YOSHLARDA YOT G‘OYALARGA QARSHI MILLIY VA DINIY QADRIYATLARNI SHAKLLANTIRISH MASALALARI
Hozirgi davrda yoshlarni yot g‘oyalardan asrash, ularni salbiy ta’sirlardan himoya qilish dolzarb masalaga aylandi. Bunga yoshlarning diniy-axloqiy tarbiyasi, vatanparvarligini kuchaytirish, milliy va diniy qadriyatlarimizga hurmatni shakllantirish orqali erishish mumkin.
Ayniqsa, adashgan oqimlarga qarshi kurashishda yoshlarda milliy va diniy qadriyatlarni shakllantirish o‘ta muhim va kerakli jarayondir. Ushbu qadriyatlar yoshlar va jamiyat uchun asosiy qoidalarni belgilab berish barobarida ularni yot g‘oyalarga qarshi muhofaza qiladi. Quyidagi omillar ushbu jarayonda muhim ahamiyatga ega.
Xulosa qilib aytganda, yoshlarda ushbu omillarni shakllantirish orqali yot g‘oyalarga qarshi samarali kurashishda muvaffaqiyatli natijalarga erishish mumkin.
Manbalar asosida tayyorlandi
O‘tkirbek SOBIROV
O‘zbekiston musulmonlari idorasi
Bosh mutaxassisi
Joriy yilning 15 noyabr kuni XIV «Global Waqf» xalqaro anjumanida ishtirok etish maqsadida Malayziyaning diniy, ilmiy va vaqf sohasi vakillaridan iborat nufuzli delegatsiya Toshkent shahriga tashrif buyurdi.
Delegatsiya tarkibidan International Waqf Action Council (iWAQF) prezidenti Datuk Dr. Mohd Ghazali Md Noor, Malayziya xalqaro islom universiteti professori Prof. To‘ Puan Dr. Nor Asiah binti Mohamad, Sabah shtati muftiysi Datuk Ustaz Haji Bungsu Aziz bin Haji Jaafar kabi taniqli mutaxassislar o‘rin olgan.
Shuningdek, anjuman Tashkiliy qo‘mitasi a’zolari Nur Hanani Muhammad Nasir, Raja Zahara binti Sulaiman, Haidatul Asia binti Husim, Mohd Yaziz Mohd Isa hamda Hendry Syamsul Bahri ham delegatsiya tarkibida tashrif buyurdi.
Xorijiy delegatsiya a’zolari «Vaqf» xayriya jamoat fondi mas’ul xodimlari tomonidan kutib oldi.
Tashrif doirasida mehmonlar bilan uchrashuvlar o‘tkazilib, 18 noyabr kuni Samarqandda bo‘lib o‘tadigan XIV «Global Waqf» xalqaro anjumanining tashkiliy masalalari, asosiy yo‘nalishlari hamda xalqaro vaqf sohasidagi hamkorlik istiqbollari yuzasidan fikr almashildi.
Mazkur xalqaro anjuman vaqf sohasidagi ilg‘or tajribalarni o‘rganish, turli mamlakatlarning xayriya va vaqf tashkilotlari o‘rtasidagi aloqalarni mustahkamlash hamda o‘zaro manfaatli hamkorlikni rivojlantirishga xizmat qiladi.
"VAQF" XAYRIYA JAMOAT FONDI ijtimoiy tarmoqlari