Sayt test holatida ishlamoqda!
14 Avgust, 2026   |   1 Rabi`ul avval, 1448

Toshkent shahri
Tong
04:02
Quyosh
05:31
Peshin
12:28
Asr
17:21
Shom
19:28
Xufton
20:54
Bismillah
14 Avgust, 2026, 1 Rabi`ul avval, 1448

Turkiyalik olimlar hakim termiziy ziyoratgohida.

17.10.2024   14916   1 min.
Turkiyalik olimlar hakim termiziy ziyoratgohida.

Vohamizga kelgan mehmonlar kunning ikkinchi yarmida dastlab Hakim Termiziy majmuasiga tashrif buyurib, uning maqbarasini ziyorat qilishdi. Qur’on tilovat etilib, duo o‘qildi.
Hakim Termiziy ziyoratgohida olib borilayotgan ulkan obodonchilik ishlari u zotning merosini o‘rganish bilan hamohang suratda ketayotgani, oxirgi yillarda O‘zbekistonda Hakim Termiziy merosini o‘rganish juda jadallashgani e’tirof etildi. Ayniqsa, Imom Termiziy xalqaro ilmiy-tadqiqot markazining ochilishi bu borada muhim ahamiyatga ega bo‘lgani ta’kidlab o‘tildi. Zero, Markazda alloma qalamiga mansub 10 dan ortiq asar arab tilidan o‘zbek tiliga o‘girildi va arab tilidagi xalqaro nashrlarni amalga oshirish ham yo‘lga qo‘yildi.

Turkiyalik olimlar hakim termiziy ziyoratgohida. Turkiyalik olimlar hakim termiziy ziyoratgohida. Turkiyalik olimlar hakim termiziy ziyoratgohida. Turkiyalik olimlar hakim termiziy ziyoratgohida. Turkiyalik olimlar hakim termiziy ziyoratgohida. Turkiyalik olimlar hakim termiziy ziyoratgohida. Turkiyalik olimlar hakim termiziy ziyoratgohida. Turkiyalik olimlar hakim termiziy ziyoratgohida. Turkiyalik olimlar hakim termiziy ziyoratgohida.
Boshqa maqolalar
Yangiliklar

YUNЕSKO bilan O‘zbekiston mahalla tizimi tajribasini xalqaro darajada targ‘ib qilish masalasi muhokama qilindi

14.08.2026   7430   1 min.
YUNЕSKO bilan O‘zbekiston mahalla tizimi tajribasini xalqaro darajada targ‘ib qilish masalasi muhokama qilindi

O‘zbekiston va YUNЕSKOning Nomoddiy madaniy merosni muhofaza qilish to‘g‘risidagi konvensiyasi kotibiyati vakillari o‘rtasida onlayn uchrashuv bo‘lib o‘tdi, deb xabar bermoqda “Dunyo” AA.

Mamlakatimizning YUNЕSKO huzuridagi Doimiy vakolatxonasi ko‘magida tashkil etilgan muloqotda mahalla bilan bog‘liq madaniy an’ana va urf-odatlar, ularni xalqaro darajada targ‘ib qilish istiqbollari muhokama qilindi.

YUNЕSKOning Nomoddiy madaniy merosni muhofaza qilish to‘g‘risidagi konvensiyasi kotibi Fumiko Oxinata va Osiyo-Tinch okeani mintaqasi uchun mas’ul dastur mutaxassisi Nikolas Tan mavzu yuzasidan o‘z fikr-mulohazalarini bayon etdi.

O‘zbekiston tomonidan Tashqi ishlar vazirligi, O‘zbekiston mahallalari uyushmasi hamda YUNЕSKO huzuridagi Doimiy vakolatxonasi vakillari mahallaning ko‘p asrlik tarixi, uning jamiyat hayotidagi alohida o‘rni va milliy an’analarni saqlashdagi ahamiyati haqida so‘z yuritdi.

Uchrashuvda mahalla O‘zbekiston xalqi turmush tarzining ajralmas qismi ekani ta’kidlandi. U insonlarni yaxshi qo‘shnichilik, o‘zaro yordam, hamjihatlik va katta avlod vakillariga hurmat tamoyillari asosida birlashtiradi.

YUNЕSKO Kotibiyati vakillari taqdim etilgan materiallarga katta qiziqish bildirdi. Ular O‘zbekistonda mahalla bilan bog‘liq shakllangan jamoat hayoti tartibining o‘ziga xos xususiyatlarini e’tirof etdi.

Suhbat davomida O‘zbekistonning nomoddiy madaniy merosni targ‘ib qilishdagi roli alohida qayd etildi. Shu nuqtayi nazardan, o‘zbek mahalla tizimi tajribasi YUNЕSKO Kotibiyati mutaxassislarida katta qiziqish uyg‘otdi.

O‘zbekiston musulmonlari idorasi Matbuot xizmati

O'zbekiston yangiliklari