Zamonamizda turfa ziddiyatlar yana avj ola boshladi. nazarimizda dunyo ilgari hech qachon ezgulik va maʼrifatga hozirgidek tashna boʻlmagan. Negaki avval ziddiyatlar, urushlar muayyan hudud, mintaqadagina sodir boʻlgan. hozirgi global dunyoda esa nafaqat qurolli toʻqnashuvlar, balki mafkuraviy kurashlar ham chegara bilmayapti. bunday vaziyatda barcha oʻz manfaatidan kelib chiqib ish koʻrishi bor gap. ana shunday tahlikali davrda umuminsoniy manfaatlarni himoya qilib, tinchlik, doʻstona aloqalarga asoslangan siyosat yuritishga hamma davlatlar ham qodir emas. chunki bunday vaziyatda egoistik qarash normal holatga aylanadi.
Jonibek Alijonov,
“Yangi Oʻzbekiston” muxbiri
Manba: “Yangi Oʻzbekiston” gazetasi 2024-yil 17-oktabr, 210-son
O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining Farmoni
Mamlakatimizda ilm-fan sohasini rivojlantirish, xalqimizning ilmiy-intellektual salohiyatini yuksaltirish borasidagi ko‘p yillik samarali mehnati, xususan, sharqshunoslik va manbashunoslik yo‘nalishidagi fundamental tadqiqotlari bilan muhim ishlanma va loyihalarni muvaffaqiyatli amalga oshirish, boy ilmiy merosimizni o‘rganish va targ‘ib etishga qo‘shgan katta hissasi, iqtidorli yosh olimlarni tayyorlash, navqiron avlodni Vatanga muhabbat va sadoqat ruhida tarbiyalash yo‘lidagi ibratli faoliyati hamda tavalludining 80 yilligi munosabati bilan O‘zbekiston Respublikasi Fanlar akademiyasi akademigi Ibrohimov Ne’matullaga «O‘zbekiston Respublikasida xizmat ko‘rsatgan yoshlar murabbiysi» faxriy unvoni berilsin.
O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti
Sh.Mirziyoyev