Rasululloh sollallohu alayhi vasallam: “Sizlarning eng yaxshilaringiz – Qur’onni o‘rganib, uni boshqalarga o‘rgatganingizdir”, deganlar (Imom Buxoriy rivoyati).
Rasululloh sollallohu alayhi vasallam: “Sizlarning yaxshilaringiz – ahli-oilasiga yaxshilik qiluvchilaringizdir”, dedilar (Imom Abu Dovud, Imom Termiziy rivoyati).
Rasululloh sollallohu alayhi vasallam: “Sizlarning yaxshilaringiz – umri uzun va amali go‘zal bo‘lganingizdir”, dedilar (Imom Ahmad, Imom Ibn Hibbon, Imom Bayhaqiy rivoyati);
Rasululloh sollallohu alayhi vasallam: “Sizlarning yaxshilaringiz – yaxshiligidan umid qilinuvchi va yomonligidan omonda bo‘linuvchingizdir”, dedilar (Imom Termiziy, Imom Ibn Hibbon rivoyati).
Rasululloh sollallohu alayhi vasallam: “Sizlarning yaxshilaringiz (odamlarga) taom beradigan va salomga alik oladiganingizdir”, dedilar (Imom Ahmad rivoyati).
Rasululloh sollallohu alayhi vasallam: "Sizlarning yaxshilaringiz qarzini go‘zal ado etuvchilaringizdir", dedilar (Imom Buxoriy, Imom Muslim rivoyati).
Rasululloh sollallohu alayhi vasallam: "Sizlarning eng yaxshilaringiz axloqi yaxshilaringizdir", (Imom Buxoriy, Imom Muslim rivoyati).
Davron NURMUHAMMAD
Ba’zan birgina noto‘g‘ri qaror bir umrlik armonga aylanishi, ortida esa yuragi og‘riqqa to‘lgan bolajonlar qolishi mumkin.
Korrupsiyaga qarshi kurash – faqat huquqiy talab emas, balki har birimiz uchun ma’naviy burch. Chunki halollik – farzandlarimizning kelajagi uchun qo‘shgan eng katta hissamizdir.
Bir lahzalik manfaat bir umrlik pushaymonlikka arzimaydi.
Soliq qo‘mitasi tomonidan ayni shu mavzuda tayyorlangan videorolikni tomosha qiling!