Sayt test holatida ishlamoqda!
22 Noyabr, 2026   |   12 Jumadul soni, 1448

Toshkent shahri
Tong
05:56
Quyosh
07:14
Peshin
12:14
Asr
15:17
Shom
17:02
Xufton
18:18
Bismillah
22 Noyabr, 2026, 12 Jumadul soni, 1448

Rizqlar taqsimlanadigan soatni g'animat biling!

02.04.2024   525   3 min.
Rizqlar taqsimlanadigan soatni g'animat biling!

Yoshlik paytlarimizda katta buvim oila a'zolarimizni doimo erta turishga, xonadonlarni ozoda va pokiza saqlashimizga targ'ib qilar edilar. Murg'ak chog'larimdanoq qulog'imga singib qolgan so'zlari shu edi: “Erta turgan kishini, xudo o'nglar ishini”.

Hattoki, ba'zi oilalar haqida fikr so'ralganda: “U xonadonning ayoli, erta turadi. Alloxdan yaxshiliklarni so'raydi.  Shuning uchun uning xonadoni tartibli va barokatli”, derdilar.

Yillar mobaynida xizmat yuzasidan ko'plab xonadonlarga kiriga to'g'ri keldi. Ba'zilarini ko'rib ibrat olsak, yana boshqalarini tinglab isloh qilishga, murosaga keltirib, yarashtirishga harakat qilamiz. Bu bilan kimnidir aybini aytish, oshkor qilish emas, balki yon atrofimizda uchrayotgan bu illat, xonadonlardan fayz-barakotni ketkizayotgani, oilalarni buzilib ketishiga sabab bo'layotganiga jamoatchilik e'tiborini qaratish xolos.

Qaynonalardan biri bilan bo'lib o'tgan suhbatdan iqtibos keltirsam:

— Kelin tushirganimga o'n ikki yildan oshdi. Avvalida kelinimni uyquni yaxshi ko'rishini yoshligiga, keyinchalik homiladorligiga yo'ydim. Yaxshi gapirib tushuntirdim. O'g'lim azonda xizmatga ketadi. Er-xotin o'rtasidagi ko'p janjallar ayolini erta turmasligi sabab doimiy gap eshitishidan sodir bo'ladi. Ming afsus, yoshligidan odat bo'lmagani uchun shuncha yil o'tsa ham, erta turishga o'rganolmadi. Qiz o'stirayotgan ayollar farzandlariga erta turishni o'rgatishsin. Siz shuni ayollarga etkazing, — deya iltimos qildi.

Darhaqiqat, dinimiz ham erta turgan kishining ruhi tetik va ishlari barakali bo'lishini ta'kidlaydi. Ayniqsa, bu borada Rasulimiz sollallohu alayhi vasallam barchaga ibrat edilar.  Oisha roziyallohu anho Rasululloh sollallohu alayhi vasallamdan rivoyat qiladi: “Barvaqt turib rizqlaringizni talab qilinglar. Zero, kunning avvali baraka va najot vaqtidir” (Imom Bazzor va Tabaroniy rivoyati).

Fotima bintu Muhammad roziyallohu anhodan rivoyat qilinadi: “Men subh paytida uxlab yotgan edim. Shunda Rasululloh sollallohu alayhi vasallam mening oldimdan o'tib qoldilar va oyoqlari bilan meni turg'azib: “Ey qizim tur, Robbingning rizq taqsimlashiga shohid bo'l va zinhor g'ofillardan bo'lma! Zero, Alloh taolo tong otgandan quyosh chiqqungacha bo'lgan vaqt ichida odamlarning rizqlarini taqsimlaydi”, dedilar.

Payg'ambarimiz alayhissalom barvaqt rizq talab qilishga undab tong paytida g'aflat holidan chiqarish maqsadida o'z ummatlari haqqiga  xayr va baraka so'rab duo qilganlar. U Zot alayhissalom: “Allohim, ummatimning barvaqt qilgan ishlarini barakali qilgin”, deya so'raganlar.

Ming afsuski,  ko'pchilik ayol va qizlarimiz oltinga teng vaqtlarini behudaga sarflab, yarim kechasigacha ijtimoiy tarmoqlarda kimnidir hayotini kuzatish, ma'nosiz seriallarni tomosha qilish bilan band. Tibbiyot va ruhiyatshunos olimlar ham erta yotib erta turish inson sog'ligi ruhiyati uchun katta foyda berishi haqida aytishmoqda. Azal-azaldan erta turish diniy va milliy qadriyat sifatida avloddan-avlodga o'tib kelayotgan eng go'zal odatlarimizdan biridir. Honadon boshliqlari ota-onalar, bu borada farzandlariga o'rnak bo'lishsa, bu sunnatga ergashuvchilar ko'paysa, oilalarimiz fayzli va hayotimiz barakali bo'ladi, insha Alloh!


Hilolaxon KOMILOVA,
Farg'ona viloyati bosh imom-xatibining
xotin-qizlar masalalari bo'yicha yordamchisi,
viloyat bosh otinoyisi

Maqolalar
Boshqa maqolalar
Yangiliklar

Xalqaro anjuman ishtirokchilari Hakim Termiziy maqbarasini ziyorat qildilar

20.11.2026   58861   1 min.
Xalqaro anjuman ishtirokchilari Hakim Termiziy maqbarasini ziyorat qildilar

Bugun, 20 noyabr kuni Termiz shahrida o‘tkazilgan «Hakim Termiziy ilmiy-ma’naviy merosining bugungi kundagi ahamiyati» mavzusidagi xalqaro konferensiya ishtirokchilari buyuk mutafakkir majmuasida bo‘ldilar.

Xorijiy davlatlardan tashrif buyurgan muftiylar, taniqli ulamo va islomshunos olimlar hamda mahalliy soha vakillari muqaddas qadamjoda Qur’oni karim tilovat qilib, ulug‘ muhaddis va mutasavvif haqlariga duoi fotiha o‘qidilar. Butun dunyoda tinchlik-osoyishtalik barqaror bo‘lishi, yurtimiz yanada obodlashib, ajdodlarga munosib avlodlar yetishib chiqishini so‘rab xayrli duolar qilindi.

Mehmonlar mahobatli maqbara, serfayz hovli hamda majmuada amalga oshirilgan keng ko‘lamli bunyodkorlik ishlari bilan yaqindan tanishdilar.

Ular O‘zbekistonda diniy-ma’rifiy sohadagi islohotlar va allomalar merosiga ko‘rsatilayotgan yuksak ehtiromga yuqori baho berdilar.

O‘zbekiston musulmonlari idorasi Matbuot xizmati

O'zbekiston yangiliklari